Criminological Activity → Volume 1, Issue 3

The Role of Social Prevention in Preventing Crime in Mahallas

15.09.2025 Research UZ 🔓 Open Access 👁 8 · 📥 4

Annotation / Abstract

Abstract. This article highlights the importance of the social prevention system in combating and preventing crime. The article details the social prevention measures implemented through the cooperation of the “Mahalla Seven” and relevant state bodies via the “E-Ijtimoiy Profilaktika” information system, the effectiveness of targeted approaches, analysis and monitoring, and mechanisms for individual work with persons prone to offenses. Existing problems and measures to address them are also outlined.

Full text

XIX asrda yashagan rus demokratlari A.N. Gersen, V.G. Belinskiy, N.A. Dobrolyubov, N.G. Chernishevskiy ham jamiyatdagi jinoyatchilik sabablari to‘g‘risida o‘xshash xulosalarga kelganlar.

N.F. Kuznetsova fikriga ko‘ra, salbiy iqtisodiy, mafkuraviy, madaniy, tarbiyaviy, tashkiliy, boshqaruv, ijtimoiy-psixologik omillar majmui jinoyatchilikka sabab bo‘ladi.

Professor V.S. Volkov g‘ayriijtimoiy xulq-atvor deformatsiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, jinoyatchilik sabablari va shartlarini 3 guruh (kompleks)ga ajratishni taklif qiladi:

  • jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq sabablar va shartlar;
  • shaxsning jamiyatga integratsiyalashuvi, uning ijtimoiy-psixologik o‘ziga xosliklari bilan bog‘liq sabablar va shartlar;
  • ijtimoiy munosabatlarni ijtimoiy-huquqiy tartibga solish va huquqiy tartibotdagi, huquqbuzarliklarning oldini olishdagi kamchiliklar bilan bog‘liq sabablar va shartlar.

Professor A.S. To‘xtaxo‘jayev o‘zining tadqiqotlarida o‘g‘rilik jinoyatlarining oldini olish uchun ijtimoiy muammolarga, xususan, ishsizlik, kambag‘allik va oilaviy mushkulotlarga e’tibor qaratish zarurligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, jinoyatchilikni oldini olishning samarali yo‘li — ijtimoiy yordam, ta’lim va tarbiyani kuchaytirishdan iborat.

Yoshlar va aholi o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish hamda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash orqali jinoyatchilikni kamaytirish mumkin, degan xulosaga kelgan.

Yuqoridagi kriminolog olimlarning aksariyati jinoyatchilik va uning oldini olishda jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar, shaxslarning dunyoqarashi va shunga o‘xshash ijtimoiy profilaktika doirasida amalga oshiriladigan yo‘nalishlarga yaqin fikrlarni bildirganlar.

Bu esa hozirgi kunda mahalla jinoyatchiligining oldini olishda, jinoyat qilishga moyil hamda jinoyatdan jabrlanishi mumkin bo‘lgan shaxslar bilan manzilli profilaktik ishlarni olib borishda “Ijtimoiy profilaktika” tizimi doirasida manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligini bildiradi.

References

Foydalanilgan manbalar

  1. O‘zbekiston Respublikasi Gazeta.uz nashrining 2019-yil 10-yanvardagi “Jamoat xavfsizligini taʼminlashda yangi tizim: hamma xizmatlar bir joyda” sarlavhasi ostidagi maqolasi.
  2. Избранные произведения Иеремии Бентама. Т. 1. – СПб., 1867. – С. 39.
  3. Советское уголовное право. Общая часть. – М., 1974. – С. 77.
  4. Советское государство и право. – 1991. – №5. – С. 151.
  5. O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida” 2014-yil 14-maydagi 371-son qonuni. Elektron manba: https://lex.uz/uz/docs/2387357 .
  6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Obod va xavfsiz mahalla tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 30-noyabrdagi 801-son qarori.
  7. Abdurasulova Q.R. Kriminologiya: Darslik. Masʼul muharrir yu.f.d., prof. M.H. Rustamboyev. – T.: TDYUI nashriyoti, 2008. – 305 b.
  8. Ichki ishlar, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik, Yoshlar siyosati va sport vazirliklarining “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlarini belgilash to‘g‘risida” 2023-yil 30-martdagi qo‘shma qarori.
  9. Jinoyatchilik tendensiyalari va omillari davlat hisobotlari (2024-yil bo‘yicha): Axborot-tahliliy hujjat. – T.: O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti, 2025. – 122 b.
  10. Kriminologik tadqiqotlar davlat hisoboti: Axborot-tahliliy hujjat. – T.: O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti, 2025. – 92 b.
🔍 View online 📥 Download PDF

APA

Xasanov, Shuxrat (2025). The Role of Social Prevention in Preventing Crime in Mahallas. Criminological Activity, 1(3), 88–94. https://doi.org/

Vancouver

Xasanov, Shuxrat. The Role of Social Prevention in Preventing Crime in Mahallas. Criminological Activity. 2025;1(3):88-94.