Prevention of Cybersecurity Crimes – A Requirement of the Time
Annotation / Abstract
Abstract. This article discusses the increasing threat of cybercrime in the digital age and its negative implications for national security, economic stability, and personal freedoms. The author analyzes gaps in legislation, the shortage of specialized professionals, low levels of cyber culture among the population, and insufficient international cooperation. The article concludes with strategic proposals for legal reform, professional training, public awareness campaigns, and the enhancement of cross-border collaboration.
Full text
Darhaqiqat, bugungi kunda kiberxavfsizlik jinoyatlari nafaqat moliyaviy yoki axborot yo‘qotishlariga, balki davlatning siyosiy va iqtisodiy ustuvorliklariga qarshi qaratilgan tahdidlar sifatida ham namoyon bo‘lmoqda. Mazkur jinoyatlarning jahon miqyosida transmilliy xarakteri, anonimlik va tezkor amalga oshirilishi ularni aniqlash va tergov qilishni ancha murakkablashtirmoqda. O‘zbekistonda ham so‘nggi yillarda kiberhujumlar, shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash, onlayn firibgarlik holatlari ko‘payib borayotgani bunga yaqqol misoldir [2].
Ilmiy jihatdan qaraydigan bo‘lsak, jinoyat huquqi va kriminologiya sohalarida kiberjinoyatchilik hali yetarli darajada o‘rganilmagan muammolardan biri sanaladi. Axborot tizimlaridan foydalanib sodir etiladigan jinoyatlar tarkibini aniq belgilash, ularga javobgarlik choralarini individuallashtirish va eng muhimi – ularning oldini olishga qaratilgan kompleks profilaktik mexanizmlarni ishlab chiqish davr talabiga aylanmoqda. Xususan, kiberxavfsizlik sohasidagi jinoyatlarning oldini olish masalasi nafaqat amaliy, balki strategik va ilmiy ahamiyatga ega dolzarb muammo hisoblanadi. Bularga:
- Kiberxavfsizlik sohasidagi jinoyatlarning oldini olish strategiyasida yuzaga keladigan muammo – mazkur muammo davlatning siyosiy va iqtisodiy barqarorligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, maxsus xizmatlar, bank tizimi, sog‘liqni saqlash, energetika va aloqa kabi muhim infratuzilmalarga qilingan kiberhujumlar nafaqat iqtisodiy zarar, balki davlat xavfsizligiga ham tahdid soladi.
- Kiberxavfsizlik sohasidagi jinoyatlarni oldini olishning ilmiy ahamiyati bilan bog‘liq muammo – mazkur muammo mamlakatda nafaqat jinoyat huquqi doirasini, balki axborot huquqi, raqamli kriminologiya, elektron dalillar tahlili va kiberprofilaktika kabi sohalarni ham o‘z ichiga qamrab oladi. Masalan, huquqshunos olim A.R. Mamatqulov to‘g‘ri ta’kidlaganidek, bugungi kunda “elektron dalillarning sud amaliyotidagi maqomi, ularni to‘plash va huquqiy asosda rasmiylashtirish borasida ilmiy-amaliy bo‘shliq hali hamon mavjud” [3].
References
Foydalanilgan manbalar
- Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi: https://lex.uz/pdffile/5960604
- Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining maʼlumoti: https://cbu.uz/oz/press_center/news/1897716
- Mamatqulov A.R. Elektron dalillarning huquqiy maqomi // Yurist axborotnomasi. – 2023. – 4-son.
- Bugungi kunda Oʻzbekistonda aynan kiberxavfsizlik munosabatlari “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi, “Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisida”gi, “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi, “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi, “Aloqa toʻgʻrisida”gi, “Davlat sirlarini saqlash toʻgʻrisida”gi, “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazalarining huquqiy himoyasi toʻgʻrisida”gi qonunlar va boshqa qonunosti hujjatlari bilan tartibga solinmoqda: https://csec.uz/uz/docs/uzbekistan-laws
- Nematullayev A.U. Oʻzbekiston Respublikasining kiberxavfsizligini taʼminlash muammolari: https://parl.uz/articles/society/intervyu_s_chlenom_molodezhnogo_parlamenta_pri_oliy_mazhlise_respubliki_uzbekistan
- 2015 United States–China Cybersecurity Agreement: https://en.wikipedia.org/wiki/2015_United_States%E2%80%93China_Cybersecurity_Agreement
APA
Vancouver
Authors
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi