Criminological Activity → Volume 1, Issue 1

Criminological Problems of Ensuring Safe Tourism

27.12.2024 Research UZ 🔓 Open Access 👁 4 · 📥 1

Annotation / Abstract

Abstract. This article is dedicated to the criminological issues of ensuring safety in the tourism industry. It highlights the need for security to enable sustainable tourism development and emphasizes safety as a critical factor in the development of tourism infrastructure. The article analyzes various forms ofcrime in tourism, theircauses, and preventive measures.

Full text

Turizm va xavfsizlik o‘zaro bog‘liq va bir-birini to‘ldiruvchi hodisalar sifatida qayd etiladi.

Jahon turizm tashkiloti tomonidan 2001-yil 27-sentyabrda qabul qilingan “Tinchlik va turizm” Seul deklaratsiyasida turistlarning xavfsizligi va himoyasi Jahon turizm tashkiloti a’zosi bo‘lgan har bir mamlakatda ustuvor vazifa bo‘lishi kerakligi qayd etilgan [10].

O‘zbek tilining izohli lug‘atida “xavfsizlik — xavf-xatarning yo‘qligi; xavf bo‘lmagan holat” [7] sifatida ta’riflangan bo‘lsa, rus tili izohli lug‘atida “xavfsiz” atamasi “xavf tug‘dirmaydigan, tahdiddan xoli” degan ma’noni bildiradi [2].

Rossiya Federatsiyasining “Turistik faoliyatning asoslari to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra, turizm xavfsizligi — bu turistlar va ularning mol-mulki xavfsizligini ta’minlash, sayohatlar vaqtida atrof-muhitga, jamiyatning moddiy va ma’naviy boyliklariga hamda davlat xavfsizligiga zarar yetkazmaslikni o‘z ichiga oladi [11].

Bu norma nafaqat turistlarning shaxsiy xavfsizligini, balki ularning atrofidagi muhitni va jamiyatning umumiy manfaatlarini ham himoya qilishni nazarda tutadi.

Qirg‘iziston Respublikasi qonunida “Xavfsiz turizm deganda, sayohat vaqtida turistlarning shaxsiy xavfsizligi va ularning mol-mulki xavfsizligi tushuniladi” [3].

Bu yerda turistlarning shaxsiy xavfsizligi va mol-mulki himoyasiga urg‘u berilgan bo‘lib, atrof-muhit va davlat xavfsizligiga uncha e’tibor qaratilmagan.

Belarus Respublikasining qonunida ham “turizm sohasida xavfsizlik” tushunchasi turistlar va ekskursiyachilarning hayoti, sog‘lig‘i va mulki saqlanishini, turistik sayohatlar davomida atrof-muhitga ziyon yetkazmaslikni, ishtirokchilar va turizm faoliyati subyektlarini axborot bilan ta’minlashni hamda ishtirokchilarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni anglatadi [4].

Belarus Respublikasida xavfsiz turizmni ta’minlash ko‘p qirrali yondashuvni ko‘zda tutgan.

References

Foydalanilgan manbalar

  1. Большой толковый словарь русского языка. - СПб., 1998. - С. 67.
  2. Дулов А.Н., Дюхова К.А., Юрчак Д.В. История путешествий и туризма: Монография. - Витебск: УО ВГУ им. П.М. Машерова, 2011. - С. 50.
  3. Закон Кыргызской Республики от 25 марта 1999 года № 34 О туризме // http://cbd.minjust.gov.kg/act/view/ru-ru/201
  4. Закон Республики Беларус от 11.11.2021 г. № 129-З «О туризме» - Pravo.by
  5. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 12.10.2021-y, 03/21/721/0952-son; 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son; 29.11.2023-y, 03/23/880/0905-son; 14.05.2024-y., 03/24/926/0344-son
  6. Официальный сайт Всемирной туристской организации ООН. URL: http://www.unwto.or
  7. O'zbek tilining izohli lug'ati // ziyouz.com.
  8. Писаревский Е.Л. Административно-правовое обеспечение безопасности туризма в Российской Федерации: Дис. ... д-ра юрид. наук. - М., 2011. - 496 с.
  9. Писаревский Е.Л. Актуальные вопросы совершенствования законодательства в области обеспечения личной безопасности туристов // Вестник СПбГУ, 2011. - Сер. 14. - Вып. 1. - С.31-42
  10. Сеульская декларация «Мир и туризм». Официальный сайт Всемирной туристской организации ООН. URL: http://www.unwto.or
  11. Статья 14. Обеспечение безопасности туризма / Консультант Плюс (consultant.ru)
  12. Tursunova S.R. Xavfsiz turizmni ta’minlashning ma’muriy-huquqiy choralarini takomillashtirish: Yurid. fan. fal. d-ri (PhD)... dis. - Toshkent, 2023. - 165 b.
  13. O‘zbekiston turizmni faol rivojlantirayotgan mamlakatlar reytingida birinchi o'rinni egalladi (batafsil.uz)
  14. https://daryo.uz/kZPGaLH73y
  15. Шаруева M.В. Правовое обеспечение безопасности туризма по российскому законодательству: Автореф. дис. ... канд. юрид. наук. - М., 2010. - С. 17-18.
🔍 View online 📥 Download PDF

APA

Gulyamov, Qahramon (2024). Criminological Problems of Ensuring Safe Tourism. Criminological Activity, 1(1), 109–112. https://doi.org/

Vancouver

Gulyamov, Qahramon. Criminological Problems of Ensuring Safe Tourism. Criminological Activity. 2024;1(1):109-112.