The Outcomes of Systemic Reforms Aimed at Improving New Uzbekistan’s Performance in International Rankings and Indices
Annotation / Abstract
Abstract. In this article, international ratings and indices, their essence and significance, the need to improve the position of countries in international ratings and indices, the state of ratings and indices socio- economic and political-legal aspects of life. In turn, the position of the Republic of Uzbekistan in international ratings and indices and the measures being implemented in this direction will be discussed and analyzed.
Full text
O‘zbekiston Respublikasi uchun ham xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yuksaltirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Mamlakatda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli siyosiy-huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar xalqaro standartlarga mos boshqaruv tizimini shakllantirish, qonun ustuvorligini ta’minlash va fuqarolar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan bo‘lib, ularning natijalari xalqaro reyting va indekslarda ham o‘z aksini topmoqda. Bu jarayon O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi va ijobiy imijini mustahkamlashda, shuningdek, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shu sababli, ushbu maqolada xalqaro reyting va indekslarning mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu yo‘nalishda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning institutsiyaviy va huquqiy asoslari, erishilayotgan natijalar hamda so‘nggi yillarda kuzatilayotgan ijobiy o‘zgarishlarning sabab va omillari atroflicha o‘rganiladi.
Ushbu tadqiqot doirasida o‘rganilgan ilmiy adabiyotlar tahlili ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq xalqaro reyting va indekslardagi O‘zbekiston o‘rni ilmiy nuqtayi nazardan juda kam o‘rganilganligini, bu soha nisbatan yangi ekanligini ko‘rsatmoqda. Shunday bo‘lsa-da, O‘zbekiston uchun ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha ba’zi o‘zbek olimlari va mutaxassislari izlanishlar olib borgan.
References
Foydalanilgan manbalar
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda ushbu sohada parlament nazoratini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 19-iyundagi PF-91-son Farmoni. https://lex.uz/ru/docs/-6975276.
- Oliy Majlis Senatining 2024-yil 16-avgustdagi “O‘zbekiston uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” SQ-963-IV-son qarori. https://lex.uz/docs/-7094864.
- O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining “O‘zbekistonning siyosiy-huquqiy sohaga oid xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilashda ichki ishlar organlari rolini oshirish to‘g‘risida” 2025-yil 26-maydagi 289-son buyrug‘i.
- O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining “O‘zbekistonning siyosiy-huquqiy sohaga oid xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilashda ichki ishlar organlari rolini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 29-sentyabrdagi 570-son buyrug‘i.
- “Huquq ustuvorligi indeksi” (World Justice Project)ning rasmiy veb-sayti. https://worldjusticeproject.org/.
- Institute for Economics & Peace (Xalqaro iqtisodiyot va tinchlik instituti)ning rasmiy veb-sayti. https://www.economicsandpeace.org/.
- “Global Innovation Index”ning rasmiy veb-sayti. https://innovation.gov.uz/info/global-innovatsion-indeks.
- “World Happiness Report” rasmiy veb-sayti. https://worldhappiness.report/.
- Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Global Status Report on Road Safety. https://www.who.int/teams/social-determinants-of-health/safety-and-mobility/global-status-report-on-road-safety-2023.
- Jahon bankining Women, Business and the Law indikatori. https://wbl.worldbank.org/en/wbl.
- Xalqaro telekommunikatsiyalar uyushmasi (ITU)ning Global Cybersecurity Index rasmiy veb-sayti. https://www.itu.int/en/ITU-D/Cybersecurity/pages/global-cybersecurity-index.aspx.
APA
Vancouver
Authors
O'zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti