Improving Youth Crime Prevention Activities in New Uzbekistan: National and International Experience
Annotation / Abstract
Abstract. The article analyzes the characteristics and dynamics of youth crime in the context of advanced digital technologies. The authors reveal a trend of a relative increase in the share of youth in the overall crime structure, despite a general decrease in crime rates. Socio-psychological and digital factors influencing the deviant behavior of young people are examined. The study explores international best practices from countries such as Scandinavia, Hong Kong, and the USA, and puts forward conceptual proposals for national practice, including the implementation of “digital prevention”, “the second chance” program, and the introduction of “Criminology” into the educational system.
Full text
Ming afsuski, tahlillar yoshlar jinoyatchiligi dinamikasida tashvishli tendensiya mavjudligini ko‘rsatadi. 2022–2024-yillar mobaynida 83 902 nafar yoshlar tomonidan 83 501 ta jinoyat sodir etilgan. O‘rganishlarga ko‘ra, 2022-yilda 90 169 nafar jinoyatchining 33,6 foizini (30 278 nafar), 2023-yilda 88 913 nafar jinoyatchining 34,9 foizini (31 006 nafar) va 2024-yilda 59 951 nafar jinoyatchining 37,7 foizini (22 618 nafar) yoshlar tashkil etgan [3]. Bundan xulosa qilish mumkinki, har uchinchi jinoyat sodir etgan shaxs aholining yoshlar toifasiga mansubdir. Mazkur dinamika nisbiy o‘sish tendensiyasini ifodalaydi, ya’ni umumiy jinoyatchilik ko‘rsatkichlari pasaygan sharoitda jinoyat sodir etgan shaxslar orasida yoshlar ulushining ortishi profilaktika siyosatini qayta ko‘rib chiqish, ayniqsa, raqamli texnologiyalar jadal rivojlanayotgan hozirgi sharoitda xavf omillarini aniqlash va bartaraf etishning innovatsion mexanizmlarini joriy etish zarurligini ko‘rsatadi.
2025-yil mobaynida yoshlar tomonidan 13 639 ta jinoyat sodir etilgan. Ushbu jinoyatlarning asosiy salmog‘i o‘g‘rilik – 21,6 foiz (2 943 ta), firibgarlik – 16,1 foiz (2 197 ta) va bezorilik – 7 foiz (950 ta) jinoyatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan [4]. Ushbu tahlillardan kelib chiqib aytish mumkinki, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar huquqiy, ijtimoiy, psixologik hamda raqamli muhit omillarini qamrab olgan holda kompleks yondashuv asosida amalga oshirilishi lozim.
References
Foydalanilgan manbalar
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2026-yil 24-fevral kuni yoshlar bilan muloqotida so‘zlagan nutqi. URL: https://president.uz/uz/lists/view/8967.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarori. URL: https://lex.uz.
- Mamlakatda yoshlar jinoyatchiligiga oid kriminogen vaziyat, omillari va sabablari, bartaraf etishga doir choralar yuzasidan ilmiy-amaliy tahlilnoma. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, 2026. – B. 10–11.
- Jinoyatchilik tendensiyalari va omillari davlat hisobotlari (2025-yil yakuni bo‘yicha): Axborot-tahliliy hujjat. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti, 2025.
- The Danish SSP Model. ResearchGate.
- Hong Kong Police Force – Youth Crime Prevention.
- UNODC – Crime Prevention and Youth.
- Nova Southeastern University – Youth Crime Prevention Research.
- Qurbonov Sh. Ijtimoiy muhit va deviant fe‘l-atvor. – Samarqand, 2021.
- Jamshidov A. Yoshlar va jinoyatchilik: muammolar va yechimlar. – Toshkent, 2022.
APA
Vancouver
Authors
O‘zbekiston Respublikasi IIV
O'zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti