Priority Areas for Improving Scientific Research Activities in the Field of Combating Crime
Annotation / Abstract
Abstract. The article examines the current state of scientific research in the field of ensuring public safety, combating and preventing crime in our country, analyzes the large-scale reforms implemented in the field, examines the promising results of the effective use of existing opportunities and scientific resources, and presents considerations for improving criminological research processes.
Full text
Jamiyat hayotining muhim indikatorlari yuzasidan dunyo mamlakatlari reytingini yuritib boruvchi “Numbeo” tadqiqot platformasining “Safety Perception Index” (Xavfsizlikni baholash indeksi) bo‘yicha 2021–2024-yillar oralig‘ida mazkur reytingda O‘zbekiston eng yaxshi natijani (69,5 ball, 29-o‘rin) qayd etib, jahonning 117 ta mamlakati orasida eng xavfsiz davlat deb tan olindi [2].
Shuningdek, Butunjahon odil sudlov loyihasi (World Justice Project, AQSH) tashkiloti tomonidan har yili o‘tkaziladigan Huquq ustuvorligi indeksining “Tartib va xavfsizlik indikatori” bo‘yicha O‘zbekiston 2024-yilda dunyoda 142 ta davlat orasida 17-o‘rinni, Osiyoda 49 ta mamlakat orasida 5-o‘rinni, Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo hamda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti davlatlari orasida esa 1-o‘rinni egallagan [3].
Bundan tashqari, oxirgi yillarda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar orasida O‘zbekiston har 100 ming aholiga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar soni bo‘yicha eng xavfsiz davlat bo‘lib kelmoqda.
Ushbu muvaffaqiyatlarning barchasi davlatimiz rahbarining Yangi O‘zbekistonni barpo etish borasida olib borayotgan oqilona siyosati hamda bunyodkor xalqimizning fidokorona mehnati va kelajakka bo‘lgan ishonchi natijasidir.
Darhaqiqat, jinoyatchilik insoniyatning farovon turmushi va osoyishta hayot kechirishiga tahdid soladigan salbiy hodisa sifatida har qanday davrda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uning oldini olish hamda unga qarshi kurashish barcha zamonlarda davlat va jamiyat oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblangan.
Hozirgi zamonaviy dunyoning huquq-tartibotni muhofaza qilish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash sohasi rivojlangan davlatlarida ham jinoyatchilikka qarshi murosasiz kurashish jarayoni jamiyat xavfsizligi va davlat imijiga ta’sir ko‘rsatuvchi strategik ahamiyatga ega vazifa bo‘lib qolmoqda.
References
Foydalanilgan manbalar
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 27-iyul kuni Jinoyatchilikning oldini olish, davlat idoralari va jamiyatning bu boradagi mas’uliyatini oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishidagi nutqi. https://president.uz/oz/lists/view/1914
- “Numbeo” tadqiqot platformasining rasmiy veb-sayti. https://www.numbeo.com/crime/rankings_current.jsp
- Butunjahon odil sudlov loyihasi (World Justice Project, AQSH) tashkilotining rasmiy veb-sayti. https://worldjusticeproject.org
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasini ilmiy tadqiq qilish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 15-yanvardagi PF–10-son Farmoni // Lex.uz
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kriminologiya sohasida ilmiy-amaliy tadqiqot ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 15-yanvardagi PQ–22-son Qarori // Lex.uz
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kriminologik faoliyatni ilmiy ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 24-iyuldagi 445-son Qarori // Lex.uz
- Kriminologiya. Umumiy qism: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / Q.R. Abdurasulova, I.Yu. Fazilov; mas’ul muharrir Sh.T. Ikramov. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2015. – 192 b.
- Kriminologiya: Darslik / Q.R. Abdurasulova, A.G. Zakirova, I. Ismailov va boshqalar. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2023. – 101 b.
APA
Vancouver
Authors
O'zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti