The Issue of Crime and Punishment in Ancient China
Annotation / Abstract
Abstract. This article provides an analytical analysis of the issue of crime and punishment in ancient China according to the dynasties. It is scientifically based on the fact that laws were developed by government officials to regulate Chinese society, and the laws of early Chinese aristocratic societies, in addition to controlling the population, paid great attention to maintaining a special status and order among the nobility. The article also details how criminals are punished differently in China depending on the crime they commit. Crimes committed within the family are also analyzed.
Full text
Xitoyning jinoyat qonunchiligi tarixida jinoyatlar tasniflanmagan. Bitta jinoyat uchun bitta jazo tayinlangan. Jinoiy jazoni tizimlashtirish tendensiyasi Xitoyda ilk davrlarda paydo bo‘lgan hamda jazo qo‘llanilishi aholini qo‘rqitish vositasi va ijtimoiy nazoratni ta’minlash sifatida amalga oshirilgan. Jazo tizimi rivojlanishining dastlabki bosqichi “jismoniy jazo”, ya’ni jismoniy jarohatlar yetkazish hisoblangan.
Qadimgi Xitoy aholisi jinoyat yoki huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga past nazar bilan qaragan, hatto bunday kimsalardan nafratlangan. Ko‘chada duch kelib qolsa, uni haqoratlab, jirkanib, jamoasiga qo‘shmagan. Natijada, jinoyat sodir etgan shaxs jamiyatdan ajralib, xor-u zorlikda yashagan.
Xitoyda qadimgi “Qonun kitobi”dan boshlab, yaqinlargacha jinoiy harakatlar tabiati, mazmuni va og‘irligiga ko‘ra “O‘n yovuzlik”, “Yetti qotillik”, “Olti buzuqlik”, ommaviy jinoyatlar, zino kabi bir necha og‘ir jinoyatlarga bo‘lingan.
Xitoy huquqshunoslik maktabi olimi Xan Fey Tsi hukmdor har doim hukumatning asosiy quroli sifatida jinoyat qonuniga va og‘ir jazolarga tayanishi, shu bilan birga, axloqiy fikrlar va ijtimoiy mavqeni qat’iyan istisno qilish kerakligini ta’kidlaydi. Legalist tafakkurining yana bir o‘ziga xos xususiyati qonun oldida barcha teng bo‘lishi shartligi edi.
Qonunchilik masalasida huquqshunoslar huquqbuzarlik uchun jazo tayinlashda hukmdor tomonidan qabul qilingan qoidalar oddiy xalq uchun tushunarli bo‘lishi, aholiga to‘g‘ri yetkazilishi zarurligini ta’kidlaydi.
References
Foydalanilgan manbalar
- Samatova H.S., Axmadjonov O‘.M. Chet mamlakatlar davlat va huquq tarixi: O‘quv qo‘llanma. – T., 1960.
- Axmadjonov O‘.M. Ekspluatator sinflar davlat va huquqining tarixiy tiplari: Leksiyalar matni. – T., 1969.
- Muqimov Z. Chet mamlakatlar davlati va huquqi tarixi (Qadimgi dunyo hamda o‘rta asrlar davlati va huquqi tarixi): O‘quv qo‘llanma. – Samarqand: SamDU nashri, 1992.
- Patrisiya Ebrey, Anne Uoltal, Jeyms Pale. Sharqiy Osiyo: madaniy, ijtimoiy va siyosiy tarix. – Cengage Learning, 2008. – B. 40.
- Charlz Xaym. Qadimgi Osiyo sivilizatsiyalari ensiklopediyasi. – Infobase nashriyoti, 2004. – B. 270.
- Maykl Lou. Qin va Xan imperiyalari hukumati: miloddan avvalgi 221–220-yillar. – Hackett nashriyoti, 2006. – B. 126.
- Chjan Vensyan. Yurisprudensiya [M]. – Pekin: Oliy ta’lim matbuoti, 1999. – 227 b.
- Крашенинникова Н.А., Жидкова О.А. История государства и права зарубежных стран. Ч.1. Учебник для вузов. – М., 1998. – С. 20.
- Батыр К.И. Всеобщая история государства и права: Учебник. – М., 1998. – С. 20–23.
- Черниловский З.М. Всеобщая история государства и права. – М., 1996. – С. 23–24.
- Muhamedov H. Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi (Qadimgi dunyo davlati va huquqi tarixi): Darslik. I qism. – T.: Adolat, 1999. – 323 b.
APA
Vancouver
Authors
O'zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti