Criminal Law Characteristics of Extortion and Fraud Offences and the Criteria for Their Differentiation
Annotation / Abstract
Abstract. The article analyzes the legal foundations of the institution of extradition for criminal prosecution or execution of a sentence. It examines the provisions of the Constitution, the Criminal and Criminal Procedure Codes of Uzbekistan, the Minsk and Chisinau Conventions, as well as the practice of bilateral treaties. The study highlights problems such as contradictions in legislation and the absence of a special extradition law. The author scientifically substantiates the need to harmonize national and international norms and puts forward practical recommendations for improving this institution.
Full text
Yangi Oʻzbekistonda tovlamachilik va firibgarlik jinoyatlarining oldini olish, ularni aniqlash, fosh etish hamda javobgarlikning muqarrarligini taʼminlash, shuningdek, qonunchilik tizimini tubdan isloh qilish va uni xalqaro standartlarga moslashtirishga alohida ahamiyat berilmoqda.
Shu bois jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklarning sodir etilishiga sabab boʻlgan shart-sharoitlarni oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etishning samarali tizimini yaratish maqsadida “Huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish”, shuningdek, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida “Milliy axborot maydonida qonunchilikka rioya etilishini taʼminlash, axborotdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish, milliy internet makonida kiberxavfsizlikni taʼminlash...” kabi ustuvor vazifalar belgilangan. Shu bois tovlamachilik va firibgarlikning oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va takomillashtirish, sohaga zamonaviy mexanizmlarni, ilgʻor ish usullari va shakllarini joriy etish hamda mazkur yoʻnalishda hamkorlik samaradorligini oshirish dolzarb masalalardan biri boʻlib qolmoqda.
Qiyosiy tahlil qilinayotgan tovlamachilik va firibgarlik jinoyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining “Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar” deb nomlangan boʻlimining “Oʻzgalar mulkini talon-toroj qilish” nomli bobida tegishli ketma-ketlikda nazarda tutilgan [3]. Ushbu ikki jinoyat tashqi koʻrinishidan oʻxshash boʻlsa-da, ular tarkibi, sodir etilish usuli, obyektiv va subyektiv belgilari hamda ijtimoiy xavflilik darajasi jihatidan bir-biridan farq qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasida nazarda tutilgan “tovlamachilik” tushunchasi oʻzbek tilining izohli lugʻatida quyidagicha izohlanadi: a) tovlamachi — kishilarni aldab, laqillatib yoki qoʻrqitib kun kechiruvchi firibgar; b) tovlamachilik — aldash, laqillatish yoki qoʻrqitish yoʻli bilan shaxsning mol-mulki yoki pulini egallab olish, undan foydalanish, firibgarlik; v) tovlamoq — aldab, laqillatib yoki qoʻrqitib biror narsasini yoki pulini tortib olmoq, yulib olmoq, firib bermoq maʼnolarida qoʻllaniladi [4].
References
Foydalanilgan manbalar
- Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Toshkent: Oʻzbekiston, 2023. – 65-modda.
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2018-yil 27-iyul kuni jinoyatchilikning oldini olish, davlat idoralari va jamiyatning bu boradagi masʼuliyatini oshirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida soʻzlagan nutqi.
- Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. – Toshkent: Adolat, 1995. – 165, 168-moddalar.
- Oʻzbek tilining izohli lugʻati. // www.ziyouz.com kutubxonasi.
- Oʻzbek tilining izohli lugʻati. // www.ziyouz.com kutubxonasi.
- Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. – Toshkent: Adolat, 1995. – 165-modda.
- Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. – Toshkent: Adolat, 1995. – 168-modda.
- Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. – Toshkent: Adolat, 1995. – 165, 168-moddalar.
- Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. – Toshkent: Adolat, 1995. – 165-modda.
- Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. – Toshkent: Adolat, 1995. – 15-modda.
- Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. – Toshkent: Adolat, 1995. – 168-modda.
APA
Vancouver
Authors
O'zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti