Criminological Activity → Volume 1, Issue 1

Artificial Intelligence and Robotics: Prospects for Improving Criminal Legislation

17.04.2025 Research UZ 🔓 Open Access 👁 9 · 📥 1

Annotation / Abstract

Abstract. In this article analyzes theoretical perspectives on the concept of artificial intelligence, formulates its definition, and develops proposals aimed at establishing criminal liability for related socially dangerous acts and further improving criminal legislation norms.

Full text

Xususan, mamlakatimizda 2030-yilga qadar sun’iy intellekt asosida yaratilgan dasturiy mahsulotlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmini 1,5 milliard AQSH dollariga yetkazish, sun’iy intellekt asosida ko‘rsatilayotgan xizmatlar ulushini 10 foizga va bu yo‘nalishda faoliyat yurituvchi ilmiy laboratoriyalar sonini 10 taga yetkazish, yuqori quvvatli hisoblash serverlarini ishga tushirish, Hukumatning sun’iy intellektga tayyorlik indeksida (Government AI Readiness Index) O‘zbekistonni birinchi 50 talik davlatlar qatoriga kirishiga erishish ustuvor vazifa etib belgilangan.

Shu bois mamlakatimizda kelgusida sun’iy intellekt texnologiyalari bank, moliya, soliq, bojxona, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, transport, energetika sohalarida faol joriy etiladi.

Ma’lumki, yaqin-yaqingacha kundalik hayotimizda va ishlab chiqarishda robotlar, nobiologik neyron tarmoqlari va sun’iy intellektdan foydalanishga erishib bo‘lmaydigan hodisa sifatida qaralar edi. Biroq, inson faoliyatining yildan yilga axborotlashuvi va avtomatlashuvi bu boradagi tasavvurlarni haqiqatga aylantirmoqda.

Shu bilan birga, fan-texnika taraqqiyotining mazkur jarayonlari insoniyatga nafaqat foyda, balki muayyan xavf-xatarlarni ham keltirib chiqarishi mumkinligini alohida ta’kidlash kerak.

Chunonchi, guvohi bo‘layotganimizdek, so‘nggi paytlarda sun’iy intellekt qarorlarining noadekvatligi va xavfli oqibatlari to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari va Internet tarmoqlarida tobora ko‘proq yoritilib, bu bilan bog‘liq bo‘lgan jamoatchilik munozaralari shiddatli tus olmoqda.

Bu esa, aybdorlarni jazolash va boshqa masalalar yuzasidan qator savollarni ham keltirib chiqarmoqda.

Masalan:

  • Sun’iy intellekt inson omilisiz mustaqil qarorlar qabul qila oladimi?
  • Sun’iy intellekt tomonidan sodir etilgan qonunga xilof qilmishlar va ularning oqibatlari uchun kim javobgar bo‘lishi kerak?
  • Sun’iy intellekt tomonidan jinoiy oqibat yuzaga kelganda, uning o‘zini jinoyat subyekti sifatida jazolash kerakmi yoki u faqat jinoyat predmeti yoki vositasi maqomida qoladimi?
  • Sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan ixtirolarga nisbatan mualliflik huquqi kimga tegishli bo‘ladi?

References

Foydalanilgan manbalar

  1. Asaro P.M. Robots and Responsibility from a Legal Perspective // Proceedings of the IEEE. – 2007. – Vol. 4, iss. 14. – P. 20–24.
  2. Bostrom N. Strategic Implications of Openness in AI Development. Global Police. – 2017. – Vol. 8, iss. 2. – P. 135–148.
  3. Bostrom N. Superintelligence: Paths, Dangers, Strategies. – Oxford: Oxford Univ. Press, 2014. – 390 p.
  4. Бозаров С.С. Сунъий интеллект томонидан етказилган зарар учун жавобгарлик масалалари // https://cdn.uza.uz
  5. Delvaux M. Draft Report with recommendations to the Commission on Civil Law Rules on Robotics. – European Parliament, 2016. – 22 p.
  6. Freitas P., Andrade F.A. de, Novais P.J. Criminal Liability of Autonomous Agents: From the Unthinkable to the Plausible // AI Approaches to the Complexity of Legal Systems. – Berlin: Springer, 2014. – P. 145–156.
  7. Gunkel D.J. The Machine Question: Critical Perspectives on AI, Robots, and Ethics. – Cambridge: MIT Press, 2012. – 270 p.
  8. Hallevy G. The Criminal Liability of Artificial Intelligence Entities – from Science Fiction to Legal Social Control // Akron Intellectual Property Journal. – 2010. – Vol. 4, iss. 2. – P. 171–201.
  9. Hallevy G. When Robots Kill: Artificial Intelligence Under Criminal Law. – Boston, 2013. – 272 p.
  10. Hood K. Artificial Intelligence and the Legal Profession // Horizon Scanning. – 2018. – 20 p.
  11. Kingston John K.C. Artificial Intelligence and Legal Liability // Research and Development in Intelligent Systems XXXIII: Incorporating Applications and Innovations in Intelligent Systems XXIV. – Cambridge: Springer, 2016. – P. 269–279.
  12. Kopfstein J. Should Robots Be Punished For Committing Crimes?. URL: https://www.vocativ.com
  13. Курсова О.А. Юридические фикции современного российского права: сущность, виды, проблемы действия // Проблемы юридической техники: сб. ст. / Под ред. В.М. Баранова. – Нижний Новгород, 2000. – С. 450–459.
  14. Leenes R. Laws on Robots, Laws by Robots, Laws in Robots: Regulating Robot Behaviour by Design // Law, Innovation and Technology. – 2014. – Vol. 6, iss. 2. – P. 194–222.
  15. Levy D. When Robots Do Wrong // https://share.pdfonline.com. Hallevy G. Liability for Crimes Involving Artificial Intelligence Systems. – Dordrecht: Springer, 2015. – 262 p.
  16. Mehlman M. Robot Law // Case Legal Studies Research Paper. – 2017. URL: https://ssrn.com
  17. Matchanov Sh.K. Jinoyat ishini tergov qilishda sunʼiy intellektdan foydalanish masalalari // Siyosatshunoslik, huquq va xalqaro munosabatlar jurnali. – 2023. – №9. – B. 1–5.
  18. Морхат П.М. Искусственный интеллект: правовой взгляд. – М.: Буки Веди, 2017. – 257 с.
  19. Мосечкин И.Н. Искусственный интеллект и уголовная ответственность: проблемы становления нового вида субъекта преступления // Вестник Санкт-Петербургского университета. – 2019. – Право 3. – С. 461–476.
  20. Negnevitsky M. Artificial Intelligence: A Guide to Intelligent Systems. Pearson Education, 2005. URL: https://books.google.ru
  21. Nevejans N. European Civil Law Rules in Robotics: Study. – European Union, 2016. – 34 p.
  22. Radutniy O.E. Criminal Liability of the Artificial Intelligence // Problems of Legality. – 2017. – Iss. 138. – P. 132–141.
  23. Sandberg A. Space Races: Settling the Universe Fast. Technical Report-2018. – University of Oxford, 2018. URL: https://www.fhi.ox.ac.uk
  24. Scherer M.U. Regulating Artificial Intelligence Systems: Risks, Challenges, Competencies, and Strategies // Harvard Journal of Law & Technology. – 2015. – Vol. 29, №2. – P. 353–400.
  25. Solaiman S. Legal Personality of Robots, Corporations, Idols and Chimpanzees: A Quest for Legitimacy // Artificial Intelligence and Law. – 2017. – Vol. 25. – №2. – P. 155–179.
  26. Синельникова В.Н., Ревинский О.В. Права на результаты искусственного интеллекта // Копирайт. Вестник Российской академии интеллектуальной собственности. – 2017. – №4. – С. 17–27.
  27. Ужов Ф.В. Искусственный интеллект как субъект права // Пробелы в российском законодательстве. – 2017. – №3. – С. 357–360.
  28. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktyabrdagi “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” PQ-358-son qarori // https://lex.uz/docs/7158604
  29. Oʻrinkulov O.N., Xudoyberdiyev R.F. Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish masalalari // Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining axborotnomasi. – 2021. – №1 (48). – B.158–164.
  30. Хисамова З.И. Уголовная ответственность и искусственный интеллект: теоретические и прикладные аспекты // Всероссийский криминологический журнал. – 2019. – Т.13, №4. – С. 564–574.
  31. Шамсутдинов Б. Jinoyat protsessida sunʼiy intellekt // Odillik mezoni. – 2020. – №9. – B.23.
  32. Weng Y.H., Chen C.H., Sun C.T. Towards the Human-Robot Co-Existence Society: On Safety Intelligence for Next Generation Robots // International Journal of Social Robotics. – 2009. – №1. – P. 267–282.
🔍 View online 📥 Download PDF

APA

Otajonov, Abrorjon (2025). Artificial Intelligence and Robotics: Prospects for Improving Criminal Legislation. Criminological Activity, 1(1), 57–70. https://doi.org/

Vancouver

Otajonov, Abrorjon. Artificial Intelligence and Robotics: Prospects for Improving Criminal Legislation. Criminological Activity. 2025;1(1):57-70.