The Impact of Internal Affairs Bodies’ Reforms on Uzbekistan’s Position in International Security Rankings
Annotation / Abstract
Abstract. In recent years, Uzbekistan has carried out comprehensive reforms in the field of public safety and the rule of law. Within the framework of the “New Uzbekistan” and “Uzbekistan – 2030” strategies initiated by President Shavkat Mirziyoyev, the activities of internal affairs bodies have undergone substantial transformation. This article examines the impact of these reforms on the countryʼs performance in international rankings and indices, including the Safety Perceptions Index, the Rule of Law Index, and the Global Innovation Index.
Full text
Milliy islohotlarning samaradorligini xalqaro mezonlar asosida baholash maqsadida, O’zbekistonning turli xalqaro reyting va indekslardagi o‘rniga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, 2024-yil 16-avgustdagi Oliy Majlis Senatining qaroriga muvofiq, ayrim asosiy xalqaro indekslarda mamlakat natijalarini oshirish vazifasi bevosita Ichki ishlar vazirligiga yuklatildi [1].
Bu indeks va reytinglar qonun ustuvorligi, xavfsizlik, korrupsiyaga qarshi kurash, innovatsion rivojlanish kabi sohalardagi holatni xolis baholaydigan muhim mezonlar hisoblanadi. Shu sababli, Ichki ishlar vazirligi faoliyatini takomillashtirish orqali jamoat xavfsizligini yaxshilash va qonun ustuvorligini ta’minlash mamlakatning xalqaro indekslardagi o‘rnini sezilarli ravishda ko‘tarishga xizmat qilmoqda.
O’zbekiston oxirgi yillarda xavfsizlik bo‘yicha xalqaro ko‘rsatkichlarda barqaror ijobiy tendensiya namoyon etib kelmoqda. Numbeo ma’lumotlar bazasining 2025-yilgi ma’lumotlariga ko‘ra, O’zbekiston “Xavfsizlik indeksi” (Safety Index)da 73,4 ball, “Jinoyatchilik indeksi” (Crime Index)da 26,6 ball bilan dunyodagi eng xavfsiz mamlakatlar orasida 25-o‘rinni egalladi [2].
Bu ko‘rsatkich Markaziy Osiyoda eng yuqori bo‘lib, qo‘shni Qozog‘iston 73-o‘rinni (45,6 ball), Qirg‘iziston esa 101-o‘rinni (52,0 ball) egallagan. Numbeo reytingida mamlakatimizning jinoyatchilik darajasi “juda past” toifaga kiritilgan.
Aytish joizki, mazkur natijalar “O‘zbekiston–2030” strategiyasi doirasida mamlakatimizda “Jamoat xavfsizligi konsepsiyasi” qabul qilinib, islohotlarning aynan xavfsiz muhitni yaratishga qaratilganligini ko‘rsatadi.
References
Foydalanilgan manbalar
- Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2024-yil 16-avgustdagi “Oʻzbekiston uchun ustuvor boʻlgan xalqaro reyting va indekslar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi SQ-963-IV-son qarori.
- Numbeo Crime Index by Country 2025 Mid-Year. Elektron manbaa: https://www.numbeo.com/crime/rankings_by_country.jsp?title=2025-mid
- Our World in Data. Homicide rate per 100,000 population. 2024. Elektron manbaa: https://ourworldindata.org/grapher/homicide-rate-unodc
- WJP Rule of Law Index 2025. Elektron manbaa: https://worldjusticeproject.org/rule-of-law-index/global/2025/Uzbekistan
- Freedom House. Freedom in the World 2024. Uzbekistan. Elektron manbaa: https://freedomhouse.org/country/uzbekistan/freedomworld/2024
- Global Organized Crime Index. 2023. Elektron manbaa: https://ocindex.net/country/uzbekistan
- Global Innovation Index 2024. Uzbekistan ranking in the Global Innovation Index 2024. Elektron manbaa: https://www.wipo.int/edocs/gii-ranking/2024/uz.pdf
- Women, Business and the Law 2024. Elektron manbaa: https://wbl.worldbank.org/en/wbl
APA
Vancouver
Authors
O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti