Criminological Activity → Volume 1, Issue 2

Causes and Conditions of Recidivism Among Persons Released from Penal Institutions: A Criminological Analysis

27.06.2025 Research UZ 🔓 Open Access 👁 8 · 📥 2

Annotation / Abstract

Abstract: This article analyzes cases of recidivism among individuals released from penal institutions, as well as the main causes and conditions contributing to the reoffending. Personal and socio-economic factors, along with aspects related to the penal system, rehabilitation, and moral education, are examined, and an assessment of the effectiveness of existing preventive mechanisms is provided.

Full text

Bu borada qayta jinoyatchilik darajasi bo‘yicha eng past ko‘rsatkich Norvegiya (17,6%), Singapur (19,1%) va Islandiya (21,2%) davlatlarida qayd etilgan. O‘rtacha ko‘rsatkichlar Avstriya (24,3%), Niderlandiya (24,6%), Kanada (27,9%), Daniya (32%), Shvetsiya (32%), Finlyandiya (33%) va AQSH (32,1%) davlatlarida kuzatilgan [1]. Eng yuqori ko‘rsatkichlar esa Chili (40%) hamda Janubiy Afrika (86–94%) davlatlariga to‘g‘ri keladi [2].

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, qayta jinoyatchilik darajasi 17–24 foizgacha bo‘lgan davlatlarda jazoni ijro etish muassasalari jazoni o‘tash joyi sifatida emas, balki shaxsni jamiyatga qaytarishga yo‘naltirilgan reabilitatsiya muassasalari sifatida qaraladi.

Ozodlikka chiqishdan avval mahkumlarga ijtimoiy ko‘nikmalar shakllantiriladi, ularga psixologik yordam ko‘rsatiladi hamda kasb-hunar o‘rgatiladi. Ozod etilganidan keyin esa ular jamiyat tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlanadi.

Qayta jinoyatchilik darajasi 24–35 foizgacha bo‘lgan davlatlarda mahkumlarni axloqan tuzatish va reabilitatsiya qilish jarayonlari yetarli darajada tashkil etilmagan. Shu sababli ular ozod etilganidan so‘ng psixologik va ijtimoiy moslashuv jarayonida qiyinchiliklarga duch keladi.

Qayta jinoyatchilik darajasi 40 foizdan yuqori bo‘lgan davlatlarda esa jinoyat sodir etishga sabab bo‘luvchi ijtimoiy-iqtisodiy omillar, jumladan, qashshoqlik, ishsizlik, bilim darajasining pastligi va ijtimoiy tengsizliklar mahkumlarning ozodlikka chiqqanidan keyin yana jinoyat sodir etishiga zamin yaratadi.

Mazkur ko‘rsatkich yuqori bo‘lgan davlatlarning jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarni reabilitatsiya qilishga yo‘naltirilgan mexanizmlar samarali ishlamasligi, norasmiy “qonun va qoidalar” mahkumlarning xulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatishi hamda ozod etilgan shaxslarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishda qiyinchiliklarga duch kelishi bilan izohlanadi.

References

Foydalanilgan manbalar

  1. Buyuk Britaniya Parlamentining rasmiy veb-sayti. www.committees.parliament.uk .
  2. Ilmiy-texnik yangiliklar va tadqiqotlar haqida maqolalarni eʼlon qiluvchi axborot portali. www.phys.org .
  3. Smith J. Recidivism and Social Reintegration: Challenges and Solutions. – London: Academic Press, 2021. – 275 p.
  4. Singapurdagi “Yellow Ribbon Project”ning rasmiy sayti. www.yellowribbon.gov.sg .
  5. Singapur Respublikasi Ichki ishlar vazirligining rasmiy sayti. www.mha.gov.sg .
🔍 View online 📥 Download PDF

APA

Rixsimov, Komron (2025). Causes and Conditions of Recidivism Among Persons Released from Penal Institutions: A Criminological Analysis. Criminological Activity, 1(2), 36–40. https://doi.org/

Vancouver

Rixsimov, Komron. Causes and Conditions of Recidivism Among Persons Released from Penal Institutions: A Criminological Analysis. Criminological Activity. 2025;1(2):36-40.