Causes and Conditions of Crimes Against the Sexual Freedom of Minors: A Criminological Analysis
Annotation / Abstract
Abstract: The article is dedicated to exploring one of the pressing social issues related to crimes against the sexual freedom of minors. Violating their sexual freedom is not only a serious criminal offense but also a significant social problem that demands attention from all governmental and societal institutions. The article provides a detailed criminological analysis of the causes and conditions that contribute to such crimes
Full text
Jinoyatchilik sabablari va jinoyatlar sodir etilishiga yordam beradigan sharoitlar muammosi kriminologiyadagi asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Darhaqiqat, avvalo sabablar va sharoitlar paydo bo‘ladi, keyin jinoyatlar sodir etiladi, jinoyat sodir etgan shaxsning shaxsiyati shakllanadi va profilaktika hamda kurash choralarini qo‘llash zarurati tug‘iladi. Bularning barchasi kriminologiyaning tadqiqot sohasiga kiradi.
V.N. Kudryavsev va V.Ye. Eminovning fikrlariga ko‘ra, kriminologiyada jinoyatchilik sabablari jamiyat hayotidagi hodisalar sifatida tushuniladi. Ular nafaqat jinoyatchilikni keltirib chiqaradi, balki uning mavjudligini qo‘llab-quvvatlaydi, o‘sishi yoki kamayishiga ham olib keladi.
Shuningdek, jinoyat sodir etilishiga yordam beradigan sharoitlar ham ajratib ko‘rsatiladi. Bu sharoitlar tabiiy, ijtimoiy va texnik omillar bo‘lib, ular o‘zlari jinoyatni keltirib chiqarmaydi, biroq uning amalga oshishiga yordam beradi [5].
Jinsiy jinoyatlar sodir etilishiga sabab bo‘luvchi omillar va shart-sharoitlarni tahlil qilishdan oldin, jinoyatchilik sabablarini o‘rganishda ilmiy yondashuvlarni ajratish maqsadga muvofiqdir.
Kriminolog olimlar jinoyatchilik sabablarini aniqlashda to‘rtta asosiy yondashuvni ilgari suradilar.
Birinchi yondashuv “konditsionalistik” (shartli) deb ataladi. Unda jinoyat sababi sifatida ma’lum bir natijani keltirib chiqaruvchi zarur va yetarli sharoitlar yoki natija yuzaga kelgan holatlar majmuasi tushuniladi [6]. Bu yondashuvda jinoyatchilikka ta’sir etuvchi omillar yoki sharoitlar sabab sifatida emas, balki shartlar yoki ta’sir qiluvchi omillar sifatida qaraladi.
References
Foydalanilgan manbalar
- Алиева Е.А. Уголовно-правовой и криминологический аспекты развратных действий: Автореф. дис. ... канд. юрид. наук. – Москва, 2021. – С. 24. // https://www.dissercat.com/content/ugolovno-pravovoi-i-kriminologicheskii-aspekty-razvratnykh-deistvii
- Беляев Н.А. Методологические основы изучения причин преступности // Тезисы докладов и сообщений на межвузовской конференции по теоретическим и методологическим проблемам правовой науки. – Кишинев, 1965. – С. 200–201.
- Горбачев М.А. Сексуальная преступность в России: криминологическое исследование: Дис. ... канд. юрид. наук. – Москва, 2015. – С. 174.
- Егошина Г.А. Сексуальные посягательства на малолетних и несовершеннолетних и их предупреждение (уголовно-правовое и криминологическое исследование по материалам Республики Марий Эл): Дис. ... канд. юрид. наук. – Йошкар-Ола, 1999. – С. 213.
- Криминология: Учебник для вузов / под ред. В.Н. Кудрявцева и В.Е. Эминова. – Москва: Инфра-М, 2010. – С. 108.
- Криминология: Учебник для вузов / под общ. ред. д.ю.н., проф. А.И. Долговой. 3-е изд., перераб. и доп. – Москва: Норма, 2007. – С. 252.
- Кулаков А.В. Уголовно-правовой и криминологический аспекты насильственных действий сексуального характера: Дис. ... канд. юрид. наук. – Рязань, 2004. – С. 216. // https://www.dissercat.com/content/ugolovno-pravovoi-i-kriminologicheskii-aspekty-nasilstvennykh-deistvii-seksualnogo-kharakter
- Старович З. Указ. соч. – С. 93; Антонян Ю.М., Ткаченко А.А. Сексуальные преступления. Чикатило и другие. – Москва: Фирма «Амальтея», 1993. – С. 93–97; Мани Д. Судебная сексология: серийные изнасилования и сладострастные убийства // Сексуальные преступники. – Москва: НИИ МВД Российской Федерации, 1992. – С. 15.
- Затона Р.Е. Субъективные обстоятельства, способствующие совершению половых преступлений: криминолого-психологический анализ // Прикладная психология. – 2002. – № 3. – С. 85.
APA
Vancouver
Authors
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti