Fransiyaning “Gendarmerie Nationale” tuzilmasining nazorat va mas’uliyati:
- Har qanday kuch ishlatish yoki ta’sir chorasi qo‘llanilgan holatda jandarm xodimi maxsus report tayyorlashi shart.
- Fuqarolar o‘z huquqlari buzilgan deb hisoblasalar, Defenseur des droits (Ombudsman) organiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.
- Jandarmlarning harakatlari ustidan prokuratura, ichki audit bo‘limlari va mustaqil kuzatuv organlari tomonidan nazorat o‘rnatilgan.
AQSHdagi National Guard esa ikki yurisdiksiyada — federal va shtat darajasida faoliyat yurituvchi, tezkor safarbar etiladigan tuzilma bo‘lib, jamoat tartibini tiklash, favqulodda vaziyatlarda fuqarolarni qutqarish, tabiiy ofatlarda yordam berish kabi vazifalarni bajaradi [6].
Masalan, 2020-yildagi George Floyd bilan bog‘liq namoyishlar chog‘ida AQSH Milliy gvardiyasi ko‘plab shaharlarda tinchlikni tiklashda politsiyaga ko‘mak bergan.
Bugungi kunda AQSHning National Guard faoliyati “Title 32” va “Title 10 of the United States Code”, shuningdek, “The Insurrection Act (1807)” hamda “Posse Comitatus Act (1878)” asosida huquqiy jihatdan tartibga solinadi.
Uning fuqarolarga ta’sir choralarini qo‘llash vakolati federal (prezident buyrug‘i bilan) va shtat (gubernator buyrug‘i bilan) darajasida farq qiladi [7]. Bularga:
Birinchidan, AQSHning National Guard tuzilmasi o‘z faoliyati davomida “State Active Duty” va “Title 32” hujjatlari hamda shtat gubernatori buyrug‘i asosida tabiiy ofatlar, namoyishlar paytida fuqarolarga nisbatan ma’muriy ta’sir choralarini qo‘llash vakolatiga ega.
Shuningdek, AQSHda Milliy gvardiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri hibsga olish, qidiruv o‘tkazish yoki jinoiy ayblov qo‘yish huquqiga ega emas — bu vakolat shtat politsiyasiga tegishli [8].