Criminological Activity → Volume 1, Issue 1

The Development of Criminology in Uzbekistan: Current State and Prospects

27.12.2024 Research UZ 🔓 Open Access 👁 3 · 📥 1

Annotation / Abstract

Abstract: The article tried to highlight the development process of Criminology in Uzbekistan, the contributions of scientists in this regard, and talked about the proportionality of criminology with the subjects ofcrime prevention and wiktimology. The practical importance of Criminology is based on the existing problems in this regard. Also, scientific conclusions and recommendations on the further development of criminology have been put forward.

Full text

Ma’lumki, fanning predmeti — u nimani va qaysi nuqtayi nazardan o‘rganadi, degan savolga javob beradi. Fanning rivoji aslida uning predmeti rivojiga bog‘liq bo‘lib, buning uchun fan predmeti aniqlashtirilgan bo‘lishi lozim. Fan predmetining to‘g‘ri belgilanishi esa, birinchidan, ilmiy tadqiqot jarayonida fanning predmetini tadqiq etish va aniq ifodalashga imkon yaratadi; ikkinchidan, tadqiqot ishlarini olib borishda nazariy va metodologik jihatdan to‘g‘ri yo‘nalishdan borishga yordam beradi; uchinchidan, fanning maqsadi va vazifalarini aniq ifodalashda muhim omil hisoblanadi.

Garchi, kriminologiya sal kam yarim asrdan buyon fan sifatida rivojlanib kelayotgan bo‘lsa-da, bugungi kunda o‘z o‘rnini sekin-astalik bilan huquqbuzarliklar profilaktikasi faniga bo‘shatib berayotgan, rivojlanishdan bir oz to‘xtagan, mavjud bilimlari nisbatan eskirgandek ko‘rinadi.

Shu bois kriminologik muammolarning aksariyatini hal qilishda huquqbuzarliklar profilaktikasidagi mavjud bilimlarga tayanib qolinyapti. Buni yaqin yillarda himoya qilingan doktorlik dissertatsiyalarida ham kuzatish mumkin [18, 222–223-b.; 5, 145–146-b.; 10, 16–19-b.; 17, 17-b.].

Demak, ushbu jarayon huquqbuzarliklar profilaktikasi va viktimologiya fanlarini kriminologiya fanidan ajralib chiqish zaruratini keltirib chiqargan. Bu tarzda xulosa qilishga sabab shundaki, Z. Zaripov va I. Ismailov tomonidan tayyorlangan Kriminologiya darsligida [7, 63–72-b.] fan predmeti aniq ko‘rsatilmagan bo‘lsa-da, ammo u o‘rganadigan quyidagi to‘rt guruhdagi ijtimoiy hodisalar sanab o‘tilgan:

  • birinchisi — jinoyatchilik, uning mohiyati va qonuniyatlari;
  • ikkinchisi — jinoyatchilikning determinantlari (sabab va shart-sharoitlari);
  • uchinchisi — jinoyatchi shaxs;
  • to‘rtinchisi — jinoyatchilikning oldini olish muammolari.

References

Foydalanilgan manbalar

  1. Abdurasulova Q.R., Zakirova A.G., Umirzakov B.A., Qarshiyev G‘.S. “Kriminologiya” fani dasturi. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2021. – 17 b.
  2. Viktimologiya: Darslik / Q.R. Abdurasulova, A.G. Zakirova, F.M. Muxitdinov va boshq.; mas’ul muharrir prof. F.M. Muxitdinov. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2021. – 320 b.
  3. Гордеев А.Ю. К вопросу о положительном опыте предупреждения преступлений в зарубежных странах // Вопросы российского и международного права. – 2017. – Т. 7. – №11А. – С. 115–121.
  4. Jinoyat protsessi (Umumiy qism): Ma’ruzalar kursi / prof. E.X. Narbutayev tahriri ostida. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2013. – 93 (109)-b.
  5. Ibrohimov J.A. Terrorizm bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurashishning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari: Yurid. fan. d-ri ... dis. – T., 2020. – 156-b.
  6. Кобец П.Н. Комплексное криминологическое исследование особенностей предупреждения преступности в современной Японии // Russian Journal of Economics and Law. – 2021. – Т. 15. – №3. – С. 556–572. DOI: 10.21202/2782-2923.2021.3.566
  7. Kriminologiya: Darslik / Prof. Z.S. Zaripov tahriri ostida. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2006. – 474 b.
  8. Kriminologiya: Darslik / Prof. Z.S. Zaripovning umumiy tahriri ostida. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2007. – 91-b.
  9. Xujakulov S.B. Huquqbuzarliklar profilaktikasi: genezisi, nazariyasi va amaliyoti: Yuridik fanlar doktori dissertatsiyasi. – T., 2023. – 425 b.
  10. Qarshiyev G‘.S. Yoshlar residiv jinoyatchiligining kriminologik tavsifi va profilaktikasi: Yurid. fan. d-ri ... dis. – T., 2020. – B. 16–19 (48).
  11. Майоров В.И., Севрюгин В.Е. Противодействие преступности на основе современных концепций взаимодействия полиции и общества: опыт зарубежных стран и России // Вестник Пермского университета. Юридические науки. – 2017. – Вып. 35. – С. 95–106. DOI: 10.17072/1995-4190-2017-35-95-106
  12. Niyozova S.S. Shaxsga qarshi zo‘rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlarning viktimologik profilaktikasi: Yurid. fan. d-ri ... dis. avtoref. – T., 2020. – B. 16.
  13. Предупреждение преступности: понятие, цели, система, принципы // https://blog.liga.net/user/mplastun/article/35844 (murojaat vaqti: 15.09.2022).
  14. Tursunov A.S., Alimov B.F. “Huquqbuzarliklar profilaktikasi” fan dasturi. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2021. – 32 b.
  15. O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida faoliyat yuritgan Ilmiy-amaliy tadqiqot markazining tahliliy ma’lumotnomasi. – T.: IIV Akademiyasi, 2017.
  16. O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-371-son Qonuni // https://www.lex.uz/docs/2387357 (murojaat vaqti: 26.05.2021).
  17. Умирзаков Б.А. Вояга етмаганлар жиноятчилигининг криминологик тавсифи ва олдини олишни такомиллаштириш: Юрид. фан. бўйича фалсафа д-ри (PhD) ... дис. – Т., 2021. – Б. 154.
  18. Фазилов И.Ю. Одам савдосига қарши курашнинг жиноят-ҳуқуқий ва криминологик жиҳатлари: Юрид. фан. д-ри ... дис. – Т., 2016. – Б. 222–223.
  19. Фазилов И.Ю., Абдурасулова Қ.Р., Хужакулов С.Б. “Виктимология” фан дастури. – Т.: Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2017. – 14 б.
🔍 View online 📥 Download PDF

APA

Xujakulov, Siyovush (2024). The Development of Criminology in Uzbekistan: Current State and Prospects. Criminological Activity, 1(1), 68–75. https://doi.org/

Vancouver

Xujakulov, Siyovush. The Development of Criminology in Uzbekistan: Current State and Prospects. Criminological Activity. 2024;1(1):68-75.