Causes of Crimes in the Field of Foreign Economic Activity, Contributing Conditions, and Prevention Measures
Annotation / Abstract
Abstract: The article analyzes the concept ofcrimes in the field of foreign economic activity, the basis of crimes in this area, as well as other economic crimes, encroachment on the economic security of the country, the causes of crimes in this area, the conditions that contributed to the commission of these crimes. Also, the author, taking into account the specifics of crimes in this area, gives scientific suggestions and comments.
Full text
Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi jinoyatlar sodir etilishini belgilovchi ma’naviy-axloqiy omillar (sabab) tizimi turlicha.
Birinchidan, ayrim TIF subyektlarining bojxona sohasida yetarli bilimlarga ega emasligi. Bunday sharoitda qonunga xilof yo‘llar bilan bo‘lsa ham yengil yo‘l bilan pul topib, boylik orttirishga intilish kuchayadi, fuqarolarning huquqiy ongi, madaniyati va xulq-atvori kriminogen vaziyat ta’siri ostida qoladi.
Ikkinchidan, TIF subyektlari orasida huquqiy nigilizmning tarqalganligi tufayli ayrim fuqarolar qonunlarda, jumladan Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan soliq yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash kabi burchlarini bajarmaydilar. Huquqiy nigilizm nafaqat konstitutsiyaviy burchni bajarmaslik, balki mamlakatda o‘rnatilgan soliq va bojxona qonunchiligini rad etishda ham namoyon bo‘ladi.
Ayrim tadqiqotchilarning qayd etishicha, soliq sohasidagi jinoyatlarni sodir etishning asosiy sabablaridan biri shaxsdagi ijtimoiy-axloqiy belgilarga bog‘liqdir. Bunda shaxs mamlakatda amal qilayotgan qonunlarni hurmat qilmaydi va unga rioya qilmaslik oqibatida soliq yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaydi [5].
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Ta’kidlash lozimki, 2024-yil 18-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2024–2025-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 588-son qarori qabul qilinib, u bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi 2024–2025-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi:
- shaxs, davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarida aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish;
- jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy targ‘ibotning innovatsion usullarini joriy qilish;
- aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish;
- huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini tadqiq etish [6].
References
Foydalanilgan manbalar
- Abdurasulova Q.R. Kriminologiya: Darslik / Mas’ul muharrir M.X. Rustambayev. — T.: Adolat, 2007. — B. 207.
- Achilov A.T. Tashqi iqtisodiy faoliyatni jinoiy-huquqiy muhofaza qilishni takomillashtirish: Monografiya. — T., 2023. — 213 b.
- Achilov A.T., Sheraliyev B.Y. Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi jinoyatlarni oldini olish, fosh etish va ular bo‘yicha bojxona tekshiruvlarini o‘tkazish uslubiyati: O‘quv-uslubiy qo‘llanma. — T., 2015.
- James Alm. Measuring, Explaining, and Controlling Tax Evasion: Lessons from Theory, Experiments, and Field Studies // Working Paper No. 1213. July, 2012.
- Franzoni Luigi Alberto. Tax Evasion and Tax Compliance. University of Bologna, Italy, 1999.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-sentyabrdagi 588-sonli qarori. https://www.lex.uz/uz/pdfsZ7107406.
APA
Vancouver
Authors
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti