Criminological Activity → Volume 1, Issue 1

Criminological Profiling as a New Subject of Criminology

17.04.2025 Research UZ 🔓 Open Access 👁 4 · 📥 1

Annotation / Abstract

Abstract. This article analyzes the subject of criminology, the relationship between criminology and profiling, and the opinions of criminological profiling specialists. Particular attention is paid to studying the views of Western European and Russian scientists on this issue.

Full text

Xususan, kriminologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi turlicha xarakterga ega. Gap shundaki, jinoyatchilik, uning sabablari, jinoyatchining shaxsi, jinoyatlarning oldini olish vositalari ko‘p qirrali muammo bo‘lib, ilmiy bilimlarning ko‘plab sohalari (psixologiya, pedagogika, demografiya, matematika va boshqalar) vakillarining sa’y-harakatlarini birlashtirishni talab qiladi.

Jinoyatchining shaxsi kriminologiya predmetining tarkibiy elementi hisoblanadi. Jinoyatchi shaxsini o‘rganishning ahamiyati, avvalo, shundan iboratki, jinoyat inson xulq-atvori va muayyan shaxsning xohish-irodasi sifatida uning mohiyati va xususiyatlaridan kelib chiqadi.

Bu borada professor V.D. Malkovaning fikri o‘rinlidir, uning ta’kidlashicha, “kriminologiya - ijtimoiy-huquqiy, umumnazariy va amaliy fan bo‘lib, jinoyatchilikni ijtimoiy hodisa sifatida mohiyati va namoyon bo‘lish shakllarini, vujudga kelish, mavjud bo‘lish va o‘zgarish qonuniyatlarini, uning sabablari va boshqa determinantlarini, jinoyat sodir etuvchilarning shaxsini, jinoyatlarning oldini olish chora-tadbirlari tizimini o‘rganadi” [2].

O‘rganilayotgan ijtimoiy hodisalarning xilma-xilligiga qaramay, kriminologiyaning fan sifatidagi asosini uning predmeti, ya’ni u aynan nimani o‘rganadi, degan savolga javob tashkil etadi. Mantiq va falsafa fanlari talqiniga ko‘ra, “predmet” kategoriyasi obyektning bir qismi, uning parchasi, “bilishning muayyanroq obyekti” hisoblanadi. Shu bois olimlarning kriminologiya predmeti borasidagi qarashlari ham muhim hisoblanadi.

Professor Q.R. Abdurasulovaning fikricha, kriminologiya predmeti - har qanday va oddiy xulq-atvor emas, balki alohida xulq-atvor. Bu xulq-atvor jinoiy xususiyatga ega, shu bois u jinoiy xulq-atvor deb ataladi, ya’ni xulq-atvor, avvalo, jinoyat qonunini, uning normalarini buzish bilan bog‘lanadi.

References

Foydalanilgan manbalar

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-yanvardagi “Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasini ilmiy tadqiq qilish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-10-son farmoni. https://lex.uz/docs/6755597
  2. Малкова В.Д. Криминология: Учебник для вузов / Под ред. проф. В.Д. Малкова. – 4-е изд., перераб. и доп. – М.: ЗАО «Юстицинформ», 2011. – С.7.
  3. Abdurasulova Q.R. Kriminologiya: Darslik / Masʼul muharrir yu.f.d., prof. M.H. Rustambаyev. – T.: TDYUI nashriyoti, 2008. – 5-b.
  4. Хеккхаузен Х. Мотивация и деятельность. Том 1. – М., 1986. – С. 14.
  5. Qodirov M.S. Jinoyatchi shaxsining psixologik portretini yaratishda profayling texnologiyasini qoʻllash imkoniyatlari // Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining axborotnomasi. – 2023. – №3(58). – B.168–169.
  6. Стальбовский В.В. Криминологический профайлинг – новый предмет криминологии (Уголовной социологии) // Уголовное право: проблемы, поиски, решения: материалы Международной науч.-практ. конференции, Минск, 7–8 октября 2022 г. – Минск: БГУ, 2022. – С. 130.
  7. Тепляшин П.В., Назмутдинова Р.Р., Приставка Е.Е. Криминологический профайлинг: Теоретические контуры и направления применения // Научный компонент. – 2022. – №3 (15). – С. 67.
  8. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг “Криминологик фаолиятни илмий таъминлаш чора-тадбирлари тўғрисида” 2024 йил 24 июлдаги 445-сон қарори. https://lex.uz/uz/docs/7034904
  9. Дзиконская, С.Г. Криминологический профайлинг: понятия и виды // Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук. – 2015. – №4. – С. 93–95.
🔍 View online 📥 Download PDF

APA

Ikanov, Azamat (2025). Criminological Profiling as a New Subject of Criminology. Criminological Activity, 1(1), 77–80. https://doi.org/

Vancouver

Ikanov, Azamat. Criminological Profiling as a New Subject of Criminology. Criminological Activity. 2025;1(1):77-80.