The Role of the National Guard Children's Psychology Center in Providing Psychological Support to Orphans and Children Deprived of Parental Care
Annotation / Abstract
Abstract. This article scientifically covers the activities of the Center for Child Psychology, established under the National Guard of the Republic of Uzbekistan, in providing gratuitous psychological assistance to orphans and children left without parental care. Modern psychotherapeutic, individual, and group work methods used by the Center for Child Psychology, as well as their effectiveness, were analyzed. In international experience, the issue of organizing psychological services within paramilitary structures has been studied, and a unique national model of the activities of the Center for Child Psychology of the National Guard has been substantiated.
Full text
Muhtaram Prezidentimiz rahnamoligida qabul qilingan farmon va qarorlar ijtimoiy sohada tub burilish yasab, bolalar manfaatlarini ta’minlash masalasini davlat boshqaruvi darajasiga ko‘tardi. Bu esa ijtimoiy himoya tizimining mazmunan yangilanishiga, insonparvarlik tamoyillarining amalda to‘liq qaror topishiga xizmat qildi.
Zamonaviy jamiyatda psixologik xizmatlar inson salomatligi va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlovchi muhim institutlardan biri hisoblanadi. Rivojlangan davlatlarda psixologik yordam nafaqat ruhiy kasalliklarni davolash, balki stress, xavotir, ijtimoiy moslashuvdagi qiyinchiliklarning oldini olish vositasi sifatida ham keng qo‘llaniladi.
Ayniqsa, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun psixologik xizmatlar ularning shaxs sifatida to‘laqonli rivojlanishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasida bolalar huquqlarini himoya qilish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir[1].
2021-yil avgust oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarori asosida Milliy gvardiya huzurida Bolalar psixologiyasi markazi tashkil etildi va bugungi kunda ushbu markaz milliy psixologik xizmatlar tizimida yangi institutsional yondashuv sifatida faoliyat yuritmoqda.
Milliy gvardiya Bolalar psixologiyasi markazi tashkil etilganidan buyon Toshkent shahridagi 22-son va 30-son mehribonlik uylari, oilaviy bolalar uylarida, zaruratga ko‘ra viloyatlardagi oilaviy bolalar uylarida tarbiyalanayotgan bolalarga muntazam ravishda beg‘araz psixologik yordam ko‘rsatib kelmoqda.
References
Foydalanilgan manbalar
- O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni.
- UNICEF. Psychosocial Support for Children without Parental Care. - New York, 2020.
- World Health Organization. Mental Health and Psychosocial Well-being of Children. - Geneva, 2019.
- O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi faoliyatiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar.
APA
Vancouver
Authors
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti