Criminological Activity → Volume 1, Issue 1

Regulation Through Laws as a Fundamental Feature of Parliamentarism and Modern Statehood

27.03.2026 Research UZ 🔓 Open Access 👁 4 · 📥 1

Annotation / Abstract

Abstract. The article, based on the tasks outlined in the Address of the President of the Republic of Uzbekistan to the Oliy Majlis and the people of Uzbekistan concerning modern public administration, as well as the expansion of the practice of adopting directly applicable laws within the framework of the “Uzbekistan – 2030” Strategy and increasing their share to at least 60 percent, comprehensively examines the issue of regulation through laws and its role in strengthening parliamentarism. Based on the research findings, specific proposals in six key areas have been developed to enhance the level of legal regulation and to improve the drafting of directly applicable laws.

Full text

Ta’kidlash lozimki, parlamentning nazorat sohasidagi vakolatlari Yangi Oʻzbekiston sharoitida karrasiga kuchaydi. Jumladan, yangi tahrirdagi Konstitutsiya qabul qilinishi bilan Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari 5 tadan 12 taga, Senatning mutlaq vakolatlari esa 14 tadan 18 taga oshirildi.

Bu borada parlament nazoratining Davlat byudjeti ijrosini nazorat qilish, Vazirlar Mahkamasining yillik hisobotini eshitish, Bosh vazirning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish toʻgʻrisidagi hisobotini eshitish, Hisob palatasining hisobotini koʻrib chiqish kabi masalalar Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari sifatida mustahkamlandi.

Hududlar manfaati va ularni rivojlantirish, yangi vazirliklar tashkil qilish toʻgʻrisidagi farmonlarni tasdiqlash masalalari esa Senat vakolatlari doirasiga taalluqli ekanligi mustahkamlandi. Qolaversa, Senatning sud va nazorat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va maxsus xizmatlar faoliyati ustidan nazorat funksiyalari, shu jumladan, Senatning mansabdor shaxslarni lavozimiga saylash jarayonidagi vakolatlari kengaytirildi. Masalan, Sudyalar oliy kengashining barcha a’zolarini Senat tomonidan saylash tizimi kiritildi (ilgari faqatgina Sudyalar oliy kengashining raisi Senat tomonidan saylanardi). Bundan tashqari, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbarini lavozimiga tayinlash toʻgʻrisidagi Prezident farmonini tasdiqlash masalasi ham Senatning vakolatiga oʻtkazildi.

Qonunlar orqali tartibga solish zarurati, uning parlamentarizmga ta’siri masalasi adabiyotlarda ma’lum darajada oʻrganilgan. Xususan, qonunlar va toʻgʻridan-toʻgʻri ishlaydigan qonunlar huquqiy siyosat samaradorligiga ta’sir koʻrsatuvchi omillar sifatida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yurist, professor M.X. Raxmankulov muharrirligi ostida chop etilgan «Mamlakatni demokratik yangilash sharoitida Oʻzbekiston Respublikasining huquqiy siyosati (konseptual asoslar)» mavzusidagi monografiyada qisman oʻrganilgan [1; 632 b].

References

Foydalanilgan manbalar

  1. Правовая политика Республики Узбекистан в условиях демократического обновления страны (концептуальные основы): Монография / Рахманкулов М.Х., Хакимов Р.Р., Миракулов М.М., Сафаров Дж.И. и др.; отв. ред. проф. М.Х. Рахманкулов. – Ташкент: УМЭД, 2017. – 632 с.
  2. Хакимов Р.Р. Давлат ҳокимияти тизимида парламент: назария ва амалиёт муаммолари: Монография. – Тошкент: АҚМИ, 2012. – 184 б.
  3. Raximov A.K. Yangi Oʻzbekistonda parlament islohotlari: Monografiya. – Toshkent: DBA, 2024. – 294 b.
  4. Sultanova S.A. Norma ijodkorligida “aqlli tartibga solish” modelini qoʻllashning nazariy-huquqiy masalalari: Yurid. fan. boʻyicha falsafa d-ri (PhD) ... dis. avtoref. – Toshkent: TDYUU, 2021. – 51 b.
  5. Roʻziyev A.I. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tartibga solish taʼsirini baholash: nazariya va amaliyot masalalari: Yurid. fan. boʻyicha falsafa d-ri (PhD) ... dis. avtoref. – Toshkent: TDYUU, 2023. – 48 b.
  6. Парламентское право России: Монография / Под ред. Т.Я. Хабриевой. – М.: Издание Государственной Думы, 2013. – 400 с.
  7. Шульженко Ю.Л. Понятие «Парламентаризм» в современной отечественной науке // Труды Института государства и права Российской академии наук. – 2017. – Том 12. – № 5. – С. 15–29.
🔍 View online 📥 Download PDF

APA

(2026). Regulation Through Laws as a Fundamental Feature of Parliamentarism and Modern Statehood. Criminological Activity, 1(1), 39–44. https://doi.org/

Vancouver

. Regulation Through Laws as a Fundamental Feature of Parliamentarism and Modern Statehood. Criminological Activity. 2026;1(1):39-44.