Criminological Activity → Volume 1, Issue 2

World Experience in Combating Corruption

27.06.2025 Research UZ 🔓 Open Access 👁 6 · 📥 1

Annotation / Abstract

Аbstract. The article describes the experience of foreign countries – the USA, Germany, Denmark, South Korea, Cuba, Russia, Saudi Arabia, Singapore, France, China, Sweden, India, Scandinavia – in fighting corruption, as well as opinions and comments.

Full text

Korrupsiya butun insoniyatga, barcha jamiyatlar asosiga, iqtisodiy taraqqiyotga zarba beradigan, qonun ustuvorligini buzadigan va xalqning davlat siyosatiga ishonchini keskin susaytiradigan, demokratik institutlar rivojiga to‘sqinlik qiladigan, xavfli tahdiddir va u barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish borasidagi rejalarimizga ham jiddiy putur yetkazadi.

Tahlillarga ko‘ra, hozirda korrupsiyaning dunyo miqyosidagi zarari 3 trillion AQSH dollariga yaqin miqdorni tashkil qilmoqda. Ammo, men bu katta raqamlar haqiqiy holatni va korrupsiya natijasida ko‘rilayotgan real zararning aniq hajmini to‘liq ifoda eta olmaydi, deb hisoblayman. Eng yomoni – jamiyat ko‘radigan ma’naviy zarar ko‘lamini hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydi” [1], deb korrupsiyaning bugungi holatiga aniq baho beradi.

Ko‘plab tadqiqotchilar, masalan, R.Xakimov [2], Sh.Qobilov [3], M.M. Polyakov [4], V.A. Ribnikov [5], V.V. Moiseyev [6] va boshqa olimlar bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish muammosi har doimgidan ham dolzarb ekanligini, chunki ushbu holat siyosiy tizimning barqarorlashuvida o‘ta xavfli salbiy omillardan biri ekanligini ta’kidlaydilar.

Ushbu muammo bo‘yicha so‘nggi adabiyotlar tahlili asosida, ilmiy hamjamiyatda hozirgi bosqichda korrupsiya muammosi turli ko‘rinishlarda o‘rganilmoqda, deb xulosa qilish mumkin. Biroq, tadqiqotlarda asosiy e’tibor dunyoning turli mamlakatlaridagi korrupsiya dinamikasiga, ya’ni ushbu hodisaning protsessual jihatiga qaratilmoqda.

Xususan, korrupsiya va uning oqibatlarini tizimli tushunish mavjud emasligi R.Jeyms [7], V.V. Moiseyev [8] va V.A. Ribnikov [9] tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan.

References

Korrupsiya butun insoniyatga, barcha jamiyatlar asosiga, iqtisodiy taraqqiyotga zarba beradigan, qonun ustuvorligini buzadigan va xalqning davlat siyosatiga ishonchini keskin susaytiradigan, demokratik institutlar rivojiga to‘sqinlik qiladigan, xatarli tahdiddir va u barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish borasidagi rejalarimizga ham jiddiy putur yetkazadi.

Tahlillarga ko‘ra, hozirda korrupsiyaning dunyo miqyosidagi zarari 3 trillion AQSH dollariga yaqin miqdorni tashkil qilmoqda. Ammo, men bu katta raqamlar haqiqiy holatni va korrupsiya natijasida ko‘rilayotgan real zararning aniq hajmini to‘liq ifoda eta olmaydi, deb hisoblayman. Eng yomoni — jamiyat ko‘radigan ma’naviy zarar ko‘lamini hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydi” [1], deb korrupsiyaning bugungi holatiga aniq baho beradi.

Ko‘plab tadqiqotchilar, masalan, R.Xakimov [2], Sh.Qobilov [3], M.M. Polyakov [4], V.A. Ribnikov [5], V.V. Moiseyev [6] va boshqa olimlar bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish muammosi har doimgidan ham dolzarb ekanligini, chunki ushbu holat siyosiy tizimning barqarorlashuvida o‘ta xavfli salbiy omillardan biri ekanligini ta’kidlaydilar.

