Criminological Activity → Volume 1, Issue 1

Determination of Violent Crimes and the Main Directions for Their Prevention

17.04.2025 Research UZ 🔓 Open Access 👁 4 · 📥 1

Annotation / Abstract

Abstract. This article examines the determinants of violent crimes and measures to prevent them. It analyzes the socio-economic, psychological, and legal factors influencing the level of violent crime. Special attention is given to Uzbekistan's efforts to combat violent offenses and their effectiveness. Mechanisms for preventing these crimes by improving legal measures and addressing social issues are proposed.

Full text

IIV Axborot markazining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda jami jinoyatlarning 34,4 foizi oldini olish mumkin bo‘lgan va 21,1 foizi huquq-tartibot idoralari tomonidan aniqlangan jinoyatlardir. Zo‘ravonlik jinoyatlari umumiy jinoyatchilikning 10,7 foizini tashkil etadi, shundan: qotillik – 2,6%, badanga og‘ir shikast yetkazish – 6,8%, badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish – 16,8%, badanga yengil shikast yetkazish – 21,1%, nomusga tegish – 3,0%, bezorilik – 16,8%, bosqinchilik – 1,2% va talonchilik – 3,7%.

Qotillik jinoyatlari umumiy jinoyatchilikning 0,3 foizini tashkil etib, 41,7 foizi oilaviy mojarolar natijasida, 22,5 foizi ishsizlar, 20,6 foizi mast holda, 9,8 foizi esa muqaddam sudlangan shaxslar tomonidan sodir etilgan [1].

Qotillik jinoyatlarini tahlil qilish natijasida quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:

Oilaviy nizolar – asosiy omil. Qotilliklarning 41,7 foizi oilaviy mojarolar natijasida sodir etilgani jamiyatda oilaviy munosabatlar va zo‘ravonlik muammosining jiddiyligini ko‘rsatadi. Bu holat nikohdagi nizolar, moddiy muammolar, maishiy qiyinchiliklar va psixologik zo‘ravonlikning jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini tasdiqlaydi.

Ishsizlik – xavfli omil. Qotilliklarning 22,5 foizi ishsizlar tomonidan sodir etilgani shuni ko‘rsatadiki, moddiy nochorlik va doimiy daromad manbaining yo‘qligi jinoiy xatti-harakatlarning oshishiga sabab bo‘ladi. Ishsizlik ijtimoiy notinchlik, stress va ruhiy bosimga olib keladi, bu esa jinoyatchilikning o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadi.

Mastlik holatida jinoyat sodir etish. Qotilliklarning 20,6 foizi mast holda sodir etilgan. Bu spirtli ichimliklar iste’moli insonning o‘zini tutishiga, asabiylashishiga va agressiv xatti-harakatlarga sabab bo‘lishini ko‘rsatadi. Spirtli ichimliklar iste’molini nazorat qilish va jamoat joylarida uni iste’mol qilishga qarshi chora-tadbirlar ko‘rish jinoyatchilik darajasini pasaytirishda muhim rol o‘ynashi mumkin.

References

Foydalanilgan manbalar

  1. IIV Axborot markazi maʼlumotlari.
  2. Афанасьева О.Р. Исходные начала соотношения «насильственной преступности» и «насильственных преступлений» // Вестник МФЮА. – 2013. – № 3. – С. 56–62.
  3. Oʻzbek tilining izohli lugʻati: [Tekst]: 80 000 dan ortiq soʻz va soʻz birikmasi: 5 jildli / OʻzR FA A. Navoiy nomidagi Til va adabiyoti in-ti; A. Madvaliyev tahriri ostida; tahrir hayʼati E. Begmatov. – T.: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi [2006–2008]. Ikkinchi jild: Ye-M. – 2006. – 166-b.
  4. Cambridge Dictionary / [electronic resource] https://dictionary.cambridge.org/dictionary/english/violence
  5. Большой толковый словарь русского языка / Гл. ред. С.А. Кузнецов. Первое издание: – СПб.: Норинт, 1998. http://gramota.ru/slovari/dic/
  6. Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.09.2019-y., 03/19/561/3680-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 10.12.2021-y., 03/21/736/1144-son; 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son; 19.10.2024-y., 03/24/977/0831-son.
  7. Кейдунова Е. Р. Детерминация и основные направления предупреждения насильственных преступлений // Известия вузов. Северо-Кавказский регион. Общественные науки. – 2014. – № 5. – С. 85–88.
  8. Джафарова А. А. Бытовая насильственная преступность: Отдельные криминологические проблемы // Ученые записки Казанского института МВД России. – 2020. – Т. 5. – № 2(10). – С. 131–134.
  9. Насильственная преступность / Бородин С.В., Кригер Г.Л., Кудрявцев С.В., Лунеев В.В. и др.; Под ред.: Кудрявцев В.Н., Наумов А.В. – М., 1997.
  10. Преступность в федеральных округах / Под ред. Ю.М. Антоняна. – М., 2002.
  11. Jalolov Sh.R. Zoʻravonlik jinoyatlarini zamonaviy profilaktikasining ayrim jihatlari // Oriental Renaissance: Innovative, Educational, Natural and Social Sciences. – 2022. – Т. 2. – № 7. – С. 403–413.
  12. Корецкий Д.А. Основы теории и методологии криминологического исследования тяжких преступлений, совершаемых с применением оружия: Дис... д-ра юрид. наук. – М., 1997.
  13. Ивасюк О.Н. Особенности причинного комплекса современных бытовых преступлений и проблемы их предупреждения // Вестник Санкт-Петербургского университета МВД России. – 2020. – № 4 (88). – С. 97–102.
🔍 View online 📥 Download PDF

APA

Nizametdinxodjayev, Ulugʻbek (2025). Determination of Violent Crimes and the Main Directions for Their Prevention. Criminological Activity, 1(1), 81–88. https://doi.org/

Vancouver

Nizametdinxodjayev, Ulugʻbek. Determination of Violent Crimes and the Main Directions for Their Prevention. Criminological Activity. 2025;1(1):81-88.