Cyber Theft: A Modern Threat, Legal Risks, and Preventive Measures
Annotation / Abstract
Abstract. The article analyzes the concept of cyber theft – theft committed through digital technologies, its forms, prevalence, impact on human life, legal aspects, and prevention mechanisms. Modern society requires new approaches to cybersecurity to protect data, financial resources, and personal information. From this perspective, the article provides analytical insights based on national and international experiences.
Full text
Ma’lumki, raqamli makondagi jinoyatlar an’anaviy o‘g‘rilik turlaridan keskin farq qiladi. Agar an’anaviy o‘g‘rilik jismoniy mol-mulkka nisbatan amalga oshirilsa, kibero‘g‘rilik ko‘proq elektron ma’lumotlar, bank plastik kartalari, shaxsiy ma’lumotlar, internet to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi. Ayniqsa, davlat va xususiy sektorlarda axborot tizimlari keng qo‘llanilayotgan bir paytda, ushbu tizimlarni himoya qilish masalasi jahon miqyosida muhim vazifaga aylanmoqda.
Kiberjinoyatchilikning ushbu turi nafaqat iqtisodiy zarar yetkazadi, balki fuqarolarning shaxsiy hayoti daxlsizligiga, davlat institutlariga bo‘lgan ishonch va jamiyatdagi huquqiy madaniyatga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bugungi raqamlashtirilgan jamiyatda ma’lumotlar va moliyaviy aktivlar internet tarmoqlari orqali boshqarilmoqda. Bunday sharoitda ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlash nafaqat texnik masala, balki huquqiy, ijtimoiy va axloqiy mas’uliyat ham hisoblanadi.
Shuningdek, bu jinoyat turi davlat organlari, biznes subyektlari va fuqarolar uchun ham katta muammoga aylanmoqda. Demak, kibero‘g‘rilik muammosiga tizimli yondashuv talab etiladi.
Kibero‘g‘rilikka oid ilmiy tadqiqotlar so‘nggi yigirma yil ichida alohida ilmiy yo‘nalish sifatida shakllandi. Bu jinoyat turi raqamli muhitning rivojlanishi, internet platformalarining kengayishi va fuqarolarning raqamli faolligi ortishi bilan bog‘liq holda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
References
Foydalanilgan manbalar
- Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. – T., 2024. https://lex.uz.
- Oʻzbekiston Respublikasining “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-547-son qonuni, 02.07.2019-yil. https://lex.uz.
- “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga raqamli dalillar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun. 2024-yil 21-noyabr. https://lex.uz.
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-153-son qarori. 2025-yil 30-aprel. https://lex.uz.
- Salayev N.S., Roʻziyev R.N. Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishga oid milliy va xalqaro standartlar: Monografiya. – T.: TDYUU, 2018. – 139-b.
- David S. Wall. Cybercrime: The Transformation of Crime in the Information Age. 2007. – 94 p.
- Jaishankar, K. (2008). Space Transition Theory of Cyber Crimes. In Criminology and Criminal Justice (Hindiston).
- Holt, T. J., & Bossler, A. M. (2020). Cybercrime in Progress: Theory and Prevention of Technology-Enabled Offenses. (AQSh).
- Reich, P., et al. (2021). Law, Policy, and Technology: Cyberterrorism, Information Warfare and Internet Immobilization. (Yaponiya).
- Brenner S. (2021). Cybercrime and the Digital Economy. Routledge.
- INTERPOL. (2023). Global Cyber Threat Assessment.
APA
Vancouver
Authors
O'zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti