Criminological Activity → Volume 1, Issue 1

The Structure, Dynamics, and Prevention Problems of Juvenile Delinquency (Based on the Example of Fergana Region)

27.03.2026 Research UZ 🔓 Open Access 👁 4 · 📥 2

Annotation / Abstract

Abstract. This article examines the structure, dynamics, and prevention issues of juvenile delinquency in the Fergana region based on a criminological analysis. The study analyzes crime indicators in territorial and social dimensions and identifies their structural characteristics. Although an overall statistical decrease has been observed, growth rates remain in certain districts. It has been determined that the majority of offenders are school-aged juveniles.

Full text

Ushbu jinoyatchilikni yanada chuqurroq o‘rganish maqsadida kriminolog olim S. P. Kozlov voyaga yetmagan qizlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlar masalasini alohida ko‘rib chiqadi va gender omilining ahamiyatini asoslab beradi [6; 58–66-b.]. Tadqiqotchi jinsiy xususiyatlarni inobatga olgan holda jinoyatchilik sabablarini tahlil qilib, voyaga yetmagan qizlar jinoyatchiligi ko‘proq oilaviy nizolar, ijtimoiy himoyasizlik va psixologik moslashuv muammolari bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi. Jinoyatchilik tuzilishini jins kesimida o‘rganish zarurligini ta’kidlaydi va profilaktika choralarini differensial yondashuv asosida ishlab chiqish lozimligini asoslaydi.

Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini muayyan hudud materiallari asosida o‘rgangan tadqiqotchi L. S. Golubnichaya ushbu yo‘nalishdagi tadqiqot ishida jinoyatchilikning tuzilishi va dinamikasini ijtimoiy-iqtisodiy sharoit, migratsiya jarayonlari hamda urbanizatsiya darajasi bilan bog‘liq holda tahlil qiladi [7; 101–109-b.]. Shu bilan birga, jinoyatchilik ko‘rsatkichlarini hududiy xususiyatlardan ajratib o‘rganish mumkin emasligini asoslab, profilaktika samaradorligi aynan mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda baholanishi lozimligini ko‘rsatadi.

Mamlakatimizda kriminologiya fanini rivojlantirish va jinoyatchilikni ilmiy asosda o‘rganishda Q. R. Abdurasulova, S. S. Niyozova, N. S. Salayev tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ular jinoyatchilikni aniqlash, uning darajasi, tuzilishi va dinamikasini baholash, statistik ko‘rsatkichlar asosida tahlil qilish hamda jinoyatlarni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash masalalarini chuqur o‘rganganlar [9; 10].

Xususan, jinoyatchilikni aniqlash jarayonida kriminologik tahlil metodlari, ko‘rsatkichlar tizimi va ularni baholash mezonlari asoslab berilib, jinoyatni individual hodisa emas, balki ijtimoiy jarayon sifatida o‘rganish zarurligi ta’kidlanadi. Professor Q. Abdurasulova jinoyatchilik sabablarini ijtimoiy muhit, shaxs omili va huquqiy nazorat mexanizmlari bilan bog‘liq holda tahlil qilib, profilaktika choralarini ishlab chiqishda ilmiy asoslangan yondashuv muhimligini ta’kidlaydi [10; 94–102-b.].

References

Foydalanilgan manbalar

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-110-son qarori. Toshkent, 2025.
  2. O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ-406-son qonuni. Toshkent, 2016.
  3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 490-son qarori. Toshkent, 2021.
  4. Куринова Я. И. Современная преступность несовершеннолетних: криминологическая характеристика и предупреждение. Москва: Юрлитинформ, 2011. 176 с.
  5. Огай С. Г. Современное состояние преступности несовершеннолетних и организация ее профилактики. Москва: Норма, 2003. 160 с.
  6. Козлов С. П. Проблемы предупреждения преступлений несовершеннолетних женского пола. Санкт-Петербург: Юридический центр Пресс, 2010. 192 с.
  7. Голубничая Л. С. Преступность несовершеннолетних: криминологическая характеристика и проблемы предупреждения. Хабаровск: ДВЮИ МВД России, 2011. 210 с.
  8. Niyozova S. S., Salayev N. S. Kriminologiya (umumiy qism). Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2023. 232 b.
  9. Abdurasulova Q. R. Kriminologiya asoslari. Toshkent: TDYU nashriyoti, 2020. 284 b.
  10. Shaw C. R., McKay H. D. Juvenile Delinquency and Urban Areas. Chicago: University of Chicago Press, 1942. 446 p.
  11. Wolfgang M. E., Figlio R. M., Sellin T. Delinquency in a Birth Cohort. Chicago: University of Chicago Press, 1972. 327 p.
  12. Moffitt T. E. Adolescence-Limited and Life-Course-Persistent Antisocial Behavior: A Developmental Taxonomy // Psychological Review. 1993. Vol. 100. No. 4. P. 674–701.
🔍 View online 📥 Download PDF

APA

Abdumalikov, Alisher (2026). The Structure, Dynamics, and Prevention Problems of Juvenile Delinquency (Based on the Example of Fergana Region). Criminological Activity, 1(1), 158–161. https://doi.org/

Vancouver

Abdumalikov, Alisher. The Structure, Dynamics, and Prevention Problems of Juvenile Delinquency (Based on the Example of Fergana Region). Criminological Activity. 2026;1(1):158-161.