Rule-Making as a Form of State Legal Policy
Annotation / Abstract
Abstract. This article examines rulemaking as a form of state legal policy and its importance in the country. The primary goal of state policy is to establish law and order, ensure human rights and freedoms, and strengthen the rule of law. Attention is paid to the structure and objectives of legal policy, particularly the specific features of this form of rulemaking. Rulemaking is demonstrated as an important tool for government agencies and civil society in ensuring law and order, as well as the adoption and implementation of laws. The article presents the stages of legal policy development, as well as the trends and practices of legal policy in Uzbekistan at this stage.
Full text
Ta’kidlash joizki, “siyosat” so‘zi o‘zining uzoq yillik tarixiga ega bo‘lib, asosan, yunon faylasufi Arastu sababli ushbu atamadan keng foydalanish boshlangan. Olim muloqotning eng muhim va oliy darajasi — siyosiy muloqot haqida gapiradi [1]. Haqiqatan, har bir insonning — mutaxassis, olim, korxona boshqaruvchisi, davlat idorasi rahbari, siyosiy partiya yetakchisidan tortib, davlat rahbarigacha — o‘z siyosati mavjud. Ya’ni, har bir insonning o‘z boshqaruv va individual ta’sir o‘tkazish uslublari bo‘ladi.
Sodda qilib aytganda, siyosat — ijtimoiy jarayonlarni boshqarish san’ati, huquqiy siyosat mohiyatida esa huquqiy tartibga solish sohasida davlat olib borayotgan faoliyat strategiyasini tushunish mumkin [2]. Xuddi shunday, u davlat siyosati va huquqiy rivojlanishining taktik yondashuvi hamda algoritmi sifatida ham qabul qilinadi. Huquqiy siyosat o‘z ichiga davlat siyosatining barcha yo‘nalishlarini qamrab oladi. Chunki har qanday siyosiy islohot Konstitutsiya, qonun, Prezident va Hukumat tomonidan qabul qilinadigan qonunchilik hujjatlari orqali amalga oshiriladi.
Shuning uchun ham mazkur masalaga qaratiladigan e’tibor boshqa yo‘nalishlarning rivojlanishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. Huquqiy siyosatning maqsadi — huquqiy tartibga solishning samarali mexanizmini yaratish, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini to‘liq ta’minlash uchun qonuniy vositalardan samarali foydalanish, qonun ustuvorligi va huquq-tartibotni mustahkamlash, huquqiy davlatchilikni shakllantirish hamda jamiyatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishdan iborat.
References
Foydalanilgan manbalar
- Aristotel. Politika. - Moskva: Izdatelstvo Yurayt, 2025. - 297 s. Matn: elektron // URL: https://urait.ru/bcode/564099 .
- Nigmatov K. “Huquqiy siyosat jamiyatga nima beradi?” // https://yuz.uz/oz/news/huquqiy-siyosat-jamiyatga-nima-beradi .
- Isakov N.B. Pravovaya politika sovremennoy Rossii: problemy teorii i praktiki: Avtoref. dis. ... d-ra yurid. nauk. - Rostov-na-Donu, 2004. - S. 49 // https://www.dissercat.com/content/pravovaya-politika-sovremennoi-rossii-problemy-teorii-i-praktiki .
- Odilqoriyev X.T. Davlat hokimiyatining qonun ijodkorligi sohasidagi huquqiy siyosati // Jurnal: O‘zbekiston qonunchiligi tahlili • Uzbek law review • Обзор законодательства Узбекистана, 2015. - №1. - 5-8-b.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5415-son farmoni // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.04.2018-y., 06/18/5415/1072-son.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5505-son farmoni // https://lex.uz/docs/3858817#3861945 .
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat institutining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-462-son qarori // https://lex.uz/ru/docs/6331771 .
- Korabelnikova Yu.L., Yanin Yu.V. Rol vedomstvennogo normotvorchestva v gosudarstvennom pravotvorchestve // Jurnal: Setevoe izdanie “Akademicheskaya mysl”, 2019. - №1 (6). - S.55-58 // https://cyberleninka.ru/article/n/rol-vedomstvennogo-normotvorchestva-v-gosudarstvennom-pravotvorchestve .
APA
Vancouver
Authors
O‘zbekiston Respublikasi IIV