The Experience of Foreign Countries in Combating Drug-Related Crime
Annotation / Abstract
Abstract. This article analyzes the international legal frameworks and advanced experiences of foreign countries in combating drug-related crimes and preventing drug addiction, which has become a global challenge. Within the framework of the study, the preventive and scientific approaches of the United States and Canada, the humane decriminalization model of Portugal, and the legislative reforms of France aimed at ensuring the inevitability of punishment for organized drug trafficking are comparatively examined.
Full text
Global miqyosda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish faoliyati bir nechta xalqaro, yaʼni BMTning quyidagi hujjatlarga tayanadi:
- 1961-yilgi Giyohvandlik vositalari toʻgʻrisidagi yagona konvensiya. Mazkur hujjat aʼzo davlatlarga giyohvandlik moddalarining tibbiy va ilmiy maqsadlardan tashqari har qanday muomalasini cheklash va jinoiylashtirish majburiyatini yuklaydi;
- 1971-yilgi Psixotrop moddalar toʻgʻrisidagi konvensiya. Sintetik preparatlar va psixotrop moddalarni xalqaro nazoratga olish tartibini belgilaydi;
- 1988-yilgi Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi konvensiya. Prekursorlar (giyohvandlik vositalarini tayyorlash uchun ishlatiladigan kimyoviy moddalar) nazorati, jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash va kontrabanda tushunchasini jinoiy-huquqiy jihatdan mustahkamlaydi.
Giyohvandlik vositalarini nazorat qilish toʻgʻrisidagi xalqaro aktlar giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlarning qonuniy ishlab chiqarilishi, tayyorlanishi hamda ularning savdosini tartibga solishni koʻzda tutadi. Konvensiyalar, shuningdek, nazorat ostidagi moddalarning tibbiy va ilmiy maqsadlar uchun mavjudligi masalasiga ham daxldor boʻlib, aʼzo davlatlar zimmasiga nazorat ostidagi moddalardan tibbiy boʻlmagan maqsadlarda foydalanishning oldini olish uchun qonunlar va strategiyalar qabul qilish, giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish hamda giyohvandlik moddalarini isteʼmol qiluvchi shaxslarni barvaqt aniqlash, davolash, qayta tarbiyalash va ijtimoiy reabilitatsiya qilish choralarini koʻrish majburiyatini yuklashini taʼkidlash oʻrinli.
Shu oʻrinda, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish sohasida rivojlangan davlatlarning ilgʻor tajribalarini tahlil qilish maqsadga muvofiq. Fikrimizcha, giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurash faoliyati shartli ravishda uchta, yaʼni repressiv, liberal va barqaror modellarga boʻlinadi. Quyida ayrim davlatlar misolida ushbu modellarning amaliy natijalarini koʻrib chiqamiz.
References
Foydalanilgan manbalar
- Moshki, M., Hassanzade, T., & Taymoori, P. (2014). Effect of Life Skills Training on Drug Abuse Preventive Behaviors among University Students. International Journal of Preventive Medicine, 5(5).
- BMTning 1961-yil 30-martdagi Giyohvandlik moddalari toʻgʻrisidagi yagona konvensiyasi. URL: https://www.unodc.org/pdf/convention_1961_en.pdf
- BMTning 1971-yil 21-fevraldagi Psixotrop moddalar toʻgʻrisidagi konvensiyasi. URL: https://www.unodc.org/pdf/convention_1971_en.pdf
- BMTning 1988-yil 20-dekabrdagi Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash toʻgʻrisidagi konvensiyasi. URL: https://www.unodc.org/pdf/convention_1988_en.pdf
- Life Skills Training (LST): A classroom-based universal prevention programme to reduce long-term risk of alcohol, tobacco and drugs in middle school. Xchange prevention registry.
- A bill relating to narcotic drugs. 93rd United States Congress (1973–1974). URL: https://www.congress.gov/bill/93rd-congress/senate-bill/911?hl=narcotic+drug&s=3&r=7
- Portugal. Lei n.º 30/2000. 29.11. URL: https://diariodarepublica.pt/dr/detalhe/lei/30-2000-599720
- Statistical Bulletin 2023: Illicit Substances / Institute on Addictive Behaviours and Dependencies (ICAD). Lisbon: ICAD, 2024.
- Portugal. (1993). Decreto-Lei n.º 15/93, de 22 de janeiro. Aprova o regime jurídico aplicável ao tráfico e consumo de estupefacientes e substâncias psicotrópicas. URL: https://files.dre.pt/1s/1993/01/018a00/02340252
- Доклад Международного комитета по контролю над наркотиками за 2025 год. ООН: Вена, 2026 год.
APA
Vancouver
Authors
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfizligi departamenti