Ushbu muammo bo‘yicha so‘nggi adabiyotlar tahlili asosida, ilmiy hamjamiyatda hozirgi bosqichda korrupsiya muammosi turli ko‘rinishlarda o‘rganilmoqda, deb xulosa qilish mumkin. Biroq, tadqiqotlarda asosiy e’tibor dunyoning turli mamlakatlaridagi korrupsiya dinamikasiga, ya’ni ushbu hodisaning protsessual jihatiga qaratilmoqda.

Xususan, korrupsiya va uning oqibatlarini tizimli tushunish mavjud emasligi R.Jeyms [7], V.V. Moiseyev [8] va V.A. Ribnikov [9] tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan.

Foydalanilgan manbalar

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yuksak xalqaro mukofotni topshirish marosimidagi nutqi.
  2. Хакимов Р. Коррупция – глобальная проблема. – Т.: “Фалсафа ва ҳуқуқ”, 2006. – 252 с.
  3. Qobilov Sh. Korrupsiya: sabablari, shart-sharoitlari va oldini olish yoʻllari. – T.: Oʻzbekiston IIV Akademiyasi. 2019. – 368 b.
  4. Polyakov M.M. Yevropeyskiy опыт борьбы с коррупцией органами исполнительной власти и прокуратуры // Известия Тульского государственного университета. Экономические и юридические науки. – 2013. – № 2. – С. 34–42.
  5. Рыбников В.А. Система госзаказа в современной России: проблемы и перспективы // Власть. – 2015. – № 4. – С. 15–22.
  6. Моисеев В.В. Борьба с коррупцией в России. – М.: “Директ-медиа”, 2014. – 415 с.
  7. James R. Anti-Corruption Measures in Public Sector: Experience of Other Countries. Final Report. URL: http://www.knab.gov.lv/uploads/eng/anticorruption-measures.pdf
  8. Моисеев В.В. Борьба с коррупцией в России. – М.: “Директ-медиа”, 2014. – 415 с.
  9. Рыбников В.А. Система госзаказа в современной России: проблемы и перспективы // Власть. – 2015. – № 4. – С. 15–22.
  10. Joutsen М., Keranen J. Corruption and the prévention of corruption in Finland. URL: www.om.fi.
  11. Сиротин А. Лечение заразной жадности: Борьба с коррупцией в Сингапуре. Антикоррупционная информационная база сайта «Суда нет». URL: http://center.sudanet.ru/
  12. Поляков М.М. Европейский опыт борьбы с коррупцией органами исполнительной власти и прокуратуры // Известия Тульского государственного университета. Экономические и юридические науки. – 2013. – № 2. – С. 34–42.
  13. Номоконов В.А. Коррупция в мире и международная стратегия борьбы с ней. Владивосток: “Барометр”, 2004. – 200 с.
  14. Субх М.А. Об основных достижениях стран ССАГПЗ в сфере борьбы с коррупцией и непотизмом. Институт Ближнего Востока. URL: http://www.iimes.ru
  15. Путин о коррупции. URL: http://www.stopcorruption.ru/item_432.htm
  16. Хакимов Р. Коррупция – глобальная проблема. – Т.: “Фалсафа ва ҳуқуқ”, 2006. – С. 196–197.
  17. Лукащук И.М. Глобализация, государство, право. – М., 2000. – 174 с.; Хакимов Р. Коррупция – глобальная проблема. – Т.: “Фалсафа ва ҳуқуқ”, 2006. – С. 197–198.
🔍 View online 📥 Download PDF

APA

Ollamov, Yarash; Radosteva, Yuliya (2025). World Experience in Combating Corruption. Criminological Activity, 1(2), 111–120. https://doi.org/

Vancouver

Ollamov, Yarash; Radosteva, Yuliya. World Experience in Combating Corruption. Criminological Activity. 2025;1(2):111-120.