Criminological Activity → Volume 1, Issue 3

Current Issues in the Implementation of the Institution of Criminal Prosecution or Execution of Judgments in National and International Law

15.09.2025 Research UZ 🔓 Open Access 👁 6 · 📥 3

Annotation / Abstract

Abstract. The article analyzes the legal foundations of the institution of extradition for criminal prosecution or execution of a sentence. It examines the provisions of the Constitution, the Criminal and Criminal Procedure Codes of Uzbekistan, the Minsk and Chisinau Conventions, as well as the practice of bilateral treaties. The study highlights problems such as contradictions in legislation and the absence of a special extradition law. The author scientifically substantiates the need to harmonize national and international norms and puts forward practical recommendations for improving this institution.

Full text

Sodir etgan jinoyati uchun jazoga tortilishi lozim bo‘lgan shaxslarni topshirish jinoyatchilikka qarshi kurashda davlatlar hamkorligining samaradorligini oshiruvchi vosita hisoblanib, mintaqaviy hamda ikki tomonlama davlatlararo hamkorlik darajasida muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, MDHga a’zo davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari o‘rtasidagi asosiy hamkorlik shakllariga qo‘shma tergov va tezkor-qidiruv harakatlarini amalga oshirish, so‘rov va iltimoslarni bajarish, xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlik qilish bilan bir qatorda quyidagilar kiradi:

  • Shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish, hukmni ijro etish hamda jazoni o‘tashi uchun mahkumlarni topshirish tegishli shartnomalarda nazarda tutilgan tartibda.
  • Ekstraditsiya kelishuviga yo‘l qo‘yilmagan hollarda, boshqa davlat hududida jinoyat sodir etgan o‘z fuqarolarini jinoiy javobgarlikka tortishni ta’minlash.

Har bir davlat jinoyatchilikka qarshi kurashda boshqa davlatlar bilan ko‘p tomonlama yoki ikki tomonlama shartnomalar tuzadi. Ushbu shartnomalarda ekstraditsiya instituti xalqaro jinoyat huquqining eng muhim institutlaridan biri sifatida alohida o‘rin tutadi. Ekstraditsiya to‘g‘risidagi xalqaro shartnomalarning maqsadi – jinoyat sodir etgan shaxslarning jazodan qochib qutulishiga yo‘l qo‘ymaslik.

Biroq, shunga qaramay, ekstraditsiyani tartibga soluvchi ko‘plab xalqaro shartnomalar mavjud bo‘lsa-da, ular mukammal emas. Bunga yaqqol dalil sifatida bugungi kunda ekstraditsiya sohasida yagona xalqaro standartlarning mavjud emasligini ko‘rsatish mumkin.

Shu tariqa, ekstraditsiya instituti davlatlar o‘rtasidagi xalqaro hamkorlik sohasida birlashtiruvchi vazifalarni bajaradi, jinoyat-protsessual sohada davlatlarning xalqaro majburiyatlarini amalga oshirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.

References

Foydalanilgan manbalar

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi maʼlumotnomasi.
  2. Tankiyeev D.T., Xusainov O.B. Ekstraditsiyani amalga oshirish jarayonida inson huquqlarini himoya qilish mexanizmlari // Abay nomidagi QazNPU xabarchisi. “Xalqaro hayot va siyosat” seriyasi. – 2022. – № 4 (71). – 33–34-b.
  3. Сафаров Н.А. Экстрадиция в международном уголовном праве: проблема теории и практики. – Москва, 2015. – 158 с.
  4. Шабунин А.В. Экстрадиция в международном праве: правило двойного вменения // Вестник международного права. – 2020. – № 3. – С. 45–46.
  5. Кузнецов Д.В. Развитие международного права ХХ в.: Монография. – Москва, 2001. – 87 с.
  6. Кучухидзе С.Т. Некоторые вопросы исторического развития института экстрадиции // Московский журнал международного права. – 2007. – № 4. – 48 с.
  7. Fuqarolik, oila va jinoyat ishlari boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar toʻgʻrisidagi Minsk konvensiyasi (22.01.1993) // https://lex.uz/docs/2741652.
  8. Fuqarolik, oila va jinoyat ishlari boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar toʻgʻrisidagi Kishinyov konvensiyasi (07.10.2002) // https://lex.uz/ru/docs/4905558.
  9. Европейская конвенция о выдаче (Париж, 13 декабря 1957 года) // https://rm.coe.int/16800645eb.
  10. Воложенкина В.М. Выдача в российском уголовном процессе // Юрлитинформ. – 2017. – № 5. – 54 с.
🔍 View online 📥 Download PDF

APA

Nasrullayev, Firdavs (2025). Current Issues in the Implementation of the Institution of Criminal Prosecution or Execution of Judgments in National and International Law. Criminological Activity, 1(3), 115–119. https://doi.org/

Vancouver

Nasrullayev, Firdavs. Current Issues in the Implementation of the Institution of Criminal Prosecution or Execution of Judgments in National and International Law. Criminological Activity. 2025;1(3):115-119.