Criminological Activity → Volume 1, Issue 1

Measures to Prevent the Formation of Criminogenic Motivation Among Convicts Serving Sentences of Imprisonment

27.12.2024 Research UZ 🔓 Open Access 👁 4 · 📥 1

Annotation / Abstract

Abstract. This article describes small groups in correctional facilities, factors contributing to conflicts among inmates in prisons, the social environment, social markers ofcrime in penal institutions, and the main elements of the criminogenic situation in these institutions. It also outlines organizational measures to prevent the formation of criminogenic motivation among convicts serving sentences in the form of deprivation of liberty.

Full text

Yangi kelgan mahkum o‘z ijtimoiy qarashlariga mos keladigan, kelgusida o‘z ehtiyojlarini qondiradigan, oldida turgan muayyan maqsadlarni ro‘yobga chiqaradigan, a’zolari orasida yuksakroq shaxsiy maqomga ega bo‘ladigan guruhga kirishga harakat qiladi. Bunday guruhlar doimo otryad va koloniyadagi ijtimoiy-psixologik muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ular mahkumlar mikromuhitida ziddiyatli vaziyatlar yuzaga kelishiga sabab bo‘ladilar, havaskorlik tuzilmalarining faoliyatini izdan chiqaradilar, muassasaga yangi kelgan mahkumlarning ijtimoiy-psixologik moslashish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadilar. Jinoyat-ijroiya tizimi muassasalarida jinoiy an’analar va odatlarning “tashuvchilari” hisoblanadigan mahkumlarning guruhlarini neytrallashtirish ko‘pincha mahkumlar tomonidan yangi g‘ayriqonuniy harakatlarning sodir etilishiga turtki beradi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ayrim hollarda bunday qarama-qarshilik shaxsga qarshi jinoyatlar sodir etilishiga olib keladi. Bizningcha, bu hodisa mahkumning jinoyat vositasida ijtimoiy maqbul natijaga erishishga urinishi sifatida tavsiflanishi mumkin. Ideal holatda ijobiy tavsiflanadigan mahkum zo‘rlik ishlatib harakatlar sodir etish jarayonida salbiy tavsiflanadigan mahkumning sog‘lig‘iga yoki hayotiga tajovuz qiladi. Mazkur holatda voqealar rivojining ko‘plab variantlarini taklif qilish mumkin. Ammo bir narsa aniqki, ularning hammasi odatda bitta natija — yangi jazo muddati tayinlanishi bilan tugaydi.

Ushbu vaziyat ayrim tadqiqotchilarni qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar — zaruriy mudofaa yoki oxirgi zarurat holatlarida mahkumlarning harakatlari masalalarini o‘rganishga turtki bo‘lgan [2; 111-b]. Ularda yozilishicha, mahkumlar muhitida salbiy kayfiyatdagi shaxslar jinoyat-ijroiya tizimining xodimlariga, ularning ish usullariga nisbatan salbiy munosabatni odatdagi yo‘llar bilan uyushtiradilar, salbiy guruhlar uchun qulay bo‘lgan mahkumlar orasida jamoatchilik fikrini shakllantiradilar, ozodlikdan mahrum qilish joylarida huquqiy tartibotni mustahkamlash borasidagi faoliyatga qarshilik ko‘rsatadilar, ba’zan jazoni ijro etish muassasalari ishini izdan chiqaradigan harakatlarga turtki beradilar.

References

Foydalanilgan manbalar

  1. Слободянюк Г. Г. Социально-правовая оценка преступления и проблемы исполнения наказания в виде лишения свободы: Учебное пособие. - Домодедово, 1990. - 60-62-6.
  2. Огурцов Н.А., Меркурьев В.В. Дискуссионные вопросы уголовно-правовой квалификации деяний, совершенных в состоянии необходимой обороны // Проблемы уголовной ответственности и наказания. - Рязань, 1997. - 63-6.: Меркурьев В.В. Чорный В.Н. Необходимая оборона как способ обеспечения личной безопасности осужденных в исправительных учреждениях // Уголовная политика и международное право: проблемы интеграции. - Владимир, 1997. - 111-6.
  3. Поздняков В. И., Усс А.В. Предупреждение и разрешение конфликтов в МТУ // Проблемы профилактики правонарушений в местах лишения свободы. - М., 1985. -52-6.
  4. Старков О.В. Бытовые насильственные преступления. - Рязань, 1994 -15-6.
  5. Mazkur an’anaviy me’yorning mavjudligi, tabiiyki, shaxsga qarshi tajovuzlarning barchasi ma’lum darajada “odilona o‘ch olish” olishdan iborat ekanligini anglatmaydi. Birinchidan, ushbu qoidaga hamma mahkumlar va barcha vaziyatlarda ham amal qilavermaydilar. Ikkinchidan, “jiddiy vaj”, “yetarli asoslar” tushunchalarining o‘zi ko‘pincha mahkumlar tomonidan umuminsoniy axloq talablariga zid ravishda talqin qilinadi.
  6. Мокрецов Л.И., Шмаров И.В. Ko'rsatilgan manba. - 70-b.
  7. Гуськов В.И. Профилактика рецидивной преступности, осуществляемая исправительно-трудовыми учреждениями. - Рязань, 1979. - 6-6.
  8. Стручков Н.Л. Советская исправительно-трудовая политика и ее роль в борьбе с преступностью. - Саратов, 1970. -72-6.; Зарипов З.С., Безбородов Л.Г. Криминологические и социально-правовые аспекты предупреждения преступности военнослужащих // Xyw.HpaBO.Law. - 2003. - №1. -37-42-6.
  9. Мокрецов А.И. Психология личностных взаимоотношений осужденных в ПТУ // Социологические и социально-психологические проблемы отбывания наказания. - М., 1982. - 79-6.; Исмаилов И. Теоретическое и организационно-правовое обеспечение предупреждения деятельности организованных преступных формирований: Автореф. дис. ... д-ра юрид. наук. - Т., 2006. - 32-33-6.
  10. Гришин В. А. Криминологические и правовые проблемы с тяжкими преступлениями против личности в воспитательно-трудовых колониях: Автореф. дисс. ... канд. юрид. наук. - М., 1982. - 19-6.; Файзуллаева В. Г. Влияние негативных изменений в социальной среде на криминализацию несовершеннолетних и молодежи и предупреждение преступлений среди них: Автореф. дис. ... канд. юрид. наук. - Т., 2004. - 24-6.
🔍 View online 📥 Download PDF

APA

Zakirova, Adina; Amonova, Lobar (2024). Measures to Prevent the Formation of Criminogenic Motivation Among Convicts Serving Sentences of Imprisonment. Criminological Activity, 1(1), 170–177. https://doi.org/

Vancouver

Zakirova, Adina; Amonova, Lobar. Measures to Prevent the Formation of Criminogenic Motivation Among Convicts Serving Sentences of Imprisonment. Criminological Activity. 2024;1(1):170-177.