The Role of Criminological Forecasting in the Mechanism of Early Crime Prevention in Mahallas
Annotation / Abstract
Abstract.This article analyzes the theoretical and practical issues of criminological forecasting of crime in mahallas and assesses the role of this instrument in the early prevention of crime. The article also puts forward proposals and recommendations for developing measures aimed at combating crime.
Full text
Uchinchisi, profilaktika choralarini rejalashtirish. Bu vazifa aniqlangan xavflar asosida yakka tartibda (individual), maxsus (guruhli), umumiy, viktimologik profilaktika tadbirlarini rejalashtirishni oʻz ichiga oladi. Yaʼni, “hammaga bir xil chora” emas, balki har bir holatga mos differensial choralar ishlab chiqiladi. Masalan, yuqori xavf – yakka tartibdagi (individual), oʻrta xavf – maxsus (guruhli) va kam xavf – umumiy targʻibot profilaktik chora-tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirishga asos boʻladi.
Toʻrtinchi, boshqaruv qarorlarini asoslash. Bu vazifa qabul qilinayotgan qarorlarni taxmin yoki subyektiv fikr asosida emas, balki maʼlumot va tahlil asosida qabul qilishni taʼminlaydi. Kriminologik prognozlash boshqaruvni ilmiy darajaga olib chiqadi. Maʼlumotlar asosida muayyan bir koʻcha yoki obyektga videokuzatuv vositalari oʻrnatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Shunday qilib, kriminologik prognozlash jinoyatchilikni nafaqat tahlil qilish, balki uni oldindan aniqlash va boshqarish imkonini beruvchi muhim ilmiy va amaliy vosita hisoblanadi. Kriminologik prognozlash statistik tahlil, modellashtirish, ekspert baholash va individual prognozlash kabi usullar orqali amalga oshiriladi [5].
Statistik tahlil jinoyatchilik boʻyicha yigʻilgan raqamli maʼlumotlarni oʻrganish orqali uning dinamikasi, tuzilishi va tendensiyalarini aniqlashga xizmat qiladi.
Bu usul orqali jinoyatlar sonining oʻsishi yoki kamayishi, muayyan jinoyat turlarining ulushi, hududlar kesimida taqsimoti aniqlanadi.
Modellashtirish – jinoyatchilikning ehtimoliy rivojlanishini turli ssenariylar asosida tasvirlash usuli. Ushbu usul: “agar – unda” (what-if) kabi algoritmik tahlillarga, turli omillarning taʼsirini baholashga, prognoz natijalarini koʻrishga imkon beradi.
Ekspert baholash – sohaning tajribali mutaxassislari fikrlari asosida prognoz qilish usuli. U vaziyatni baholashda maʼlumotlar yetarli boʻlmagan holatda, murakkab vaziyatlarda, yashirin (latent) jinoyatchilikni baholashda qoʻllaniladi.
Individual prognozlash – alohida shaxsning jinoyat sodir etish ehtimolini baholashga qaratilgan usul. Unda shaxsning ilgarigi xulqi, sudlanganlik holati, ijtimoiy muhiti, turmush sharoiti hisobga olinadi.
References
Foydalanilgan manbalar
- Колосова И. М., Пашин В. М., Болдырев У. К. Прогнозирование оперативной обстановки в территориальных органах МВД России: типология прогнозов, этапы и практическое значение // Пролог: журнал о праве. – 2023. – № 3.
- Адилкариев Х.Т., Тультеев И.Т. Теоретико-методологические аспекты научной диагностики и прогнозирования преступности // “Kriminologiya” xalqaro ilmiy-amaliy jurnal. – 2025. – № 2. – С. 122.
- Жиноятчилик тенденциялари ва омиллари давлат ҳисоботлари (2025 йилнинг 12 ойи бўйича): Ахборот-таҳлилий ҳужжат. – Т.: Ўзбекистон Республикаси Криминология тадқиқот институти, 2026.
- Siegel L.J. Criminology: Theories, Patterns, and Typologies. – 2021.; Криминология: дарслик. – Т.: ИИВ Академияси, 2023.
- Абдуқодиров А.А. Криминологик прогнозлаш асослари. – Т., 2020.; Siegel L.J. Criminology. – 2021.
APA
Vancouver
Authors
O'zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi