Family Criminology in Uzbekistan and Its Significance
Annotation / Abstract
Abstract: The article discusses the main aspects of family criminology as a specialized branch of criminal law focused on studying and preventing crimes committed within the framework of family relationships. The research is dedicated to analyzing common crimes related to domestic violence, their criminological characteristics, as well as the investigation and judicial practices in this field.
Full text
Jinoiy tarixga ega oilalardagi bolalarning muammolari. Ota-onalardan biri yoki ikkalasi ham jinoyat sodir etgan oilalarda o‘sgan bolalarni jinoiy faoliyatga jalb qilish xavfi yuqori bo‘ladi. Oilaviy kriminologiya ushbu hodisaning oldini olish va bunday oilalar bilan ishlash usullarini o‘rganadi.
Oilaviy jinoyatchilikning oldini olishda oilaviy muhitda jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan dasturlar va chora-tadbirlar, jumladan, ijtimoiy xizmatlarning aralashuvi, ta’lim dasturlari va huquqiy tashabbuslar ko‘rib chiqiladi.
Oiladagi jinoiy subkulturalar, bunda oila jinoiy subkulturaning bir qismiga aylanishi mumkin bo‘lgan holatlar (masalan, uyushgan jinoiy guruhlarda ishtirok etish) o‘rganiladi.
Oila kriminologiyasi jinoyatchilikka qarshi kurashish va sog‘lom oilaviy munosabatlarni saqlashga qaratilgan ijtimoiy-huquqiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va takomillashtirishda muhim rol o‘ynaydi.
Oilaviy kriminologiyaga oid birinchi ilmiy qarashlar 1976-yilda professor D.A. Shestakov tomonidan nashr etilgan maqolada aks ettirilgan bo‘lib, unda oilaviy munosabatlar institutining kriminologik tavsifi keltirilgan. Bundan oldin oiladagi jinoyatlar maishiy jinoyatlar doirasidan ajratilmagan edi.
Professor Shestakov “oilaviy kriminologiya” tushunchasini kriminologiyaga alohida yo‘nalish sifatida kiritadi. Uning talqiniga ko‘ra, oilaviy kriminologiya oila sharoitida yuzaga keladigan jinoiy va jamiyatning axloqiy, huquqiy yoki madaniy me’yorlarini buzadigan xatti-harakatlarni o‘rganish bilan shug‘ullanadi.
U oilani qonunga bo‘ysunadigan va noqonuniy xatti-harakatlar shakllanadigan o‘ziga xos ijtimoiy guruh sifatida belgilaydi. Oilani nafaqat jinoiy jarayonlarning qurboni yoki ishtirokchisi, balki jinoyatchi shaxsini shakllantirishning asosiy omillaridan biri deb biladi.
Ajralish, zo‘ravonlik va noto‘g‘ri tarbiya kabi oilaviy nizolar jinoiy xatti-harakatlarning katalizatoriga aylanishi mumkinligini o‘rganadi. Oiladagi nizolar va ularning jinoiy harakatlarning yuzaga kelishiga ta’siri batafsil tahlil qilinadi.
Oilaviy zo‘ravonlik, bolalarga nisbatan zo‘ravonlik va mulk masalalari bilan bog‘liq nizolar kabi huquqbuzarliklarga olib kelishi mumkin bo‘lgan oilaviy nizolarning bir nechta turlari mavjud.
References
Foydalanilgan manbalar
- Никитина A.A. Криминологическая характеристика предупреждения бытового насилия в отношении несовершеннолетних: Дис. ... канд. юрид. наук. — Ростов-на-Дону, 2005. — С. 16. [Электронный ресурс]. https://dlib.rsl.ru/01002801897
- Shestakov D.A. Oilaviy munosabatlar kriminologiyasiga kirish. — L., 1980.
- Shestakov D.A. Kriminogen vaziyatning jihatlaridan biri to‘g‘risida // LSU Byulleteni. — 1976. — №11. — B. 116–121.
- Шестаков Д.А. Семейная криминология: Семья — Конфликт — Преступление. — СПб.: Санкт-Петербургский государственный университет, 1996. — 263 с.
- Amanda Holt. Family Criminology. An Introduction. Department of Social Sciences, University of Roehampton. — London, UK, 2021. https://pure.roehampton.ac.uk/portal/en/persons/amanda-holt
- Families and Crime. https://cod.pressbooks.pub/criminology/chapter/families-and-crime/
- Aziz Abidov Telegram kanali materiali. https://t.me/AzizAbidov/4556
APA
Vancouver