Modern Criminology: Innovative Approaches and Criminological Forecasting Methods in Crime Prevention
Annotation / Abstract
Abstract. This article comprehensively analyzes the innovative approaches of modern criminology to crime prevention and criminological forecasting methods. The study analyzed legal reforms, social partner- ship, modern technologies and innovations in the management system, based on the results obtained, conclusions and practical recommendations for improving the system of combating crime were given.
Full text
Kriminologik prognoz metodlari. Jinoyatchilikning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etuvchi yo‘nalishlardan yana biri – kriminologik prognozlash, ya’ni jinoyatchilik rivojining ehtimoliy tendensiyalarini oldindan aytib berishdir.
Jinoyatchilik ko‘lamining ortishi yoki kamayishi, ularning tuzilmasidagi o‘zgarishlar, yangi turdagi jinoyatlar paydo bo‘lishi kabi holatlarni prognoz qilish huquqni muhofaza qilish organlariga oldindan tayyorgarlik ko‘rish va zarur choralarni rejalashtirish imkonini beradi.
Shu sababli, zamonaviy kriminologiyada “ilmiy prognoz” masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Kriminologik prognoz turlari orasida eng avvalo umumiy prognoz va maxsus prognoz farqlanadi.
Umumiy (yoki makro) kriminologik prognoz butun jamiyat miqyosida jinoyatchilikning rivojlanishini taxmin qiladi, masalan, kelgusi yil yoki yillarda jinoyatlar soni qanchaga o‘zgarishi, qaysi toifadagi jinoyatlar oshishi yoki kamayishi kutilayotgani to‘g‘risida umumiy xulosa beradi.
Maxsus prognoz esa aniqroq yo‘nalishga ega bo‘lib, muayyan turdagi jinoyatchilik (masalan, iqtisodiy jinoyatlar yoki voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi) bo‘yicha yoki ma’lum hudud bo‘yicha bashoratni ifodalaydi.
Bundan tashqari, individual kriminologik prognoz degan tushuncha ham mavjud. Bunda ayrim shaxsning kelgusida jinoyat sodir etishi ehtimolini aniqlashga harakat qilinadi.
Masalan, probatsiya nazoratidagi shaxsning qayta jinoyat sodir etish xavfini baholash shunday individual prognoz turiga kiradi.
References
Foydalanilgan manbalar
- Ismoilov I., Abdurasulova Q.R., Fazilov I.Yu. Kriminologiya. Umumiy qism: IIV oliy ta'lim muassasalari uchun darslik. – T.: O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2015. – 252 b. (25–26, 88-b.).
- Fozilov I.Yu. Jamoat xavfsizligi nazariyasining metodologik asoslari: O'quv qo'llanma. Qayta ishlangan va to'ldirilgan ikkinchi nashri. – T.: O'zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi, 2023. – 161 b. (14–15-b.).
- “Jinoyatchilikka qarshi kurashning jinoiy-huquqiy va kriminologik muammolari” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari (2023-yil 16-oktyabr). – T.: Jamoat xavfsizligi universiteti, 2023. – 607 b. (23–30-b.).
- Mirshayeva N.X. Ayollar tomonidan zo'rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olish masalalari: Yuridik fanlar bo'yicha PhD dissertatsiyasi avtoreferati. – T.: IIV Akademiyasi, 2022. – 48 b. (33–36-b.).
- Ismoilov I. va boshq. Kriminologiya. Maxsus qism: Darslik. – T.: O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2015. – 682 b. (236–239-b.).
- Xo'jaqulov S.B. Huquqbuzarliklar umumiy profilaktikasini takomillashtirish (ichki ishlar organlari faoliyati misolida). – PhD dissertatsiya. – Toshkent, 2018. – B. 93–102, 117–125.
- Saitqulov Q.A. Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar viktimologik profilaktikasi bo'yicha faoliyatini takomillashtirish. – PhD dissertatsiya. – Toshkent, 2020. – B. 25–27, 252–260, 6022–6030.
- Umirzakov B.A. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining kriminologik tavsifi va oldini olishni takomillashtirish. – PhD dissertatsiya. – Toshkent, 2021. – B. 117–125, 141–148.
- Xushvaqtova N.A. Ishni sudga qadar yuritishda jamoatchilik ishtirokini takomillashtirish. – PhD dissertatsiya. – Toshkent, 2023. – B. 113–121, 118–127.
- O'zbekiston Respublikasining Qonuni. “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to'g'risida” (14.05.2014 y., O'RQ–371-son) // O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2014 y., №20, 224-modda.
- Chotbaev M.R. va boshq. Jinoyatlarni kriminologik bashorat qilish: O'quv-uslubiy qo'llanma. – T.: O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2020. – 50 b.
- Maiboroda V.A., Razumovskaya N.P. Sun'iy intellekt yordamida maxsus profilaktika (Специальная превенция с использованием нейросетей) // Ekspert-kriminalist ilmiy jurnali, 2024, №4. – B. 18–20.
APA
Vancouver
Authors
O'zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti