The Procedure for Executing the Sentence of Restriction of Liberty (Using Remote Monitoring as an Example)
Annotation / Abstract
Abstract. This article sets out the issues that determine the procedure and conditions for serving a sentence by persons to whom a sentence in the form of restriction of freedom has been applied, as well as foreign experience in this area. Particular attention is paid to covering legal issues related to the practice of remote monitoring of persons to whom a sentence in the form of restriction of freedom has been applied.
Full text
Ta’kidlash lozimki, ushbu jazo chorasi bugungi kunda AQSH, Argentina, Armaniston, Belarus, Eron, Gruziya, Ispaniya, Litva, Moldova, Niderlandiya, Norvegiya, Ozarbayjon, Polsha, San-Marino, Serbiya, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya, Xitoy, Shveysariya va Shvetsiya kabi davlatlarda keng va muvaffaqiyatli qo‘llanib kelinmoqda [1].
Ayni damda xorijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, ozodlikni cheklashni qo‘llashning uch modelini ajratish mumkin: shaxs jamiyatdan ajratib qo‘yiladi (Ukraina); shaxs jamiyatda qoladi (Rossiya); aralash model (Belarus).
Xususan, Ukraina JKning 61-moddasiga muvofiq, ozodlikni cheklash jazosi shaxsni ochiq turdagi jazoni ijro etish muassasalarida saqlashdan iborat bo‘lib, bunda shaxs mehnatga jalb qilingan holda uning ustidan nazorat o‘rnatiladi.
Shu singari qoidalar Gruziya JKning 47-moddasi, Tojikiston JKning 54-moddasi hamda Ozarbayjon JKning 53-moddasida o‘z aksini topgan. Niderlandiya JKning 32-moddasida esa, ozodlikni cheklash qo‘shimcha jazo chorasi sifatida shaxsni davlat axloq tuzatish uylariga joylashtirishni ko‘zda tutadi.
Ikkinchi model xorijiy mamlakatlarda keng yoyilgan bo‘lib, unga muvofiq shaxs jamiyatda saqlab qolinadi. Masalan, Rossiya Federatsiyasi JKning 53-moddasida aynan shunday tartib belgilangan. Polshada esa, muayyan cheklovlar bilan bir qatorda asosiy e’tibor majburiy mehnat – sud tomonidan ko‘rsatilgan ishlarni bajarish majburiyatini yuklashga qaratilgan (Polsha JKning 34–36-moddalari). Ozodlikni cheklash jazosiga nisbatan shu kabi yondashuvni Litva JKning 48-moddasida ham kuzatishimiz mumkin.
Ispaniya JKning 48-moddasida ozodlikni cheklashga hukm qilingan shaxsning muayyan joyda bo‘lish yoki tashrif buyurish huquqi cheklanishi belgilangan. Norvegiya JKning 33-paragrafida esa, muayyan hududlarda bo‘lish cheklanadi.
References
Foydalanilgan manbalar
- Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T., 2023. https://constitution.uz/uz.
- Mirziyoyev Sh.M. Yangi Oʻzbekiston Taraqqiyot strategiyasi. – T.: “Oʻzbekiston”, 2023.
- Хузорская Н.Б. Опыт применения общественных работ за рубежом // Альтернативы тюремному заключению в Российской Федерации: Материалы международной конференции. – М., 2001. – С. 166.
- Новыкова Е.А. Сущность ограничения свободы по законодательству зарубежных стран // Вестник Нижегородской академии МВД России. – 2014. – № 2 (26). – С. 246–248.
- Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-son «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonuni // Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari maʼlumotlar bazasi. https://lex.uz.
- Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentyabrdagi OʻRQ-406-son «Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida»gi Qonuni // Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari maʼlumotlar milliy bazasi. https://lex.uz.
- Rustambayev M.X. va boshqalar. Jinoyat-ijroiya huquqi: Darslik. – T.: Complex Print, 2020. – B. 144.
- Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-380-son «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonuni // Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari maʼlumotlar milliy bazasi. https://lex.uz.
APA
Vancouver
Authors
O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti