Criminological Activity → Volume 1, Issue 1

Criminological Classification of the Offender Who Has Committed a Crime Against the Sexual Inviolability of Minors

17.04.2025 Research UZ 🔓 Open Access 👁 4 · 📥 1

Annotation / Abstract

Abstract. This article develops a criminological classification of the criminal personality of a person who commits crimes against the sexual integrity of minors, factors that create the conditions for the crime, and a portrait of a criminal who violates sexual integrity, and analyzes national and foreign experiences in combating the crime of sexual intercourse with a person under the age of 16.

Full text

Yosh bolalarning jinsiy daxlsizligiga qarshi jinoyat sodir etgan shaxs deganda, albatta, hayolimizda “pedofil” tipi namoyon bo‘ladi.

Pedofiliya – kattalar yoki o‘smirlarning balog‘atga yetmagan bolalarga nisbatan asosiy yoki eksklyuziv jinsiy moyillikni boshdan kechiruvchi psixiatrik buzilish sifatida tavsiflanadi. Qizlarda balog‘atga yetish jarayoni, odatda, 10 yoki 11 yoshda, o‘g‘il bolalarda esa 11 yoki 12 yoshda boshlansa-da [3], pedofiliya mezonlarida balog‘atga yetishning chegaralanish nuqtasi 13 yoshgacha uzaytiriladi. “Pedofiliyaga moyil” (pedofil) deb atalishi uchun shaxs kamida 16 yoshda bo‘lishi va balog‘atga yetmagan boladan kamida besh yosh katta bo‘lishi kerak.

“Pedofiliya” psixiatrik kasallik bo‘lib, uni davolash murakkab hisoblanadi. Davolash jarayoni, odatda, mutaxassislar nazorati ostida uzoq muddatli psixoterapiya va boshqa klinik yondashuvlarni talab qiladi. Amaliyotda bunday shaxslar ko‘pincha ota-ona nazoratisiz qolgan yoki himoyasiz bolalarni nishonga olishi kuzatiladi.

Jinsiy zo‘ravonlikka moyil ayrim shaxslar o‘z tengdoshlari bilan sog‘lom ijtimoiy munosabatlar o‘rnata olmaydigan, muloqotda qiyinchiliklarga duch keladigan yoki o‘z xohish-istaklarini erkin ifoda eta olmaydigan insonlar bo‘lishi mumkin. Shu sababli ular o‘zidan jismonan yoki ruhiy jihatdan zaifroq bo‘lgan bolalarni nishonga olishga urinadilar. Tadqiqotlarda bunday og‘ishlarning shakllanishida oiladagi nosog‘lom muhit, bolalikdagi zo‘ravonlik tajribasi hamda ayrim nevrologik omillar muhim xavf omillari sifatida qayd etilgan. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, pedofil shaxslarning aksariyati erkaklardir.

Pedofil shaxslar shartli ravishda uch toifaga ajratiladi: birinchisi, boshidanoq jinsiy qiziqishi balog‘atga yetmagan bolalarga qaratilgan shaxslar; ikkinchisi, dastlab kattalarga jinsiy moyillik bildirgan, biroq keyinchalik turli omillar ta’sirida qiziqishini bolalarga yo‘naltirgan shaxslar; uchinchisi esa o‘zining yoki boshqa oilalarning voyaga yetmagan farzandlariga nisbatan jinsiy tajovuz sodir etishga moyillik ko‘rsatadigan shaxslardir.

References

Foydalanilgan manbalar

  1. Ismolova G. Oila ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlovchi omil sifatida // Ijtimoiy fikr. – 2013. – №1 (61). – B. 134.
  2. Shoumarov G‘.B. Oila va muhabbat. – T., 1996. – B. 6.
  3. Kail R.V. Human Development: A Lifespan View. 5th ed. – Cengage Learning, 2010. – 296 p. ISBN: 978-0495600374.
  4. https://xabar.uz/tahlil/yana-pedofiliya-bunday-odamlar-tuzaladimi
  5. Ismoilov N.T. Voyaga yetmaganlar jinoyatlarini individual oldini olish muammolari: Yurid. fan. nomz. ... dis. – T., 2007. – B. 73.
  6. Otajonov A.A. Jinoyatga daxldorlik: jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlar: Yurid. fan. nomz. ... dis. – T., 2009. – B. 90.
  7. Taxirov F. O‘zbekiston Respublikasi qonuni bo‘yicha jinsiy jinoyatlar uchun javobgarlik muammolari: Yurid. fan. d-ri ... dis. – T., 2007. – B. 99.
  8. Kriminologiya. Umumiy qism: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / Mualliflar jamoasi. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2023. – B. 189.
  9. Umirzakov B.A. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining kriminologik tavsifi va oldini olishni takomillashtirish: Yurid. fan. d-ri (PhD) ... dis. – T., 2019. – B. 48.
  10. Kriminologiya. Umumiy qism: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / Mualliflar jamoasi. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2023. – B. 205.
  11. Жигаров Е.С., Петухов В.И. Философия. Криминология. – М.: Олма-Пресс, 2006. – С. 562.
🔍 View online 📥 Download PDF

APA

Jumaniyozov, Nodirbek (2025). Criminological Classification of the Offender Who Has Committed a Crime Against the Sexual Inviolability of Minors. Criminological Activity, 1(1), 133–137. https://doi.org/

Vancouver

Jumaniyozov, Nodirbek. Criminological Classification of the Offender Who Has Committed a Crime Against the Sexual Inviolability of Minors. Criminological Activity. 2025;1(1):133-137.