Криминологическая характеристика личности сотрудника органов внутренних дел, совершившего коррупционное преступление
Аннотация / Abstract
Аннотация. В статье анализируются криминологические особенности личности сотрудника органов внутренних дел, совершившего коррупционное преступление. Рассматриваются социально-экономические, правовые, институциональные и нравственно-психологические факторы коррупционного поведения, а также влияние правовой культуры и профессиональной деформации на его формирование. На основе анализа научных подходов зарубежных и отечественных исследователей представлены авторские взгляды на криминологическую характеристику коррупционного преступника из числа сотрудников органов внутренних дел.
Полный текст
Soʻnggi yillarda kriminologiyada “jinoyatchi shaxsi” tushunchasidan emas, balki “kriminogen shaxs” tushunchasidan foydalanish maqsadga muvofiq, degan fikrlar paydo boʻldi [3; 102-b.].
Bizning fikrimizcha, “jinoyatchi shaxsi” tushunchasi, shubhasiz, mavjud boʻlish huquqiga ega.
Kriminologiya fani rivojlanishi tarixida jinoyat sodir etgan shaxsning xususiyatlarini bunday aniq va loʻnda ifodalaydigan boshqa tushuncha mavjud emas. Bizningcha, jinoyatchi shaxsiga doimo ikki jihatdan: individual va guruhiy yoki umumlashtirilgan darajada qarash lozim.
Birinchi daraja oʻziga xos boʻlgan salbiy xususiyat va sifatlar, qarashlar, ijtimoiy manfaatlarga munosabat va oʻz niyatini amalga oshirish uchun ijtimoiy xavfli yoʻlni tanlash yoki salbiy natijaning oldini olishda zarur faollikni namoyon etmaslik oqibatida jinoyat sodir etgan aniq shaxsni qamrab oladi.
Ikkinchi daraja esa jinoiy xulq-atvorni belgilaydigan oʻziga xos salbiy xususiyat va fazilatlarga ega boʻlgan barcha jinoyat sodir etgan shaxslar yigʻindisini oʻz ichiga oladi.
Jinoyatchi ichki ishlar organi xodimi shaxsini amaliy jihatdan oʻrganish esa uning muayyan holatlardagi xatti-harakatlarini, jinoyat sodir etishga olib kelgan real omillarni, ijtimoiy muhit bilan bogʻliq munosabatlarini tahlil qilishni nazarda tutadi.
Amaliy tahlil orqali jinoyatchi xodim shaxsning yoshi, jinsi, taʼlim darajasi, ish faoliyati, ijtimoiy muhiti, ruhiy holati kabi omillar asosida individual psixologik va ijtimoiy portreti shakllantiriladi.
Bundan tashqari, amaliy jihatda jinoyatchi shaxs bilan bevosita ish olib borish, yaʼni soʻroq qilish, kuzatish, ekspert xulosalari orqali uning shaxsiy xususiyatlarini baholash, jinoyatga tayyorgarlik jarayonini aniqlash va uning kelajakda sodir etishi mumkin boʻlgan xatti-harakatlarini oldindan bashorat qilish imkonini beradi.
Amaliyotni oʻrganish shuni koʻrsatmoqdaki, jinoyat sodir qilgan shaxslar aksariyat koʻpchiligining huquqiy ongi buzilganligi bilan tavsiflanadi.
Ammo bu ular qonunlarni bilmaydi, degani emas, koʻpgina jinoyatchi xodimlar darajasida huquqiy bilimga ega, lekin huquqqa, qonun normalariga rioya qilib faoliyat koʻrsatish ehtiyoji shakllanmagan. Umuman, jinoyatchilarga maʼnaviy tusdagi buzilish va xatolar xosdir.
References
Foydalanilgan manbalar
- Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2-moddasi. – T., 2023.
- Абдурасулова Қ.Р. Криминология: Дарслик. – Тошкент: ТДЮИ, 2008. – Б. 63.
- Бурлаков В.Н. Криминогенная личность и индивидуальное предупреждение преступлений: Дис. ... д-ра юрид. наук. – М., 1998. – С. 102.
- Убайдуллаев Ж. Жиноятчи шахснинг тузилиши. 2024. https://nor.uz/?p=18107
- Ниёзова С. Жиноятчи шахс. Xushnudbek.uz. 2024. http://old.xushnudbek.uz/zhinoyatchi-shahsi/
- Блувштейн Ю.Д. Теоретические вопросы статистического изучения личности преступника: по материалам уголовных дел о грабежах и разбойных нападениях: Дис. ... канд. юрид. наук. – М., 1967. https://new-disser.ru/product_info.php?products_id=1320535
- Oʻrazaliyev M.Q. Jinoyatchilik bilan aloqador boʻlgan ijtimoiy salbiy hodisalarning sabablari va ularning oldini olish: Monografiya. – T., 2023. – B. 105.
- Zokirova U. Jinoyatning subyektiv tomoni. – T.: TDYUU, 2013. – B. 34.
- Axrorov B.J. Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish jinoyati uchun jinoiy javobgarlik. – T., 2005. https://staff.tiiame.uz/storage/users/416/books/nRnhIrcsR.pdf
APA
Vancouver
Авторы
O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti