Criminological Characteristics of Crimes Related to the Misappropriation of Others’ Property in Urban Areas: Analysis, Problems, and Solutions
Annotation / Abstract
Abstract. The article deals with the quantitative and qualitative indicators of crimes related plundering of other peopleʼs property committed in the cities, in particular theft, fraud, robbery, mugging, their specific features, their causes and conditions that are studied in classified form and certain proposals and recommendations are given to eliminate these causes and conditions, as well as to increase the effectiveness of prevention of these types of crimes.
Full text
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga muvofiq, o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq jinoyatlarga bosqinchilik, tovlamachilik, talonchilik, o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, firibgarlik va o‘g‘rilik jinoyatlari kiradi. Ushbu turdagi jinoyatlar mamlakatimizda, xususan uning shaharlarida qayd etilgan jami jinoyatlar tarkibida salmoqli ulushni tashkil etadi.
Statistik ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, 2024-yilning dastlabki sakkiz oyida Toshkent shahrida jami 10 003 ta jinoyat qayd etilgan bo‘lsa, uning tarkibida oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar sifatida o‘g‘rilik 2 394 tani, firibgarlik 1 676 tani, talonchilik 126 tani va bosqinchilik 32 tani tashkil etgan. Shuningdek, aniqlanadigan jinoyatlar sifatida tovlamachilik 53 tani, o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish 73 tani hamda o‘g‘rilik 65 tani tashkil etgan.
Yuqoridagi tahlillar ko‘rsatganidek, o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq jinoyatlar tarkibida o‘g‘rilik jinoyatining hissasi katta. Mazkur jinoyat boshqalaridan farqli o‘laroq, ma’lum bir davrda jamiyatda yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar va insonlarning axloqiy tamoyillariga ko‘p jihatdan bog‘liqdir [4].
O‘rganish va tahlillar shuni ko‘rsatadiki, bugungi kunda respublikamiz shaharlarida qayd etilayotgan o‘g‘rilik jinoyatlarining asosiy qismi jamoat joylarida, jumladan ko‘chalarda, odamlar gavjum bozorlar hamda savdo-ko‘ngilochar markazlarida sodir etiladi. Ko‘p hollarda jinoyatchilar tomonidan “yo‘l-yo‘lakay”, vaziyatdan foydalangan holda sodir etiladi. Bunda uyali telefonlar va velosipedlar (samokatlar) ko‘proq o‘g‘irlanadi. Ularni sodir etuvchi shaxslar, asosan, jabrlanuvchilarning o‘z mulkini saqlashdagi loqaydligi va beparvoligi, uxlab qolganligi yoki buyumlarini unutib qoldirganligidan foydalanadilar.
References
Foydalanilgan manbalar
- Kriminologiya. Umumiy qism: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / I. Ismailov, Q.R. Abdurasulova, I.Yu. Fazilov; mas’ul muharrir Sh.T. Ikramov. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2015. – 272 b.
- Мацкевич И.М. Причины преступлений // Человек: преступление и наказание. – 2013. – № 3 (82). – С. 30–33.
- Бубербаев Н.Д. О некоторых показателях состояния преступности города Астаны // Вестник Санкт-Петербургского университета МВД России. – 2018. – № 3 (79). – С. 42–46.
- Тимошина Е.М. Криминологическая характеристика краж // Общество и право. – 2010. – № 4 (31). – С. 206–213.
- Абзалова Х.М., Тохтабакиев К.А. Преступление и причины его возникновения // Universum: экономика и юриспруденция. – 2022. – № 4 (91). – С. 16–18.
- Бугера М.А., Векленко В.В. О мерах предупреждения хищений сотовых телефонов // Вестник Санкт-Петербургского университета МВД России. – 2021. – № 4 (92). – С. 63–67.
APA
Vancouver
Authors
O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universtiteti