Criminological Activity → Volume 1, Issue 4

Theoretical and Practical Issues of Improving Crime Prevention

24.12.2025 Research UZ 🔓 Open Access 👁 4 · 📥 1

Annotation / Abstract

Abstract. This article provides a scientific analysis of current theoretical and practical issues of improving the system of crime prevention. In particular, the legal essence of general, special, individual, and victimological types of prevention, defined in the Law "On Crime Prevention," their interrelation, as well as problems arising in law enforcement practice, are highlighted. Certain discrepancies between the norms of national legislation and criminological doctrine are identified, forms of prevention, powers of subjects, criteria for evaluating effectiveness, and issues of strengthening guarantees of human rights in individual prevention are analyzed on a scientific basis.

Full text

Shu bilan birga, milliy qonunchilik normalari va ilmiy doktrina o‘rtasidagi ayrim nomutanosibliklar mazkur tamoyillarni to‘liq amalga oshirish imkoniyatini cheklamoqda. Xususan, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonunda qator tushunchalarning doktrinal mazmuni yetarli darajada ochib berilmagan; profilaktika turlari va choralarining tasniflanishi mukammal emas; vakolatli subyektlar faoliyati samaradorligini baholash mexanizmi shakllantirilmagan; yakka profilaktika choralarini qo‘llashda inson huquqlarini ta’minlovchi protsessual kafolatlar yetarlicha ishlab chiqilmagan. Yangi O‘zbekiston sharoitida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “jazodan keyin emas, jinoyatdan oldin” tamoyilini hayotga tatbiq etish uchun profilaktika tizimini zamonaviy talablar asosida institutsional va huquqiy jihatdan takomillashtirish dolzarb ahamiyatga ega.

Kriminologiya fanining klassik manbalarida jinoyatchilikning oldini olish, asosan, umumiy va yakka (individual) profilaktika yo‘nalishlariga ajratib o‘rganiladi [3; 4]. Umumiy profilaktika deganda, muayyan shaxsga qaratilmagan holda, keng ijtimoiy muhitda huquqbuzarlik sodir etilishiga imkon beradigan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar tushuniladi. Ilmiy adabiyotlarda umumiy profilaktikaning tipik ko‘rinishlari sifatida qonunchilik va boshqaruv islohotlari, ta’lim-tarbiya muassasalarida intizomni mustahkamlash, huquqiy targ‘ibot va ma’rifat ishlari, xavfli hududlarda jismoniy va texnik nazoratni kuchaytirish kabi ommaviy ta’sir choralari qayd etiladi [3]. Shu ma’noda, umumiy profilaktika butun jamiyat yoki muayyan ijtimoiy qatlam darajasida amalga oshiriladigan profilaktik faoliyat bo‘lib, uni amalga oshiruvchilar qatoriga parlament, hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ta’lim muassasalari, nodavlat tashkilotlar va mahallalar kabi keng qamrovli subyektlar kirishi mumkin [3].

Foydalanilgan manbalar

  1. O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni. 2014-yil 14-may, O‘RQ-371-son.
  2. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi. – T.: “O‘zbekiston”, 2022.
  3. Abdurasulova Q.R. va boshqalar. Kriminologiya. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2006.
  4. Dolgova A.I. Kriminologiya. – Moskva: Norma, 2010.

References

Foydalanilgan manbalar

  1. Oʻzbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida” 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-371-son qonuni // Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami. – 2014. – №20. – 221-modda.
  2. United Nations Office on Drugs and Crime (UNODC). Handbook on the Crime Prevention Guidelines: Making Them Work. – Vienna: UNODC, 2010.
  3. Теоретические положения по теме 3.3.7 «Понятие, виды, формы и уровни профилактики преступлений». – Минск: Академия МВД Республики Беларусь. – С. 1–7.
  4. Криминология: Учебник для вузов / под общ. ред. А. И. Долговой. – 3-е изд., перераб. и доп. – М.: Норма, 2005. – С. 435–455.
  5. Симонова С. С. Теория и практика профилактики преступлений: Учебное пособие. – Волгоград: РАНХиГС, 2019. – С. 9–11.
  6. Umarov Z. R. Huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi tushunchasiga oid nazariy tahlil // Uzbek Scholar Journal. – 2024. – №35. – B. 10–11.
  7. Zaripov Z. S., Ismailov I. Kriminologiya. Umumiy qism: Darslik. – Toshkent: Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 1996. – 228 b.
  8. Zaripov Z. S. va boshq. Kriminologiya: Darslik. – Toshkent: Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2006.
  9. Niyozova S. S. Kriminologiyada viktimologik profilaktikaning oʻrni, maqsad va vazifalari // Ilmiy maqola. – Toshkent, 2023. – Elektron manba.
🔍 View online 📥 Download PDF

APA

Maxmudov, Dilmurod (2025). Theoretical and Practical Issues of Improving Crime Prevention. Criminological Activity, 1(4), 25–29. https://doi.org/

Vancouver

Maxmudov, Dilmurod. Theoretical and Practical Issues of Improving Crime Prevention. Criminological Activity. 2025;1(4):25-29.