Analysis of Certain Issues Arising During the Seizure of Property in Pre-Trial Criminal Proceedings
Annotation / Abstract
Abstract. The article presents the author's perspective on the legal relations arising during the performance of procedural actions related to the seizure of property belonging to a suspect, an accused person, or individuals responsible for their actions, as well as those not bearing legal liability for such actions. The study also develops proposals and recommendations aimed at filling existing gaps in criminal procedure legislation.
Full text
Xatlangan mulk orasida shaxsning oila a'zolari yoki boshqa yaqinlariga tegishli ulush bo'lishi mumkin, buni tergovning dastlabki bosqichlarida aniqlash imkoni bo'lmaydi. Natijada mulkning shaxsga tegishli qismi qiymati qisqarib, bu moddiy zararni qoplashga yetarli bo'lmay qolishi mumkin;
Xatlash jarayonida surishtiruvchi, tergovchi narsa-buyumlarni xatlashda xatoliklarga yo'l qo'yishi mumkin: narxi baland yoki past baholanadi, buyumning eskirganlik darajasi to'g'ri aniqlanmaydi (odatda, bu xatolik xatlash jarayonida mutaxassis ishtirok etmagan hollarda uchraydi). Shuni ta’kidlash kerakki, kichik qiymatdagi predmetlarni xatlash jarayonida surishtiruvchi, tergovchilar mutaxassis ishtirokiga ehtiyoj sezmaydilar va o‘z qarashlaridan kelib chiqib baholashadi;
Xatlash payti surishtiruvchi, tergovchiga yetkazilgan zararning aniq miqdori ma’lum bo‘lmasligi mumkin. Tergov davomida miqdor o‘zgarish ehtimoli mavjud, ko‘proq oshishi mumkin;
Hukmning ijrosini ta’minlash vaqtiga kelib, xatlangan ba'zi narsa-buyumlar o‘z sifatini yo‘qotishi mumkin. Bu esa ularning moddiy qiymati xatlangan paytdagidan sezilarli darajada tushishiga olib keladi.
Shuningdek, qimmatli qog‘ozlarni xatlash tartibi jinoyat-protsessual huquqi nazariyasida yetarli darajada tadqiq etilmagan. Bank va boshqa kredit tashkilotlarining hisob raqamida bo‘lgan pul mablag‘larini xatlash uni amalga oshirayotgan mansabdor shaxsdan huquqning turli sohalari bo‘yicha alohida bilimlarni ham talab qiladi.
Mol-mulkni xatlash bo‘yicha protsessual hujjatning ijrosini ta’minlash bir qator xatti-harakatlarni bajarishni talab etib, ular kuch va vositalar sarf-xarajati bilan bog‘liq. Bundan hollarda soha bo‘yicha bilimga ega mutaxassisning ishtirokiga zarurat paydo bo‘ladi.
References
Foydalanilgan manbalar
- Искандиров В.Б. Наложение ареста на имущества в уголовном процессе: Дис. ... канд. юрид. наук. – Челябинск, 2012. – С. 131. https://www.dissercat.com/content/nalozhenie-aresta-na-imushchestvo-v-ugolovnom-protsesse
- Соколова М. В. Особенности использования специальных знаний при наложении ареста на имущество // Криминалистика и судебно-экспертная деятельность в условиях современности: Материалы IV международной научно-практической конференции. – Краснодар, 2016. – С. 403–406. – EDN XRELWH. https://elibrary.ru/download/elibrary_28111856_44156167.pdf
- Петрикина А. А. Формы использования специальных знаний при наложении ареста на имущество в уголовном процессе РФ. Уголовно-правовые, уголовно-процессуальные и криминалистические вопросы борьбы с преступностью: Сборник научных трудов по материалам 4-й Всероссийской научно-практической конференции. – Краснодар, 2018. – С. 90–94. – EDN OECNLX. https://elibrary.ru/download/elibrary_43032393_17486855.pdf
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 14-apreldagi 110-son qarori bilan tasdiqlangan «Qarzdor va uning oilasining normal turmush kechirishi uchun zarur boʻlgan, ijro hujjatlari boʻyicha undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan uy anjomlari va jihozlari, kiyimlar hamda boshqa buyumlar roʻyxati». https://lex.uz/acts/111460
- Юткина С. М., Ростовщикова О. В. О наложении ареста на имущество как мере уголовно-процессуального принуждения: история, теория, практика // Вестник Волгоградской академии МВД России. – 2012. – № 4 (23). – С. 144–156.
- О наложении ареста на имущество как мере уголовно-процессуального принуждения: история, теория, практика. https://cyberleninka.ru/article/n/o-nalozhenii-aresta-na-imuschestvo-kak-mere-ugolovno-protsessualnogo-prinuzhdeniya-istoriya-teoriya-praktika
APA
Vancouver
Authors
O'zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti