Strategies for Improving the Institutional and Legal Mechanism for the Prevention of Juvenile Delinquency
Annotation / Abstract
Abstract. This article is devoted to a comprehensive study of the institutional and legal foundations of the juvenile delinquency prevention system in Uzbekistan. The research provides a scientific analysis of the issues regarding the implementation of modern approaches into the system, such as "case management" and "early prevention at the mahalla level". The author identifies systemic problems related to the performance indicators of existing prevention mechanisms and procedural algorithms for inter-agency cooperation.
Full text
Natijada, huquqni qoʻllash amaliyotida quyidagi salbiy holatlar kuzatiladi: yakka profilaktika koʻp holatlarda faqat profilaktik hisobga qoʻyish va suhbat oʻtkazish bilan cheklanadi; xavf omillarini (oilaviy muhit, taʼlimdagi uzilishlar, psixologik holat, ijtimoiy muhit) kompleks baholash va ularni bartaraf etishga qaratilgan individual choralar tizimli qoʻllanilmaydi; reabilitatsiya va qayta ijtimoiylashuv natijalarini oʻlchash va baholash mezonlari mavjud emas; profilaktika choralarining manzilliligi va taʼsirchanligi pasayadi, turli hududlarda bir xil holatlarga nisbatan turlicha yondashuv shakllanadi.
Bu esa profilaktika faoliyatining formal-maʼmuriy xarakterga ega boʻlib qolishiga, ijtimoiy samaradorligini pasaytirishga olib keladi. Ilmiy nuqtayi nazardan, mazkur holat profilaktik siyosatning “chora-tadbirlar yigʻindisi” sifatida emas, balki yaxlit ijtimoiy-huquqiy institut sifatida shakllanmaganini koʻrsatadi.
Yuqorida bayon etilgan ilmiy-nazariy tahlillar va amaliyotni kompleks baholash natijalaridan kelib chiqqan holda, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining “Asosiy tushunchalar” deb nomlangan 3-moddasiga quyidagi tushunchalarni kiritish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Jumladan:
- erta profilaktika – huquqbuzarlik sodir etish xavfi mavjud boʻlgan voyaga yetmaganlarni huquqbuzarlikka olib keluvchi ijtimoiy, psixologik va oilaviy omillar taʼsiriga tushib qolishidan oldin aniqlash hamda bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui;
- xavf guruhi – ijtimoiy muhit, oilaviy holat, taʼlimdagi muammolar, psixologik omillar yoki oldingi gʻayriijtimoiy xulq-atvor belgilarining mavjudligi tufayli huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli yuqori boʻlgan voyaga yetmaganlar toifasi;
- individual profilaktika rejasi – voyaga yetmaganga nisbatan yakka tartibdagi profilaktika doirasida ishlab chiqiladigan, masʼul subyektlar, chora-tadbirlar, muddatlar va kutilgan natijalarni qamrab oluvchi hujjat;
- keys-menejment – voyaga yetmagan bilan bogʻliq profilaktika ishlarini idoralararo hamkorlik asosida rejalashtirish, muvofiqlashtirish, monitoring qilish va baholashni nazarda tutuvchi kompleks boshqaruv usuli.
References
Foydalanilgan manbalar
- Аванесов Г.А. Криминология и социальная профилактика. – М.: Академия МВД СССР, 1980. – С. 185–187.
- Ismailov I. Jinoyatchilikning oldini olish muammolari: Nazariya va amaliyot. – T.: Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2018. – 64-b.
- Abdurasulova Q.R. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi: muammo va yechimlar. – T.: Adolat, 2015. – 45-b.
- Руководящие принципы Организации Объединенных Наций для предупреждения преступности среди несовершеннолетних (Эр-Риядские руководящие принципы): Приняты резолюцией 45/112 Генеральной Ассамблеи от 14 декабря 1990 года.
- Oʻzbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-371-son qonuni, 2014 // Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi. – URL: https://lex.uz
- Oʻzbekiston Respublikasining “Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-263-son qonuni, 2010 // Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi. – URL: https://lex.uz
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-son qarori, 2025.
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimi natijadorligini yanada oshirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PQ-253-son qarori, 2025.
- Oʻzbekiston Respublikasining “Voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi OʻRQ-1024-son qonuni, 2025.
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat taʼlim muassasalarida yuridik taʼlimning uzluksiz tizimini joriy etish hamda voyaga yetmagan yoshlarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 532-son qarori, 2024.
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimi natijadorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–253-son qarori, 2025 // lex.uz
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-154-son farmoni, 2022 // lex.uz
- United Nations Guidelines for the Prevention of Juvenile Delinquency (The Riyadh Guidelines). GA Res. 45/112, 14 December 1990 // Convention on the Rights of the Child, 20 November 1989.
APA
Vancouver
Authors
O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti