Criminological Activity → Volume 1, Issue 1

Some Aspects of Philosophical, Historical, and Legal Approaches to Corruption

27.12.2024 Research UZ 🔓 Open Access 👁 6 · 📥 2

Annotation / Abstract

Abstract. In this article, some aspects of philosophical, historical and legal debates regarding corruption are highlighted, opinions and comments on the topic are expressed.

Full text

Umuman olganda, korrupsiya hodisasi turli fanlar hamda yondashuvlar, ilmiy maktablar, oqimlar va ilmiy tafakkurlar yo‘nalishi doirasida o‘rganiladi. Natijada korrupsiyani ilmiy jihatdan ko‘rib chiqish jihati uning sabablari va mohiyati nuqtayi nazariga bog‘liq bo‘lib, bugungi kunda ushbu sohada amalga oshirilgan qator ilmiy tadqiqotlarni misol qilib keltirish mumkin.

Birinchidan, O‘zbekistonda mustaqillik yillarida korrupsiya hodisasi Q.R. Abdurasulova [4], B. Ismailov [5], R.T. Hakimov [6], Sh.R. Qobilov [7], Sh.O. Mamadaliyev [8], A. O‘lmasov [9], Q. Tojiboyev [10], M. Xodjimuxamedov [11] va boshqa olimlarning ilmiy ishlarida xalqaro huquq va kriminologiya fani nuqtayi nazaridan o‘rganilgan.

Ikkinchidan, rossiyalik G.A. Avanesov, D.I. Aminov, B.V. Voljenkin, L.D. Gauxman, V.V. Golubev, A.I. Dolgova va boshqalar tomonidan yoritilgan ilmiy maqola, dissertatsiya, monografiya va darsliklarda ushbu hodisaga huquqiy va kriminologik nuqtayi nazardan yondashilgan.

Uchinchidan, korrupsiyani iqtisodiy nuqtayi nazaridan o‘rganish keng tarqalgan bo‘lib, bu joyda korrupsiya bozor raqobatini cheklashi, mahsulot sifatining pasayishi va tannarxining oshishi hamda resurslarning notekis taqsimlanishiga olib kelishi qator iqtisodchi olimlar, jumladan S. Rouz-Akkermanning “Коррупция и государство. Причины, следствия, реформы” va “Демократия и «великая» коррупция”, R. Klitgaardning “Controlling Corruption”, J. Buchininning “The Economics of Corruption”, V.E. Boykovning “«Серая» экономика: масштабы развития и влияния на массовое сознание”, I.M. Klyashin va L.M. Timofeevning “Теневая экономика: экономико-социологическое исследование”, S.P. Yuxachevning “Коррупция как экономические отношения социума” va boshqalarning tadqiqot ishlarida ilmiy asosda isbotlangan.

References

Umuman olganda, korrupsiya hodisasi turli fanlar hamda yondashuvlar...

Natijada korrupsiyani ilmiy jihatdan ko‘rib chiqish...

Foydalanilgan manbalar

  1. Крамер C.H. История начинается в Шумере. -М.: Наука, 1965.-257 с.
  2. Кальянов В. И. Артхашастра или наука политики. Перевод санскрита. - Москва: Научно-издательский центр “ЛАДОМИР”, 1993.-299 с.
  3. Тимофеев Л.М. Институциональная коррупция: Очерки теории. - М.: 2000. - С. 10-17.
🔍 View online 📥 Download PDF

APA

Ollamov, Yarash (2024). Some Aspects of Philosophical, Historical, and Legal Approaches to Corruption. Criminological Activity, 1(1), 178–184. https://doi.org/

Vancouver

Ollamov, Yarash. Some Aspects of Philosophical, Historical, and Legal Approaches to Corruption. Criminological Activity. 2024;1(1):178-184.