Criminological Activity → Volume 1, Issue 1

Issues of Liability for Theft Crimes and Specific Features of Preventing Crimes of This Type

17.04.2025 Research UZ 🔓 Open Access 👁 8 · 📥 3

Annotation / Abstract

Abstract. This article examines the crime of theft and the issues of responsibility for this crime, as well as the real factors contributing to the commission of this type of crime, as well as the development of effective measures to prevent them.

Full text

Biroq, amalga oshirilayotgan ijobiy ishlarga qaramasdan, jinoyatlar soni va turi yildan yilga ortib, yangi turlari va usullari paydo bo‘layotgani qonuniylikni ta’minlash, jinoyatlarni o‘z vaqtida fosh etish, har tomonlama, to‘liq va xolisona tergov qilish, javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlashda mavjud chora-tadbirlar yetarli emasligini ko‘rsatmoqda.

Konstitutsiyamizning 65-moddasida “fuqarolar farovonligini oshirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etishi, davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratishi, iste’molchilarning huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini kafolatlanishi, barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan himoya qilinishi, xususiy mulk daxlsizligi” qat’iy belgilab qo‘yilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining “Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar” deb nomlangan uchinchi bo‘limi 10-bobida “O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish” uchun javobgarlik belgilangan. Ushbu kodeksning 169-moddasida o‘g‘rilik tushunchasi berilgan bo‘lib, o‘g‘rilik – o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish sifatida belgilangan. Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, o‘g‘rilik jinoyati tarkibining obyektiv tomonini tavsiflab beradigan xususiyati, talon-torojlik jinoyatlarining boshqa shakllaridan farqlaydigan usuli hisoblanadi.

O‘g‘rilikda aybdor huquqqa xilof va yashirin ravishda, ya’ni boshqa shaxslardan yashirin holda mulkdorning xohish-irodasiga qarshi uning mulkini o‘zlashtiradi va o‘zining mulki sifatida tasarruf eta boshlaydi. Demak, o‘g‘rilik jinoyatining obyekti o‘zganing mulki hisoblanadi.

References

Foydalanilgan manbalar

  1. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Rasmiy nashr. – Toshkent: “Oʻzbekiston” nashriyoti, 2023. – 26-b.
  2. Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. – Toshkent: “Oʻzbekiston” nashriyoti, 2023. – 82–83-b.
  3. Rustambayev M. Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga sharhlar. Maxsus qism. – Toshkent: “Yuridik adabiyotlar publish”, 2021. – 455-b.; Кабулов Р. Уголовно-правовые меры борьбы с хищениями: Теория и практика. Дис. д-ра юрид. наук. – Ташкент, 1997. – С. 27; Кадыров М. Уголовное право Республики Узбекистан. – Ташкент: Адолат, 1997. – С.174; Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga sharhlar. – Toshkent: Adolat, 1997. – 47-b.
  4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Oʻzgalar mulkini oʻgʻrilik, talonchilik va bosqinchilik bilan talon-toroj qilish jinoyat ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” 1999-yil 30-apreldagi 6-son qarori.
  5. Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi. – Toshkent: “Oʻzbekiston” nashriyoti, 2023. – 88–90-b.
  6. M. Rustambayev. Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga sharhlar. Maxsus qism. – Toshkent: “Yuridik adabiyotlar publish”, 2021. – 455-b.
🔍 View online 📥 Download PDF

APA

Xasanov, Shuxrat (2025). Issues of Liability for Theft Crimes and Specific Features of Preventing Crimes of This Type. Criminological Activity, 1(1), 92–98. https://doi.org/

Vancouver

Xasanov, Shuxrat. Issues of Liability for Theft Crimes and Specific Features of Preventing Crimes of This Type. Criminological Activity. 2025;1(1):92-98.