Criminological Activity → Volume 1, Issue 2

Combating Offenses and Crime Through Handling Public Appeals: Legal Mechanisms and Effectiveness

30.06.2026 Research UZ 🔓 Open Access 👁 19 · 📥 14

Annotation / Abstract

Abstract. This paper evaluates the conceptual impact of processing public and institutional inquiries on the overall efficacy of crime prevention and law enforcement strategies. The petition system is examined as a pivotal proactive mechanism designed for the early detection of underlying criminal anomalies and the mitigation of systemic corruption risks within public administration. By analyzing empirical insights derived from citizen grievances, the study outlines strategic recommendations aimed at optimizing current legal response mechanisms and upgrading the counter-crime frameworks deployed by state authorities.

Full text

Davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerakligi tamoyili Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan boʻlib, bugungi kunda “mahallabay” ishlash tizimining asosini tashkil etmoqda [5]. Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida mahallani jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Bunda aholi murojaatlari faqat muammolarni hal qilishda emas, balki hududlarda huquqbuzarliklarini barvaqt aniqlash va profilaktika qilishda samarali axborot manbai boʻlib xizmat qilmoqda.

Davlatimiz rahbari “profilaktika ishlari aniq statistik maʼlumotlar, jinoyatchilikni chuqur tahlil qilish va har bir hududning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqarish lozim”, deb taʼkidlagan edi [6]. Ushbu koʻrsatma ichki ishlar organlari faoliyatida, tizimdagi mavjud muammolarni aniqlash va kelajak vazifalarini belgilashda dasturilamal boʻlib xizmat qilmoqda. Shuningdek, “profilaktika kuni” (har payshanba) tadbirlari rasmiyatchilik uchun emas, balki aniq statistik tahlil va hududning kriminogen vaziyatiga muvofiq tavsiflanishi zarurligi birinchi marta qatʼiy belgilangan.

Yurtboshimiz tomonidan belgilangan vazifalar profilaktika tizimini jinoyatga javob berish bosqichidan jinoyatlarni barvaqt prognoz qilish va oldini olish bosqichiga oʻtkazishda asosiy omil boʻlib xizmat qilmoqda.

Mahallani sogʻlomlashtirish jarayonida murojaatlar institutining funksional ahamiyati ikki karra diqqatga sazovor. Bir tomondan, murojaatlar oqimi lokal hududdagi yashirin muammolar xaritasini shakllantiruvchi element hisoblanadi. Infratuzilmaviy va maishiy yetishmovchiliklardan kelib chiqadigan eʼtirozlar jamiyatda kriminogen vaziyatni murakkablashtiradi. Bunday holat, oʻz navbatida, maishiy munosabatlarning keskinlashuviga olib keladi va shaxslarga qarshi agressiv jinoyatlarning paydo boʻlishi uchun kriminal determinantlarni shakllantiradi.

I. Ismailov taʼkidlaganidek, jinoyatning sabab va sharoitlarini aniqlash uni jilovlashning asosiy omilidir. Murojaatlarni toʻgʻri tahlil qilish, ularning kelib chiqish sabablarini oʻrganish va oʻz vaqtida choralar koʻrish orqali jinoyatlarning oldini olish mumkin. Buning uchun murojaatlarga juda katta eʼtibor berish va masʼuliyat bilan yondashish talab qilinadi.

References

Foydalanilgan manbalar

  1. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini taʼminlash — yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi maʼruza. // “Xalq soʻzi” gazetasi, 2016-yil 8-dekabr. №242-y. (6677).
  2. Ismailov I., Tursunov A.S. Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda davlat organlari va jamoatchilik tuzilmalarining hamkorligi. – Toshkent: Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2017.
  3. Ismailov I. Huquqbuzarliklar profilaktikasi: Darslik. – T.: Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012. – 320 b.
  4. Axmedov B.R. Davlat boshqaruvida murojaatlar bilan ishlashning huquqiy asoslarini takomillashtirish: Yurid. fan. boʻyicha falsafa d-ri (PhD) ... dis. avtoref. – Toshkent: TDYUU, 2020.
  5. Mirziyoyev Sh.M. Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi. – T.: “Oʻzbekiston”, 2022.
  6. Mirziyoyev Sh.M. “Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir”. 1-jild. – Toshkent: “Oʻzbekiston”, 2017.
  7. Dadajonov B.B. Ichki ishlar organlarida fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash faoliyatini boshqarishni takomillashtirish: Yurid. fan. nomz. ... dis. avtoref. – Toshkent: Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2011. – 26 b.
  8. Azizov X.T. Huquqbuzarliklar profilaktikasida ijtimoiy sheriklik. – Toshkent: Akademiya, 2021. – 118–120-b.
  9. Ismoilov I., Fazilov I.Yu. Kriminologiya: Darslik. – Toshkent: IIV Akademiyasi, 2021. – 410–415-b.
  10. Долгова А.И. Криминология: Учебник для вузов / Под общ. ред. проф. А.И. Долговой. – 4-е изд., перераб. и доп. – Москва: Норма: Инфра-М, 2019. – С. 284–288.
🔍 View online 📥 Download PDF

APA

Murzajanov, Shavkatbek (2026). Combating Offenses and Crime Through Handling Public Appeals: Legal Mechanisms and Effectiveness. Criminological Activity, 1(2), 138–142. https://doi.org/

Vancouver

Murzajanov, Shavkatbek. Combating Offenses and Crime Through Handling Public Appeals: Legal Mechanisms and Effectiveness. Criminological Activity. 2026;1(2):138-142.