Criminological Activity → Volume 1, Issue 4

Comparative Legal Analysis of the Principles of Punishment Execution in the Penal Systems of Foreign Countries

24.12.2025 Research UZ 🔓 Open Access 👁 9 · 📥 3

Annotation / Abstract

Abstract. This article presents a comparative analysis of the fundamental principles applied in the execution of punishments within the criminal-executive legislation of foreign countries. Based on the legal frameworks of various states, the study examines the similarities and differences of key principles such as legality, humanism, democracy, differentiation and individualization of punishment execution, equality before the law, rational application of coercive measures, and the coherence of punishment with moral correction tools.

Full text

Huquqiy prinsiplar umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllanganligi BMT tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (1948-yil) va Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktda (1966-yil) namoyon bo‘ladi.

Jinoyat-ijroiya huquqi tizimidagi prinsiplar mahkumlarga nisbatan muomala qilish tartibini belgilab, bir qator xalqaro hujjatlar orqali yanada mustahkamlangan.

Jumladan, har qanday shaklda saqlanayotgan shaxslarni himoya qilish prinsiplari to‘plami (BMT, 1989-yil), Qiynoq va inson qadr-qimmatini kamsituvchi jazolash usullariga qarshi deklaratsiya (1984-yil), Qiynoq va shafqatsiz muomala qilishning oldini olish bo‘yicha Yevropa konvensiyasi (1987-yil) va boshqa hujjatlarda o‘z aksini topgan.

Shuningdek, ozodlikdan mahrum etish prinsiplari quyidagi maxsus standartlar orqali ham tartibga solinadi:

  • Qiynoqlarga qarshi konvensiya;
  • Mahkumlarga muomala qilishning minimal standart qoidalari (1955 va 1977);
  • BMTning qo‘lga olingan yoki qamoqqa olingan shaxslar huquqlari to‘g‘risidagi hujjatlari;
  • Yevropa penitensiar qoidalari (2006) va boshqalar [1].

Xorijiy mamlakatlar jinoyat-ijroiya qonunchiligini tahlil qilganda, bir qator davlatlarda jazoni ijro etishda tatbiq etiladigan prinsiplar bir xil ekanligini ko‘rish mumkin.

Jumladan, Rossiya Federatsiyasi, Turkmaniston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi va Belarus Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodekslarida jazoni ijro etishda tatbiq qilinadigan prinsiplar deyarli farq qilmaydi.

Kodekslar normalari (Rossiya Federatsiyasi JIKning 8-moddasi, Belarus Respublikasi JIKning 6-moddasi, Qirg‘iziston Respublikasi JIKning 2-moddasi, Turkmaniston Respublikasi JIKning 3-moddasi) tahlili shuni ko‘rsatadiki, mazkur mamlakatlarda jazoni ijro etish faoliyati quyidagi umumiy prinsiplar asosida amalga oshiriladi:

  • qonuniylik;
  • insonparvarlik;
  • demokratizm;
  • jazoni ijro etishda differensiatsiya va individuallashtirishga rioya etish;
  • majburlov vositalarini oqilona qo‘llash;
  • mahkumlarning qonunga itoatkor xulq-atvorini rag‘batlantirish;
  • qonun oldida tenglik;
  • jazoning axloq tuzatish vositalari bilan uyg‘unligi prinsiplari.

References

Foydalanilgan manbalar

  1. Дмитраков Ю.В. Система международных стандартов в сфере исполнения наказаний как источники принципов исполнения лишения свободы. – Москва, 2011. – С. 84–87.
  2. Уголовно-исполнительный кодекс Республики Казахстан. – 5 июля 2014 года № 234-V ЗРК. – Статья 5.
  3. Article 3 Act on Penal Detention Facilities and Treatment of Inmates and Detainees of Japan.
  4. Le code de procedure France. Article 38, 129, 287.
  5. Уголовный кодекс Швейцарии от 1937 г. (по состоянию на 2020 г.), Швейцария. – С. 2–8.
  6. http://www.pravo.lv / Кодекс Латвии об исполнении наказаний. Статья 119.
🔍 View online 📥 Download PDF

APA

Rixsimov, Komron (2025). Comparative Legal Analysis of the Principles of Punishment Execution in the Penal Systems of Foreign Countries. Criminological Activity, 1(4), 134–137. https://doi.org/

Vancouver

Rixsimov, Komron. Comparative Legal Analysis of the Principles of Punishment Execution in the Penal Systems of Foreign Countries. Criminological Activity. 2025;1(4):134-137.