Developing Digital Criminology in Uzbekistan: A National Model Based on the “CRIMINOLOGY AI” Technology
Annotation / Abstract
Abstract. This article analyzes modern mechanisms for crime prevention through the application of digital technologies, particularly artificial intelligence (AI), in the activities of law enforcement agencies of the Republic of Uzbekistan. The author has developed the concept of a national model for the "Criminology AI" system, designed for crime forecasting and analysis, and has substantiated the legal, technical, and ethical aspects of its practical implementation.
Full text
Ushbu vazifalar ijrosini taʼminlash esa Oʻzbekistonda raqamli kriminologiyani mustaqil ilmiy-amaliy yoʻnalish sifatida rivojlantirish zaruratini kun tartibiga qoʻymoqda. Chunki jinoyatchilikni faqat sodir etilganidan keyin fosh etish emas, balki uning kelib chiqish omillarini oldindan aniqlash, xavfli hududlar va guruhlarni belgilash, profilaktik resurslarni maqsadli taqsimlash ham zarur. Bu vazifani “Criminology AI” deb nomlanuvchi milliy sunʼiy intellekt platformasi orqali amalga oshirish mumkin.
Raqamli kriminologiya – raqamli muhitda, raqamli vositalar yordamida yoki ular orqali sodir etilgan huquqbuzarliklarni nazariy hamda empirik jihatdan tahlil qilish bilan shugʻullanuvchi fan. U anʼanaviy kriminologiyaning metod va prinsiplarini raqamli makonga moslashtiradi, yangi turdagi jinoyatchilikni yorituvchi gʻoyalar va tushunchalarni taqdim etadi.
Raqamli kriminologiyaning markazida jinoyatchi faoliyatining raqamli instrumentlari, qurbonlar va jamiyatga taʼsiri mexanizmlari yotadi [3].
Fikrimizcha, Raqamli kriminologiya – jinoyatchilikning sabab va sharoitlarini oʻrganish, jinoyatchi shaxsini tahlil qilish va jinoyatning oldini olish choralarini ishlab chiqishda raqamli izlar, algoritmlar va katta maʼlumotlardan (Big Data) foydalanuvchi fan tarmogʻi.
Jahon tajribasida (AQSHdagi PredPol, Buyuk Britaniyadagi HART tizimlari) sunʼiy intellekt asosida ishlaydigan dasturlar jinoyat oʻchoqlarini oldindan aniqlashda yaxshi samara berayotganligi isbotlagan.
Ushbu tizimlar asosida ehtimollikni hisoblashning matematik modellari yotadi. Jinoyat sodir etilish ehtimolini baholashda, koʻpincha mashinaviy oʻrganish algoritmlari va Bayes teoremasiga asoslangan quyidagi matematik modeldan foydalaniladi:
References
Foydalanilgan manbalar
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6079-son farmoni.
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktyabrdagi “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-358-son qarori.
- Matqobilov N.Sh. Academic Research in Modern Science International Scientific-Online Conference // Konferensiya toʻplami. – 16–19-b.
- Теорема Байеса. https://ru.wikipedia.org/wiki/
- Экспертиз Франс. “Artificial Intelligence and Organised Crime”. – 2024-y. – 8-b.
APA
Vancouver
Authors
O'zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti