Criminological Aspects of Protecting the Rights and Interests of Minors
Annotation / Abstract
Abstract: This article is dedicated to the issues of criminal law protection of the rights and interests of minors. Emphasis is placed on the prevention of crimes against minors and their protection. The main causes of crimes committed against minors and the socio-economic factors contributing to them are analyzed. Additionally, the legal protection of minors in legislation is discussed.
Full text
Kriminologiya nuqtayi nazaridan bunday jinoyatlarning xususiyati, sabablari va oqibatlarini chuqur o‘rganish jinoyatlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ilmiy tadqiqotlar shunga ishora qiladiki, voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etilgan jinoyatlarning aksariyati psixologik, iqtisodiy yoki ijtimoiy omillar bilan bog‘liq. Bu yerda, ayniqsa, jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlik, oilaviy muammolar, ta’lim va tarbiya sohasidagi kamchiliklar ham muhim omil sifatida ko‘rib chiqilishi lozim.
Shuningdek, jinoyatchilarning aksariyati yoshlarga ta’sir o‘tkazish uchun majburlov, tahdid yoki aldash kabi usullardan foydalanadi, bu esa ularning jinoyat qurboni bo‘lish ehtimolini oshiradi. “Huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkoniyat yaratuvchi sabablar va omillar har qanday kriminologik tadqiqotda u yoki bu tarzda ko‘rib chiqiladi, chunki u kriminologiyaning muhim muammolaridan biridir. Uni ilmiy o‘rganish nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga ham ega” [1].
Chunki huquqbuzarlikka olib keluvchi omillarni aniqlash orqali profilaktika ishlari samaraliroq amalga oshiriladi. Shu bois bu muammolarga e’tibor qaratish jinoyatchilikka qarshi kurash strategiyasining ajralmas qismi bo‘lishi zarur.
Jinoyatchilik sabablari va unga imkon bergan shart-sharoitlar ijtimoiy, ya’ni maishiy turmush bilan bog‘liq bo‘lib, umumiy jinoyatchilikning sabablari va sharoitlari (umumiy sabablar), jinoyatlarning alohida turlari va guruhlari sabablari va sharoitlari (shaxsga qarshi jinoyatlar) hamda konkret jinoyatlarning sabablari va sharoitlari (voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish) sifatida o‘rganilishi zarur.
Darhaqiqat, jinoyatchilikka olib keladigan omillar nafaqat ijtimoiy va turmush sharoiti bilan chegaralanadi, balki ular shaxsiy psixologik xususiyatlar, ta’lim darajasi, huquqiy madaniyat va iqtisodiy vaziyatlar bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.
References
Foydalanilgan manbalar
- Abdurasulova Q.R. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining kriminologik tavsifi // “Yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi ilmiy-nazariy konferensiya materiallari. — Toshkent: TDYUI, 2008. — B. 112.
- Abdurasulova Q.R. Kriminologiya: Darslik. — Toshkent: TDYUU, 2008. — B. 234.
- Ahrorov B. Voyaga yetmaganlarni jinoiy faoliyatga jalb qilishning oldini olish va jinoiy-huquqiy kurash choralari // Qonun himoyasida. — 2001. — №1. — B. 24.
- Gollandiya Jinoyat kodeksi. http://lawlibrary.ru/izdanie38912.html
- Kriminologiya: Учебник для юрид. вузов / Под общей ред. А.И. Долговой. — М., 1997. — С. 180.
- Корнеева А.В. Понятие и признаки преступления. Уголовное право Российской Федерации. Общая часть. — М.: Юристь, 2001. — С. 152.
- Saidov A. Yoshlar, demokratik islohotlar va ertangi kun // Ijtimoiy fikr. — 2008. — №1 (41). — B. 8.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. — 2017-y., 6-son, 70-modda.
- Fransiya Jinoyat kodeksi. https://constitutions.ru/?p=25017
APA
Vancouver
Authors
O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universtiteti