The Impact of Procedural Gaps in Interrogation on Establishing the Truth in Criminal Cases: Problems and Solutions
Annotation / Abstract
Abstract.This article examines the negative impact of procedural gaps in interrogation procedures on establishing the truth in criminal cases. Particular attention is paid to factors contributing to the perjury of witnesses and victims, insufficient legal regulation of video recording of interrogations, procedural uncertainty between additional and repeated interrogations, and conflicts associated with obtaining testimony during the pre-investigation stage. Legislation and law enforcement practices in foreign countries are analyzed, and evidence-based proposals and recommendations for improving national criminal procedure legislation are developed.
Full text
Bu borada xorijiy tajribaga murojaat qilganimizda, bir qator mamlakatlar qonunchiligida voyaga yetmagan shaxsni soʻroq qilish jarayonini videoyozuvda qayd etish majburiyligiga guvoh boʻldik. Misol uchun, Germaniya, Finlyandiya, Estoniya, Vengriya va Polsha kabi davlatlarda voyaga yetmagan jabrlanuvchi va guvohlarning soʻroqlarini videoyozuvda qayd etish majburiydir.
Ruminiya va Bolgariyada esa videoyozuvda qayd etish ixtiyoriy boʻlib, faqat jabrlanuvchilarga nisbatan nazarda tutilgan [6].
Fransiyada soʻroqni videoyozuvda qayd etish majburiyati faqat voyaga yetmagan jabrlanuvchilarga nisbatan qoʻllaniladi [7].
AQSHda esa, agar soʻroq audio yoki video yozuvda saqlangan boʻlsa, unda tergovchining tergov qilinayotgan shaxsga nisbatan harakatlari, ayblanuvchi koʻrsatmalarining toʻgʻriligi haqida hech qanday savol tugʻilmaydi va bu sudyalar va hakamlar hayʼatining soʻroq mazmunini baholash uchun vaqtni tejash, tergov jarayoniga jamoatchilik ishonchini oshirishi mumkin. Amerika tergov amaliyotida soʻroqlarning videoyozuvlari keng qoʻllaniladi va hatto baʼzi shtatlarda qonuniy talab hisoblanadi [8].
Ushbu masala yuzasidan qonunchiligi yaqin va oʻxshash boʻlgan qoʻshni davlatlarning bu boradagi tajribalariga murojaat qilganimizda, Qozogʻiston Respublikasi JPKning 219-moddasi [9], Turkmaniston Respublikasi JPKning 118-moddasi [10], Qirgʻiz Respublikasi JPKning 194-moddasi [11] soʻroq vaqtida audio va video yozib olish uskunalaridan foydalanish deb nomlanganligi, qolganlardan farqli ravishda Tojikiston Respublikasi JPKda soʻroq va boshqa tergov harakatlari vaqtida audio va video yozib olish uskunalaridan foydalanish deb nomlangan 971-moddasi [12] mavjudligi ayon boʻldi.
Rossiya Federatsiyasi JPKda esa soʻroq vaqtida audio va video yozib olish uskunalaridan foydalanish tartibi “soʻroq bayonnomasi” deb nomlangan 190-moddasida [13] batafsil bayon etilgan. Eʼtiborli jihati, yuqorida taʼkidlangan kodekslarning barchasida agar soʻroq qilish davomida audio va (yoki) videoyozuvdan foydalanilgan boʻlsa, bayonnomaga unga oid qanday holatlar kiritilishi kerakligi aniq koʻrsatib qoʻyilgan.
Tojikiston JPKda soʻroq vaqtida ovoz yozib olish uskunalaridan foydalanish boʻyicha alohida 97.1-modda mavjud. Turkmaniston JPKda gumon qilinuvchi soʻroq qilishda video va ovoz yozish uskunalaridan foydalanishni soʻrash huquqi mavjud. Mazkur davlat JPKning 118-moddasida soʻroq qilish vaqtida ovoz va video yozuv uskunalaridan foydalanish tartibga solingan.
Shunday ekan, Oʻzbekiston Respublikasining protsessual qonunchiligida ham soʻroq jarayonini videoyozuvga olish shart boʻlgan hollarni aks ettirish maqsadga muvofiq.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, kelgusida tergov harakatlarini yanada samarali boʻlishini taʼminlash maqsadida quyidagilarni taklif qilamiz:
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 91-moddasini quyidagi yangi tahrirdagi oltinchi qism bilan toʻldirish:
“Soʻroq jarayonini ovoz yozish, videoyozuv va kinotasvirga olish shart boʻlgan hollar ushbu Kodeksning 1061-moddasida koʻrsatilgan tartibda amalga oshiriladi”.
References
Foydalanilgan manbalar
- https://www.researchgate.net/ (Elektron manbaga murojaat qilingan sana: 01.03.2026-y.).
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan “Yurtning kuchi birlikda, qadri esa tinchlikdadir” deb nomlangan nutqidan // https://president.uz/uz/ (Elektron manbaga murojaat qilingan sana: 01.03.2026-y.).
- Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yoʻlimizni qatʼiyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga koʻtaramiz. – T., 2018. – 213 b.
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi // https://xs.uz/uzkr/post/ (Elektron manbaga murojaat qilingan sana: 15.03.2026-y.).
- Mehmonov A.Ya. Soʻroq qilish tergov harakatini oʻtkazishni takomillashtirish: Yurid. fan. boʻyicha falsafa d-ri ... dis. – T., 2024. – B. 143, 161.
- https://fra.europa.eu (Elektron manbaga murojaat qilingan sana: 08.04.2026).
- Jacqutline Hodgson. The Detention and Interrogation of Suspects in Police Custody in France: A Comparative Account // https://www.researchgate.net/publication/258136772 (Elektron manbaga murojaat qilingan sana: 08.04.2026).
- Тинякова Е.А. Чем может быть полезен опыт американской следственной практики для российской уголовной реальности (по страницам курса он-лайн «Доказан невиновным? Социальная наука об ошибочных обвинениях», Пенсильванский университет, США) // Полицейская и следственная деятельность. – 2016. – № 4. – С. 63.
- Уголовно-процессуальный кодекс Республики Казахстан от 4 июля 2014 года // https://online.zakon.kz/document/?doc_id=31575852 (Elektron manbaga murojaat qilingan sana: 08.04.2026-y.).
- Уголовно-процессуальный кодекс Туркменистана // http://base.spinform.ru (Elektron manbaga murojaat qilingan sana: 08.04.2026-y.).
- Уголовно-процессуальный кодекс Кыргызской Республики // https://online.zakon.kz/ (Elektron manbaga murojaat qilingan sana: 10.04.2026-y.).
- Уголовно-процессуальный кодекс Республики Таджикистан // http://base.spinform.ru (Elektron manbaga murojaat qilingan sana: 10.04.2026-y.).
- Уголовно-процессуальный кодекс Российской Федерации // http://www.consultant.ru/document/ (Elektron manbaga murojaat qilingan sana: 11.04.2026-y.).
- Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi // https://lex.uz/docs/ (Elektron manbaga murojaat qilingan sana: 17.04.2026-y.).
- Белкин Р.С. Криминалистика: Учебник. – 2001 // https://be5.biz/pravo/k023/35.html (Elektron manbaga murojaat qilingan sana: 18.04.2026-y.).
- Xushvaktova N.A. Ishni sudga qadar yuritishda jamoatchilik ishtirokini takomillashtirish: Yurid. fan. boʻyicha falsafa d-ri ... dis. – T., 2023. – B. 99.
APA
Vancouver