Criminological Activity → Volume 1, Issue 1

Criminology and Civil Law

27.12.2024 Research UZ 🔓 Open Access 👁 4 · 📥 1

Annotation / Abstract

Abstract. This article provides a comparative analysis of the subject, functions and interrelation of criminology and civil law. It also highlights the role and importance of civil law in preventing and combating offenses.

Full text

Fuqarolik huquqi fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquqiy maqomini, mulkiy huquqlar va boshqa mulk bilan bog‘liq huquqlarning vujudga kelishi va amalga oshirish tartibini, intellektual faoliyat natijalariga nisbatan mutlaq huquqlarni, shartnomaviy va boshqa majburiyatlarni, shuningdek mulkiy va boshqa shaxsiy nomulkiy munosabatlarni belgilaydi va tartibga soladi.

Bundan tashqari, fuqarolik huquqi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar o‘rtasidagi munosabatlarni ham tartibga soladi. Insonning shaxsiy huquq va erkinliklari hamda boshqa nomoddiy ne’matlari ham fuqarolik qonunchiligi bilan himoyalanadi va tartibga solinadi. Fuqarolik huquqi huquq sohasining asosiy, muhim va ajralmas qismi hisoblanadi.

Fuqarolik huquqi ayni vaqtda moliya, bank, soliq, tadbirkorlik, mualliflik, oila huquqi kabi huquq sohalarining asosi ham hisoblanadi.

Chunki, mazkur huquq sohalari tartibga soladigan munosabatlar negizida mulk yoki mulk bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar yotadi.

Fuqarolar va yuridik shaxslar faoliyatining turli nizoli va kriminogen tomonlari ham bevosita fuqarolik huquqi bilan bog‘liq. Xususan, jamiyatdagi mulkka, shaxsga va boshqa ijtimoiy munosabatlarga qarshi jinoyatlar bevosita fuqarolik huquqbuzarliklari bilan bog‘langan.

Masalan, bugungi kunda sodir etilayotgan jinoyatlarning 70-80 foizi mulkiy xususiyatga ega bo‘lib, ularning sodir etilishi asosan fuqarolik huquqi subyektlarining mulki yoki mulkiy huquqlarini buzish orqali namoyon bo‘lmoqda. Mazkur g‘ayriqonuniy yoki huquqqa xilof harakat (harakatsizlik)lar oqibatida esa yuridik va jismoniy shaxslarning mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlariga zarar yetmoqda.

Ma’lumki, g‘ayriqonuniy yoki huquqqa xilof harakat (harakatsizlik) kriminologiya va jinoyat huquqi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan kompleks fan — deliktologiyaning asosiy predmetini tashkil etadi.

Nisbatan yangi bo‘lgan “Deliktologiya” fani huquqbuzarliklar haqidagi fandir. Huquqbuzarlikning jinoiy, ma’muriy turlari bilan birga, fuqaroviy turlari ham mavjud va bu sivilistikada “delikt javobgarliklar” deb nomlanadi.

“Delikt” lotincha “delictum” so‘zidan olingan bo‘lib, “buzish”, “ayb” kabi ma’nolarni anglatadi [3]. Yuridik adabiyotlarda, jumladan sivilistikada buni huquqshunoslar “zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar”, “delikt majburiyatlar”, “huquqbuzarlikdan kelib chiqadigan majburiyatlar”, “shartnomasiz majburiyatlar”, “nojoiz (man etilgan) harakatlardan kelib chiqqan majburiyatlar” [4], deb ham ataydilar.

References

Foydalanilgan manbalar

  1. Mirziyoyev Sh.M. Biz bunga hech qachon jim qarab turolmaymiz // URL: https://kun.uz/kr/05878628
  2. Rahmonqulov H. Majburiyat huquqi (Umumiy qoidalar). -T.: TDYUI, 2005. - B.110.
  3. Ba’zi lug‘atlarda ushbu atama huquqbuzarlik deb tarjima qilingan, jumladan: Yuridik ensiklopediya. - T.: Sharq nashriyoti, 2001. - 111-b.; O‘zbekiston yuridik ensiklopediyasi / R.A.Muhiddinov va boshq.; mas’ul muharrir N.Toychiyev. - T.: Adolat, 2009. - 130-b.; Англо-русский словарь: 53000 слов. 20-е изд., стереотип. - М.: Рус. язык, 1985. - С. 194.
  4. Флейшиц Е.А. Обязательства из причинения вреда и неосновательного обогащения. - М., 1951. - С. 7; Смирнов В.Т., Собчак А.А. Общее учение о деликтных обязательствах в советском гражданском праве. - Ленинград: ЛГУ., 1983. - С. 257.
  5. Гражданский кодекс Азербайджанской Республики / Азербайджанский юридический портал [Электронный ресурс]: Режим доступа: свободный. - Загл. с экрана. - Яз. рус.
  6. Гражданский кодекс Республики Молдовы // Registrul de stat al aktelor al Republicii Moldova / [Электронный ресурс]: Режим доступа: свободный. - Загл. с экрана. - Яз. рус.
    www.lex.justice.md
  7. Abdurasulova Q. R. Kriminologiya: Darslik / Mas’ul muharrir prof. M.H. Rustamboyev. - T.: TDYUI nashriyoti, 2008. - 12–13-b.
🔍 View online 📥 Download PDF

APA

Kuldashev, Nuriddin (2024). Criminology and Civil Law. Criminological Activity, 1(1), 120–123. https://doi.org/

Vancouver

Kuldashev, Nuriddin. Criminology and Civil Law. Criminological Activity. 2024;1(1):120-123.