Analysis of Norms in National Legislation Aimed at Identifying the Causes and Factors of Crimes
Annotation / Abstract
Abstract. This article analyzes the norms of national legislative documents regulating the activities aimed at identifying and eliminating the causes and factors of crimes. These normative legal acts are conditionally classified based on their scope, legal force, and the authority of the entities that adopt them.
Full text
Huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir Konstitutsiya talablarini bajarishda vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishda Jinoyat-protsessual kodeksi [3] (keyingi o‘rinlarda — JPK) muhim o‘rin tutadi.
JPK normalari:
- birinchidan, jinoyat ishlarini yuritishning jinoyat-protsessual qonunlarda belgilangan tartibda qonuniylikni mustahkamlashda;
- ikkinchidan, jinoyatlarning oldini olishda;
- uchinchidan, shaxs, davlat va jamiyat manfaatlarini himoya qilishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Xususan, jinoyat-protsessual qonun hujjatlarining vazifalari jinoyatlarni tez va to‘liq ochishdan, jinoyat sodir etgan har bir shaxsga adolatli jazo berilishini ta’minlashdan, aybi bo‘lmagan hech bir shaxs javobgarlikka tortilmasligi va hukm qilinmasligi uchun aybdorlarni fosh etishdan hamda qonunning to‘g‘ri tatbiq etilishini ta’minlashdan iborat (JPKning 2-moddasi).
Ta’kidlash joizki, JPKning VI bo‘limi bevosita jinoyatlarning oldini olish choralariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda quyidagilar nazarda tutilgan:
- jinoyat ishlarini yuritishda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jinoyatning sabablarini hamda uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlashi shartligi (296-modda);
- jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida surishtiruvchi, tergovchi yoki prokurorning taqdimnomasi (297-modda) hamda sudning xususiy ajrimi (298-modda) chiqarilishi;
- ushbu taqdimnoma yoki xususiy ajrim yuborilgan davlat organi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi, jamoat birlashmasi, jamoa yoki mansabdor shaxs zarur choralarni ko‘rishi va ko‘rilgan choralar natijalari haqida kechi bilan bir oy ichida tegishincha surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudni xabardor qilishi shartligi (299-modda);
- jinoyatning oldini olish yoki uni fosh etishda yuksak onglilik, jasorat ko‘rsatgan hamda ijtimoiy burchini namunali bajargan fuqaro to‘g‘risida surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror taqdimnoma, sud esa xususiy ajrim chiqarish orqali tegishli korxona, muassasa yoki tashkilot rahbariga va jamoasiga xabar qilishi mumkinligi (300-modda).
References
Foydalanilgan manbalar
- Rahmonqulov A.X. Dastlabki tergov: Darslik. – Toshkent, 2005. – B. 197–211.
- O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi // https://lex.uz/docs/6445145
- O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi // https://lex.uz/docs/111460
- O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi // https://lex.uz/docs/97664
- O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentyabrdagi “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-407-son Qonuni // https://lex.uz/docs/3027843
- O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi “Prokuratura to‘g‘risida”gi 257-II-son Qonuni // https://lex.uz/docs/106197
- O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 5-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi O‘RQ-471-son Qonuni // https://lex.uz/docs/3610935
- O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 18-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-647-son Qonuni // https://lex.uz/docs/5128310
- O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustdagi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi 472-I-son Qonuni // https://lex.uz/docs/67566
- O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-371-son Qonuni // https://lex.uz/docs/2387357
- O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 29-sentyabrdagi “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-263-son Qonuni // https://lex.uz/docs/1685726
- O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi “Terrorizmga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi 167-II-son Qonuni // https://lex.uz/docs/29526
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Ichki ishlar organlarining jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2898-son Qarori // https://lex.uz/docs/3180665
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2833-son Qarori // https://lex.uz/docs/3141186
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-yanvardagi “Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasini ilmiy tadqiq qilish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-10-son Farmoni // https://lex.uz/docs/6755597
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyuldagi “Kriminologik faoliyatni ilmiy ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 445-son Qarori.
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarorlari // https://old.sud.uz
APA
Vancouver