Criminological Activity → Volume 1, Issue 1

Organizational and Legal Foundations for Ensuring Public Safety During Mass Events

27.12.2024 Research UZ 🔓 Open Access 👁 9 · 📥 3

Annotation / Abstract

Abstract. The article analyzes the legal basis for ensuring public safety during mass events, the need to organize the maintenance of public order during meetings, rallies, demonstrations, the concept and types of public places, categories of mass events, rules for holding mass events, and issues of liability for violating these rules.

Full text

Jamoat joylariga turli xil hayotiy ehtiyojlarni qondirish uchun odamlar to‘planadigan joylar kiradi. Bunday joylarda xulq-atvor qoidalarini buzish boshqa shaxslar, ijtimoiy guruhlar, jamiyat manfaatlariga daxl qiladi.

Jamoat joylarini quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:

  • Doimiy – odatda istalgan vaqtda kirish ochiq bo‘lgan joylar (maydonlar, bog‘lar, ko‘chalar, stansiyalar, aeroportlar, hovlilar va boshqalar).
  • Davriy – odamlarning ma’lum soatlarda jam bo‘lishi uchun mo‘ljallangan joylar (kinoteatrlar, konsert zallari, muzeylar, ko‘rgazmalar va boshqa ijtimoiy-madaniy muassasalar, bozorlar va o‘zga savdo obyektlari, metro va boshqa jamoat transporti va h.k.).
  • Epizodik – unda odamlarning bo‘lishi ehtimol tutilgan joylar (tog‘li hududlar, shahar atrofidagi dam olish joylari, plyajlar va odamlarning ommaviy dam olish maskanlari).

Shuni ta’kidlash kerakki, ommaviy tadbirlar deyarli har qanday jamoat joyida o‘tkaziladi, ba’zi hollarda ularni o‘tkazish bo‘yicha cheklovlar va taqiqlar qonun bilan belgilanishi mumkin.

Fuqarolarning ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga bo‘lgan Konstitutsiyaviy huquqini amalga oshirish mexanizmi yuqoridagi “Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalari” bilan belgilanadi.

Ushbu va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar fuqarolarning ommaviy tadbirlar o‘tkazish huquqini amalga oshirish tartibini belgilaydi.

Demak, ommaviy tadbir deganda fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy (simpoziumlar, konferensiyalar, qurultoylar va boshqalar), madaniy, ommaviy va ko‘ngilochar dasturlarni (musiqiy, adabiy va boshqa festivallar, konsertlar) o‘tkazish maqsadida tashkillashtirilgan teatr, sport, targ‘ibot tadbirlari, xalq sayillari, sirk, milliy tomoshalar va o‘yinlar, musobaqalar va boshqalar) birgalikdagi ishtiroki tushuniladi. Shuningdek, 100 va undan ortiq kishi ishtirok etadigan milliy, diniy hamda kasb bayramlari ham nazarda tutiladi.

Shu bilan birga, ommaviy tadbirlar ikki toifaga bo‘linadi. Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida 200 va undan ortiq kishi ishtirokida o‘tkaziladigan tadbirlar birinchi toifaga, barcha boshqa ommaviy tadbirlar esa ikkinchi toifaga kiradi. Birinchi toifadagi obyektlar ro‘yxati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining takliflariga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan, ikkinchi toifadagi obyektlar esa tumanlar (shaharlar) hokimliklarining takliflariga binoan viloyatlar hokimliklari va ularga tenglashtirilgan organlar tomonidan tasdiqlanadi.

References

Foydalanilgan manbalar

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-son Farmoni // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son; 16.01.2024-y., 06/24/10/0031-son.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-son Farmoni // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. https://www.lex.uz/uz/docs/5749291
  3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 29-iyuldagi 205-son Qarori // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. https://lex.uz/docs/2438871
  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-son Farmoni // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. https://www.lex.uz/uz/docs/5749291
  5. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi. https://www.lex.uz/acts/97664
🔍 View online 📥 Download PDF

APA

Abdullayev, Bekmurod (2024). Organizational and Legal Foundations for Ensuring Public Safety During Mass Events. Criminological Activity, 1(1), 5–8. https://doi.org/

Vancouver

Abdullayev, Bekmurod. Organizational and Legal Foundations for Ensuring Public Safety During Mass Events. Criminological Activity. 2024;1(1):5-8.