Criminological Activity → Volume 1, Issue 1

Institutional Foundations of Preventing Harassment and Violence Against Women

17.04.2025 Research UZ 🔓 Open Access 👁 4 · 📥 1

Annotation / Abstract

Abstract. The institutional foundations for the prevention of pressure and violence against women have been analyzed. The article thoroughly examines the activities of entities responsible for crime prevention, including the prevention of pressure and violence against women. The author proposes to review the tasks and powers of entities involved in the prevention of pressure and violence against women, expand the range of these entities, and include media outlets, courts, women's rehabilitation centers, and the "Mahalla and Family" scientific research institutes among them.

Full text

“Institutsional” so‘zi ingliz tilida XVII asrda paydo bo‘lib, “tashkilotlar yoki tuzilmalar bilan bog‘liq” yoxud “muassasalar bilan bog‘liq” degan ma’noda ishlatila boshlangan. Ushbu atama, asosan, ijtimoiy, siyosiy yoki iqtisodiy tizimlarning tuzilmalari va ularning faoliyatini ifodalashda qo‘llaniladi.

Demak, “institutsional” so‘zi oddiy qilib aytganda, biror narsaning yoki hodisaning tashkilotlar, tuzilmalar yoki tizimlar bilan bog‘liqligini ifodalash uchun ishlatiladi. Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olishning institutsional asoslariga maxsus qonunlar, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishga yo‘naltirilgan normativ hujjatlar kiradi. Ular nafaqat mamlakat doirasida, balki xalqaro doirada ham ta’sirga ega bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi 1995-yilda Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qilgan. Shundan beri O‘zbekiston BMT qoshidagi Inson huquqlari qo‘mitasiga ushbu Konvensiyada ko‘tarilgan masalalarni amalga oshirish yuzasidan uch marta hisobot bergan.

Inson huquqlari qo‘mitasi har uchala hisobotda ham O‘zbekistonda ayollarning notengligi, patriarxal stereotiplarning mavjudligi hamda ko‘plab ayollar oilada zo‘ravonlik qurboni bo‘layotganini ta’kidlab, hukumatdan ushbu muammolarga qarshi choralar ko‘rishni so‘ragan [2; 52-b.].

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 15 yoshdan oshgan har uchinchi ayol hayoti davomida kamida bir marta bo‘lsa ham jismoniy yoki jinsiy zo‘ravonlikka uchrashi ta’kidlangan [2; 54-b.].

References

Foydalanilgan manbalar

  1. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. – Toshkent: “Akademnashr”, 2020.
  2. Axmedov O.T. Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar bilan huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish faoliyati: Darslik. – B. 52–54.
  3. Xojaqulov C.B. Huquqbuzarliklar umumiy profilaktikasini takomillashtirish (ichki ishlar organlari faoliyati misolida). – T., 2020. – 34-b.
  4. “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonun. https://lex.uz/docs/-2387357?ONDATE=26.01.2022
  5. “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonun. https://lex.uz/mact/2156899
  6. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida. https://www.lex.uz/acts/3107036
  7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori. https://lex.uz/docs/5426644
  8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori. https://lex.uz/docs/-4850317?ONDATE=11.06.2020
  9. Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Sog‘lom sayyorada tinchlik, qadr-qimmat va tenglik” deb nomlangan web sayti. https://www.unwomen.org/en/articles/explainer/the-beijing-declaration-and-platform-for-action-at-30-and-why-that-matters-for-gender-equality
  10. O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi. – T., 2023. – B. 65–66.
  11. “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori. https://yuz.uz/uz/news/
  12. O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarning kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni. https://lex.uz/docs/-4494849
  13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” qarori. https://lex.uz/docs/-3797625
🔍 View online 📥 Download PDF

APA

Maxtumova, Yulduz (2025). Institutional Foundations of Preventing Harassment and Violence Against Women. Criminological Activity, 1(1), 104–111. https://doi.org/

Vancouver

Maxtumova, Yulduz. Institutional Foundations of Preventing Harassment and Violence Against Women. Criminological Activity. 2025;1(1):104-111.