Criminological Analysis of Juvenile Delinquency
Annotation / Abstract
Abstract. This article analyzes the statistical analysis of crimes committed by minors, their criminological aspects, the role of inspector-psychologists in the prevention of crimes committed by minors (juveniles), their powers, scientific views on this matter, and international experience. In addition, the article contains suggestions for improving the powers of inspector-psychologists in the prevention of crimes committed by minors (juveniles).
Full text
Bolalarning jismoniy, intellektual, ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ko‘maklashish; bola huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi kadrlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash; bolalarda vatanparvarlik, fuqarolik, bag‘rikenglik va tinchliksevarlik tuyg‘ularini tarbiyalash; bolani O‘zbekiston xalqining tarixiy va milliy an’analari, ma’naviy qadriyatlari hamda jahon madaniyati yutuqlari bilan tanishtirish; bolaning shaxsini, uning ilmiy, texnikaviy va badiiy ijodkorligini rivojlantirish; bolalar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash; bolada huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish; bola huquqlarini ta’minlash maqsadida davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida hamkorlik qilish; bola huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish; bolalarning ijtimoiy ko‘nikmasini rivojlantirish hamda voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarni kamaytirishga ko‘maklashish.
Voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar faoliyati obyektlarini qiyosiy tahlil qilib, quyidagicha xulosa qilish mumkin. Voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar faoliyatining obyektlari ko‘lami kengligi sababli, ularni shartli ravishda quyidagicha tasniflagan holda tadqiq qilish maqsadga muvofiq:
- a) jinoyat yoki huquqbuzarlik sodir etgan yoxud sodir etishga moyil bo‘lgan voyaga yetmaganlar;
- b) voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoyat yoki huquqbuzarlik sodir etilgan yoxud sodir etilishi mumkin bo‘lgan joylar (ta’lim muassasalari — bog‘cha, maktab, texnikumlar, mehribonlik uylari, xonadonlar, jamoat joylari, jumladan ko‘chalar, internet klublari, kafe va barlar, qarovsiz qoldirilgan joylar va boshqalar);
- v) voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoyat yoki huquqbuzarlik sodir etgan yoxud sodir etishi mumkin bo‘lgan shaxslar (voyaga yetmagan shaxs bilan birga yashovchilar — ota-onasi, bobo-buvisi, qonuniy vakili, vasiy yoki homiysi; ular bilan yaqin muloqotda bo‘luvchi axloqan buzuq shaxslar — jinoyat yoki huquqbuzarlik sodir etishga jalb etuvchi shaxslar; ularga nisbatan jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar — pedofillar, giyohvandlar, fohishalar va boshqalar).
References
Foydalanilgan manbalar
- Кетле А. Человек и развитие его способностей. – Санкт-Петербург, 1865. – С. 8.
- Ramazonova N.A. Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilish uslubiyoti: Yurid. fan. d-ri ... dis. avtoref. – Toshkent, 2020. – B. 17.
- Самиулина Я.В. Личность несовершеннолетней преступницы и воздействие на нее: Автореф. дис. ... канд. юрид. наук. – Тамбов, 2009. – С. 11.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlari // https://stat.uz/uz/?preview=1&option=com_dropfiles&format=&task=frontfile.download&catid=424&id=3116
- Kun.uz. “Voyaga yetmaganlar eng ko‘p jinoyat sodir etgan hudud ma’lum qilindi” // https://kun.uz/kr/news/2024/02/27/voyaga-yetmaganlar-eng-kop-jinoyat-sodir-etgan-hudud-malum-qilindi
- Kun.uz. “Samarqandda eriga jahl qilib bolasini azoblagan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi” // https://kun.uz/kr/news/2024/06/06/samarqandda-eriga-jahl-qilib-bolasini-azoblagan-ayolga-jinoyat-ishi-qozgatildi
- Kun.uz. “Kattaqo‘rg‘onda bolalarini qiynagan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi” // https://kun.uz/kr/news/2023/03/18/kattaqorgonda-bolalarini-qiynagan-ayolga-jinoyat-ishi-qozgatildi
APA
Vancouver
Authors
O'zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti