Profiling Methods in Preventing and Combating Illicit Drug Trafficking
Annotation / Abstract
Abstract. This article provides a comprehensive analysis of the use of profiling techniques in the prevention and fight against illegal drug trafficking, the use of modern analytical methods in addition to traditional law enforcement measures in the fight against drugs, as well as the concept of drug profiling, its types, effectiveness in practice, legal and ethical aspects, as well as successes and problems in its implementation.
Full text
“Telegram” ijtimoiy tarmog‘ida giyohvandlik vositalarning noqonuniy savdosini amalga oshiruvchi 1499 ta akkaunt aniqlanib, shundan 1311 tasi bloklandi. Qolgan 188 tasini bloklash bo‘yicha ijtimoiy tarmoq moderatorlariga xabar berilgan, shuningdek akkauntlarni reklama qiluvchi 2962 ta “narkograffiti” o‘chirilgan.
Yuqoridagi statistik ma’lumotlardan ham ma’lumki, hozirgi kunda mamlakatimizda narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq qator muammolar saqlanib qolmoqda. Jumladan:
- chegaralarda nazoratning yetarli darajada emasligi – tranzit yo‘llar orqali moddalarning yashirin olib o‘tilishi davom etayotganligi;
- kiberjinoyatchilik orqali narkotik savdosining kengayishi – darknet va ijtimoiy tarmoqlarda yashirin savdo tizimlari faol ishlayotganligi;
- huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasida o‘zaro ma’lumot almashinuvi borasidagi muammolarning saqlanib qolayotganligi – tezkor ma’lumot almashinuvi borasida idoralararo muvofiqlashtirishda kechikishlar yuz berayotganligi;
- yangi paydo bo‘lgan sintetik moddalarni aniqlash tizimi sustligi – laboratoriyalar texnik jihatdan to‘liq jihozlanmaganligi sababli yangi turdagi sintetik va shunga o‘xshash (tarkibida narkotik modda bo‘lgan modda va vositalar) moddalarni aniqlashdagi muammolarning saqlanib qolayotganligi.
Ushbu muammolarni hal qilish uchun mamlakatimizda narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda zamonaviy yechimlar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
- Chegara xavfsizligini kuchaytirish – narkotik moddalar yashirin tashilishining oldini olish maqsadida chegara postlarida mobil skanerlar, portativ tezkor test uskunalari joriy etish, xavfli hududlarni aniqlash uchun “risk-kartografiya” tizimini ishlab chiqish zarur.
References
Foydalanilgan manbalar
- BMTning Giyohvandlik vositalari toʻgʻrisidagi konvensiyasi. 2000-yil 15-noyabr, Nyu-York. https://lex.uz/docs/-1304566.
- Oʻzbekiston Respublikasining “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi qonuni. https://lex.uz.
- “Oʻzbekiston Respublikasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish boʻyicha 2024–2028-yillarga moʻljallangan Milliy strategiya”. 2024-yil 6-may, PF-73-son. https://lex.uz.
- Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazining 2023–2024-yillar uchun Informatsion byulleteni. https://www.unodc.org/centralasia.
- Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi. https://lex.uz/ru/docs/-2655293.
- Axmedov A.B. Jinoyatchilikka qarshi kurashda psixologik profaylingning oʻrni // Yuridik fanlar jurnali. – Toshkent, 2022. – №2. – B. 45–52.
- Ivanov P.N. Biometric Profiling in Criminal Investigations. – Moscow: Russian Academy of Internal Affairs, 2020. – 185 p.
- Norqobilov F. Narkojinoyatlar: kriminologik tahlil va ularning profilaktikasi. – Toshkent: IIV Akademiyasi nashriyoti, 2021. – 210 b.
- Turabekov S. Use of Psychological Profiling in Detecting Drug Crimes in Uzbekistan // Journal of Criminology and Legal Studies. Vol. 5(1), 2023. – P. 31–38.
APA
Vancouver
Authors
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti