Criminological Activity → Volume 1, Issue 1

Problems of Integrating Criminological Research with the Educational Process

27.03.2026 Research UZ 🔓 Open Access 👁 10 · 📥 4

Annotation / Abstract

Abstract. This article analyzes the current challenges in integrating criminological research with the educational process. Based on scientific-theoretical, comparative, systemic, and analytical approaches, it assesses the degree of cohesion between criminological knowledge, scientific inquiry, and the educational process. The analysis reveals that the findings of criminological research are not sufficiently incorporated into educational programs, that gaps exist between practice and theory, and that scientific potential is not fully utilized to improve the quality of education. Consequently, proposals are put forward to address these issues.

Full text

Tadqiqotning metodologik ishonchliligini ta’minlash maqsadida qo'llanilgan metodlar o'zaro uyg'unlikda ishlatildi. Ya’ni, nazariy tahlil orqali tayanch tushunchalar ochib berildi, tizimli yondashuv orqali ularning o'zaro aloqasi aniqlashtirildi, qiyosiy va mantiqiy tahlil yordamida muammoning ichki tuzilishi yoritildi, tasniflash usuli esa natijalarni tartibga solish imkonini berdi. Mazkur metodologik kombinatsiya maqolaning ilmiy mantiqiyligini, strukturaviy izchilligini hamda amaliy ahamiyatini kuchaytirdi.

Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, kriminologik tadqiqotlarning ta’lim jarayoni bilan o'zaro integratsiyasi murakkab, ko'p qatlamli va tizimli muammo sifatida namoyon bo'ladi. O'rganishlar asosida aniqlanishicha, bu muammo yagona bir omil bilan emas, balki ilmiy faoliyat, o'quv jarayoni, metodik ta’minot, tashkiliy mexanizmlar va kompetensiyaviy yondashuvlar o'rtasidagi uzilishlar bilan bog'liqdir. Tadqiqot davomida integratsiya jarayoniga salbiy ta’sir ko'rsatuvchi quyidagi asosiy muammolar institutsional, metodik, mazmuniy, tashkiliy-amaliy va kompetensiyaviy yo'nalishlarda namoyon bo'lishi aniqlandi.

1. Institutsional muammolar: kriminologik tadqiqot va ta’lim o’rtasidagi tizimli uzilishlar

Ya’ni, ilmiy tadqiqotlar natijalari bilan o'quv jarayonini bog'lovchi rasmiy va doimiy mexanizmlar ko'plab hollarda yetarli darajada shakllanmagan bo'ladi. Odatda ilmiy tadqiqotlar alohida akademik faoliyat sifatida, o'quv jarayoni esa undan nisbatan mustaqil faoliyat sifatida tashkil etiladi.

Natijada tadqiqot natijalari o'z vaqtida o'quv dasturlariga, darsliklarga, seminar mashg'ulotlariga va mustaqil ta’lim topshiriqlariga singdirilmay qoladi. Bundan tashqari ilmiy tadqiqot olib boruvchi subyektlar bilan ta’lim beruvchi subyektlar o'rtasidagi funksional yaqinlik hamma vaqt ham ta’minlanmaydi.

Masalan, tadqiqot institutlari, aql markazlari, amaliyot organlari va ta’lim muassasalari o'rtasida uzviy hamkorlik mexanizmlari sust bo'lsa, talabalar (kursantlar) zamonaviy kriminologik izlanishlardan bevosita xabardor bo'lmaydi. Shu sababli o'quv jarayonida ko'pincha umumiy nazariy bayonotlar ustun keladi.

References

Foydalanilgan manbalar

  1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasini ilmiy tadqiq qilish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish chora-tadbirlari to'g'risida” 2024-yil 15-yanvardagi PF-10-son farmoni.
  2. Siegel L. J. Criminology. 8th ed. Boston: Cengage Learning, 2023. - P. 4-7.
  3. Altbach P. G., Reisberg L., Rumbley L. Trends in Global Higher Education: Tracking an Academic Revolution. Paris: UNESCO Publishing, 2009.
  4. Schneider H. J. Kriminologie. Berlin: DeGruyter, 2015. - P. 21-24.
  5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kriminologiya sohasida ilmiy-amaliy tadqiqot ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2024-yil 15-yanvardagi PQ-22-son qarori.
🔍 View online 📥 Download PDF

APA

Aʼloxonov, Muxammadmirzoxon (2026). Problems of Integrating Criminological Research with the Educational Process. Criminological Activity, 1(1), 80–84. https://doi.org/

Vancouver

Aʼloxonov, Muxammadmirzoxon. Problems of Integrating Criminological Research with the Educational Process. Criminological Activity. 2026;1(1):80-84.